Namangan muhandislik texnologiya instituti «umumtexnika fanlari»



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə8/14
tarix07.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#102100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Юритманинг кинематик ҳисобини бажариш

5.2.1. LENTALI KONVEYERLAR

Lentali konveyerlar sochiluvchan, kukunsimon va o’rta donali materiallarni gorizontal, qiya (220 gacha va ayrim lentalar uchun 30-350 gacha) va aralashma (gorizontal va qiya) yo’nalishda tashish uchun xizmat qiladi. Potokli ishlab chiqarishda yuklarni bir operatsiyadan ikkinchi operatsiya joyiga tashishda lentali konveyerlar keng ishlatiladi.


Lentali konveyerlar yetaklovchi baraban, taranglovchi baraban, lenta, yuklovchi moslama, ish va salt roliklari, qo’zg’almas stanina va tushiruvchi (bo’shatuvchi) moslamadan iborat. Afzalligi : tuzilishi sodda, ishonchli, unumdorligi yuqori, kam energiya sarflaydi va xizmat qiluvchi ishchilar soni kam. Kamchiligi: lentasi uzoq vaqt ishlashga chidamli emas va tannarxi qimmat.


5.2.2. ELEVATORLAR

Elevatorlar sochiluvchi yoki donali yuklarni vertikal yoki qiya yo’nalishda tashish uchun ishlatiladi. Ular cho’michli, tokchali va kajavali turlarga bo’linadi.


Cho’michli elevatorlardan turli sochiluvchan, changsimon va donali yuklarni vertikal (60 m gacha) yoki qiya (λ >700) yo’nalishda tashish uchun foydalaniladi. Cho’michli elevatorlarning ish unumdorligi 5 dan 600 m3/soat gacha bo’ladi. Ularda cho’mich-ko’taruvchi jism, cho’michlar montaj qilingan vtulka-rolikli zanjir yoki rezinalangan lenta esa tortuvchi jism xisoblanadi. Tortuvchi jism elevator va yukning xarakteristikasiga qarab tanlanadi. Agar tashiladigan material sochiluvchan bo’lsa, u holda rezinalangan lenta ishlatiladi va uning tezligi 3,5 m/s dan oshmaydi. Agar tashiladigan material katta donali va issiq materiallardan iborat bo’lib, katta balandlikka tashilsa, vtulka-rolikli zanjirlar ishlatiladi va uning tezligi 1,25 m/s dan oshmasligi kerak.
Cho’michli elevator yuritma, harakatlantiruvchi baraban yoki yulduzcha, ustki qopqoq, tushiriluvchi jism, tortuvchi ish jismi, cho’mich, korpus va taranglovchi, hamda yuklovchi moslamalardan tashkil topgan.
Cho’michni materialga botirib to’ldiriladi yoki yuklash novidan uzluksiz kelib turadigan material bilan to’ldiriladi. Tortish organi 1 m/s gacha tezlikda harakatlanganda va cho’michlar yig’iq joylashgan hollardagina cho’michni shunday to’ldirish mumkin. Cho’michdan yukni to’kish uchun u to’ntariladi (gravitatsion to’kish) va yuk markazdan qochma kuch ta’sirida to’kiladi. Markazdan qochma kuch yordamida to’kishdan cho’michlar bir – biridan uzoqroq joylashgan va tortish organi 1 m/s dan tez harakatlanadigan elevatorlardan foydalaniladi. Cho’michli elevatorlarning asosiy o’lchamlari GOST 2036-77 bilan belgilangan.
Bu elevatorlarning afzalligi : ko’ndalang kesimining kichikligi, yukni ancha balandga tashishi, ish unumdorligining kattaligi.
Kamchiligiga esa yukni bir xil uzatib turish kerakligi, yuklanishning o’zgartirib turilishi kiradi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə