Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə5/14
tarix07.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш

3.3. ZANJIRLI UZATMALAR

Zanjirli uzatma maxsus tuzilishdagi tishli ikkita g’ildirak (yulduzcha) va ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tuzilgan bo’ladi.


Mashinasozlikda zanjirli uzatmalarining harakatga keltiruvchi mexanizm yuritma, yuk tashish va tortish uchun mo’ljallangan turlari ishlatiladi. Uzatma turlarining har birida o’ziga mos zanjir ishlatiladi.
Yuk tashish uchun ishlatiladigan zanjirlar harakat tezligi katta bo’lmagan, yuk ko’taruvchi mexanizmlarda yukni osib qo’yish va uni ko’tarib turish uchun xizmat qiladi.
Tortish uchun mo’ljallangan zanjirlar elevator, konveyer va eskolator kabi yuk tashish mexanizmlarida ishlatiladi.
«Amaliy mexanika» fanining mashina detallari kursida asosan turli sanoat korxonalari mashinalarida harakatga keltiruvchi mexanizm sifatida ishlatiladigan zanjirli uzatmalar o’rganiladi. Zanjirli uzatmalar, ularda foydalanilgan zanjirning turiga qarab, vtulkali, vtulkarolikli, rolikli va tishli xillarga, zanjirlar soniga qarab bir qatorli yoki ko’p qatorli xillarga bo’linadi. Bundan tashqari, zanjirli uzatmalar ochiq yoki yopiq (maxsus kojux ichiga olingan) bo’lishi mumkin.


Zanjirli uzatmalarning afzalliklari:

1.Harakatni nisbatan (tishli uzatialarga qaraganda) uzoq masofaga uzata oladi, vallar orasidagi masofa 5 metrga yetadi;


2.Val tayanchlariga tushadigan kuch tasmali uzatmalardagiga qaraganda kichik;
3.Zanjirlar ilashish usulida ishlaganligi sababli sirpanish xodisasi ro’y bermaydi, nadijada uzatish soni o’zgarmas qiymatga ega bo’ladi.
Zanjirli uzatmalarning kamchiliklari:

1. Tannarxi yuqori;


2. Yulduzchalarni tayyorlash birmuncha murakkab;
3. E’tibor bilan qarab turishni va sinchiklab montaj qilishni, hamda moylab turishni talab etadi;
4. Zanjir elementlarining yeyilishi zvenolar uzunligining ortishiga va qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi, bu esa uzatmaning notekis ishlashiga olib keladi.
Zanjirli uzatmalardan transport, oziq-ovqat va kimyo sanoati korxonalarida, hamda stanoksozlikda ishlatiladigan mashinalarda tasmali uzatmalardan foydalanish yetarli darajada ishonchli bo’lmagan hollarda ishlatiladi.


1-rasm. Zanjirli uzama kinematic sxemasi





Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə