Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə3/14
tarix07.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш

3.2. TASMALI UZATMALAR

Tasmali uzatmalarning eng oddiysi yetaklovchi va yetaklanuvchi shkivlardan, hamda ularga taranglik bilan kiydirilgan tasmadan tuzilgan bo’ladi. Yetaklovchi shkivdan harakat va quvvat yetaklanuvchi shkivga, tarang qilib tortilgan tasma orqali tasma bilan shkiv orasida hosil bo’ladigan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Tasmaning tarangligi, qamrov burchagi hamda ishqalanish koeffitsenti qancha katta bo’lsa tasmali uzatmaga shuncha katta yuklanish qo’ysa bo’ladi. Odatda taranglik tasmaning elastik defarmatsiyasi hisobiga hosil bo’ladi


Tasmaning tarangligini ta’minlash usuliga ko’ra, uzatmalar tarangligni vaqti-vaqti bilan va doimiy ta’minlovchi qurilmali bo’ladi. Tasmali uzatmalarning asosiy turlari va ularning ishlatilishi xaqidagi ayrim ma’lumotlar 1–jadvalda ko’rsatilgan.
Tasmali uzatmalardan mashinasozlikda keng ko’lamda foydalaniladi. Tasmali uzatmalarda ko’ndalang kesmi yassi, ponasimon va doira shaklida bo’lgan, hamda tishli tasmalar ishlatiladi.
Tasmali uzatmalarni hisoblashning nazariy asoslari yassi tasmali uzatmalar uchun ham, panasimon tasmali uzatmalar uchun ham bir xil. Shuning uchun hisoblash nazariyasini o’rganishda, avvalo, tasmali uzatmalar uchun umumiy bo’lgan ma’lumotlarni bilish lozim.
Tasmali uzatmalarni hisoblashda, asosan ikki faktorga, ya’ni tasmalar tortish qobiliyati va chidamliligiga ahamiyat beriladi. Tasmaning tortish qobiliyati asosan tasma bilan shkiv orasidagi ishqalanish koeffitsientining qiymatiga bog’liq. Hozirgi vaqtda foydalanilayotgan tasmalarning chidamliligi tajriba yo’li bilan belgilangan tavsiyalar asosida baholanadi.


Tasmali uzatmalarning afzalliklari:

1. Tasmali uzatma harakatni nisbatan katta masofaga uzatish imkonini beradi;


2. Yuklanishning qiymati to’satdan ortib, zarb bilan ta’sir qila boshlasa, mashinaning asosiy qismlarini sinib ketishidan saqlaydi, chunki yuklanishning qiymati ma’lum darajada ortadigan bo’lsa, tasmaning shkivdagi elastik sirpanishi hisobiga dinamik yuklanish ta’siri so’ndiriladi;
3. Oddiy tuzilgan;
4. Uncha qimmat turmaydi;
5. shovqinsiz va ravon ishlaydi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə