Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə1/14
tarix07.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102100
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI





«UMUMTEXNIKA FANLARI»
KAFEDRASI


A M A L I Y M Ye X A N I K A
FANIDAN YURITMANING KINEMATIK HISOBINI BAJARISH VA KURS LOYIHASI TOPSHIRIQLARI BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA


NAMANGAN 2017

Amaliy mexanika fanidan yuritmaning kinematik hisobini bajarish va kurs loyihasi topshiriqlari bo’yicha uslubiy ko’rsatma.


Tavsiya etilayotgan uslubiy qo’llanma Namangan muhandislik texnologiya institutining «Amaliy mexanika» fanini o’rganuvchi bakalavriat talabalari uchun mo’ljallangan.
Bakalavr talabalari «Amaliy mexanika» fanidan kurs loyihasida «Yuritmaning kinematik hisobi va elektrodvigatel tanlash» bo’limi bo’yicha hisoblash uchun kerakli uslubiy ko’rsatmalar va topshiriqlarni bajarish namunasi, hamda hisob chizma, kurs loyiha ishlarining topshiriqlari va variantlari keltirilgan.
Quyidagi uslubiy ko’rsatmada bajariladigan ishning hajmi va tartibi, texnologik mashinalarning va yuk tashuvchi mexanizmlarning qisqacha tavsifi, hamda mexanik bo’g’inlarning kinematik belgilanishi batafsil yoritilgan.
Tuzuvchilar: dots. A. Mamaxonov, dots. Z. Abduqaxxorov, A.Bobomatov


Taqrizchi: NamMPI dots. J.Muxammedov

Mazkur uslubiy ko’rsatma “Umumtexnika fanlari” kafedrasi majlisida muhokama qilindi va NamMTI “Ilmiy uslubiy kengashi” ga tavsiya etildi.


Bаyonnоmа №8 24 yanvar 2014 yil


Uslubiy ko’rsatma NamMTI “Ilmiy uslubiy kengashi” da muhokama qilindi va ko’p nusxada nashr etilishga ruxsat berildi.


Bayonnoma № 7 14 fevral 2014 yil


1. KIRISH
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Davlat ta’lim standartlari”» ga muvofiq Amaliy mexanika fanini o’rganuvchi quyidagi bakalavr yo’nalishlarining o’quv dasturiga asosan tayyorlangan:



1. 5320400-Kimyo texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo’yicha)

2.5320900-Engil sanoat buyumlarini konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (yengil sanoat)

3. 5320800- Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi

Kimyo sanoati va “Matbaa va qadoqlash” korxonalarida xom ashyoni tashish, hamda ularga ishlov berish uchun texnologik mashinalar va yuk tashish qurilmalaridan keng foydalaniladi. Ushbu mashina va qurilmalarni xarakatga keltirish uchun turli yuritmalardan foydalaniladi.
Quyidagi hisob chizma ishini bajarilishidan maqsad talabalarning «Amaliy mexanika» fanining, xususan mashina detallari bo’limida aylanma xarakatdagi mexanizmlarning kinematik tahlili, hamda uskuna va jixozlar yuritmalarini kinematik sxemalari va ishonchli ishlashini ta’minlashni o’rganishda olgan bilimlarini mustaxkamlash va chuqurlashtirishdir. Kinematik hisobni bajarishda talabalar loyixalashdagi dastlabki ko’nikmaga ega bo’ladilar va eng sodda yuritmalarning tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishadilar.
Bu ishda talabadan umumiy yuritma uchun soddalashtirilgan kinematik hisobni bajarish talab etiladi. Bu xildagi yuritmalar ishlab chiqarishning turli soxalarida, xususan oziq-ovqat va kimyo sanoatining texnologik mashinalarida keng qo’llaniladi.
Mazkur uslubiy qo’llanmada texnologik mashinalar va yuk tashish qurilmalari yuritmalariga, hamda aylanma xarakatlarni uzatish mexanizmlariga qisqacha xarakteristikalar berilgan va hisob chizma ishini bajarish va rasmiylashtirish tartibi keltirilgan. Shuningdek xisob chizma ishi va kurs loyixa ishlariga topshiriq va variantlar berilgan.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə