Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə9/14
tarix07.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102100
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш

5.2.3. VINTLI KONVEYERLAR

Vintli konveyerlar sochiluvchan va ba’zan mayda donali materiallarni 70 metrgacha masofada tashish uchun ishlatiladi. Ular bilan tolali, issiq yoki sovuq, namroq va zaharli modda ajratib chiqaruvchi materiallarni ko’plab tashiladi.


Vintli konveyerlar, materiallarni tashish bilan birgalikda, ularni sovutish (00 S gacha) va isitish (moy yordamida 7500 C, gaz yordamida 9400 C gacha) vazifalarini ham bajarishi mumkin.
Vintli konveyerlarning ish unumdorligi, odatda 20….60 m3/soat va ayrim hollarda, ya’ni vint diametri katta bo’lganda 100 m3/soat gacha bo’ladi. Valning aylanishlar soni tashilayotgan materialga va vint diametriga bog’liq. Masalan, og’ir materiallar uchun, odatda 50 va yengil material uchun esa 150 min-1 gacha.
Vintli konveyerlar materiallarni gorizontal, bir oz qiya (10-200 gacha), shuningdek vertikal yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi.
Vertikal vintli konveyerda changsimon va donali materiallar tashiladi. Nov rolini vertikal tsilindrik truba bajaradi. Bu konveyerlarning ko’tarish balandligi 25 m gacha, ish unumdorligi esa 50 m3/soatgacha, valning aylanish soni 1400 min – 1 va vint diametri 400 mm gacha bo’ladi.
Vintli konveyerlar yuritma, kuzatish qopqog’i, qo’zg’almas nov, chetki va oraliq osma Tayanch, qopqoq, vint o’ramlari mahkamlangan harakatlantiruvchi val, yuklash va bo’shatish trubalaridan iborat.
Vintli konveyerning afzalligi; tuzilishi oddiy, ko’ndalang kesimining o’lchamlari kichik, germetik, tashqarida harakat qiluvchi qismi yo’q va bo’shatish qulay. Kamchiligi: boshqa konveyerlarga nisbatan materiallarni tashish uchun ko’p elektr energiya sarf qiladi, tashilayotgan materiallar maydalanib ketadi, vint va novning yoyilishi natijasida tez ishdan chiqadi. Bu yoyilish asosan o’tkir qirrali materiallarni tashishda hosil bo’ladi.


5.2.4. ZANJIRLI KONVEYERLAR

Zanjirli konveyerlar yuqori temperaturali o’ta-qo’pol katta donali yuklarni va lentali konveyerlar tashiy olmaydigan yuklarni tashish uchun ishlatiladi. Tortuvchi jism sifatida har xil turdagi plastinkali va payvand zanjirlar qo’llaniladi. Odatda, plastinkali, vtulka – rolikli zanjirlar ko’proq ishlatiladi.


Zanjirli konveyerlarda har xil yuklarni tashish uchun plastinkalar, qirg’ichlar, balonchalar, kovshlar, aravachalar, maxsus qisqichlar va hokazolar, o’rnatiladi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə