element tarkibiga nur qaytargich, nur tar-qatgich, to‘g‘ri nurlarni to‘suvchi ekran va bir yoki ikki rejimli
83
mixlar yordamida to‘suvchi ekran 12 o‘rnatilgan. ekran sfera shaklidagi
yupqa metall tasmadan
tayyorlanadi.
Optik elementning nur tarqatgichi odatda rangsiz silikat shishadan tayyorlanib, uning ichki yuzi
silindrik va sferik linzalar, prizma va prizmalinza shaklidagi nur sindiruvchi elementlar bilan qoplanadi.
1960 yillardan boshlab avtomobillarda doira shaklidagi faralar bilan birga to‘g‘ri burchakli faralar ham
tatbiq topa boshladi. Bu turdagi faralarning konstruktsiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda
qaytargich sifatida yorug‘lik teshigining diametri katta bo‘lgan (
250 mm gacha) kesik paraboloid ishlatilgan.
Bu qaytargichning gorizontal yo‘nalishda ishlaydigan qismlarining yuzini ancha oshishiga va yaqinni
yoritish rejimidagi yorug‘lik taqsimlanishini sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi. Bundan tashqari,
to‘g‘ri burchakli faralar vertikal o‘lchamlarining nisbatan kichik bo‘lishi avtomobilning aerodinamik
xususiyatlarini
yaxshilaydi, yonilg‘i tejamkorligini oshiradi. Shu bilan birga tayyorlash texnologiyasini
nisbatan murakkabligi, tannarxi balandligi va o‘rnatilish uchun kattaroq joy talab qilinishi bu turdagi
faralarning kamchiligi hisoblanadi.
Oxirgi vaqtda avtomobillarda to‘g‘ri burchakli faralar asosida tayyorlangan blok-faralar tobora keng
tadbiq topmoqda. Blok-faralar bitta korpusda avtomobilning oldingi yorug‘lik asboblarining hammasini yoki
asosiy qismini birlashtiradi. Blok-faralarning tarqatgichi umumiy yoki qo‘shma konstruktsiyaga ega bo‘lishi
mumkin. Blok-faralarni turli avtomobillar uchun unifikatsiya qilib bo‘lmasligi asosiy kamchilik deb
hisoblanadi. Avtomobilning o‘ng va chap tomonidagi blok-faralarni o‘zaro almashtirilib bo‘lmaydi.
AQSH, YAponiya va boshqa bir qator mamlakatlarda doira va to‘g‘ri burchak
shaklidagi faralarning
optik elementlari ajralmas, yaxlit lampa-fara ko‘rinishida yasaladi. Bu optik asboblarning qaytargichi va
tarqatgichi shishadan tayyorlanadi. Qaytargich yuzasi alyumin bilan qoplanadi, unga cho‘g‘lanish tolalari
o‘rnatiladi. Shundan keyin, qaytargich bilan tarqatgich
bir-biriga payvandlanadi, hosil bo‘lgan kolbadan
havo so‘rib tashlanib, u butunlay kavsharlab qo‘yiladi.
Dunyoda yildan-yilga yonilg‘i taqsilchiligining kuchayib borishi, konstruktorlar oldiga avtomobillarning
havo oqimiga bo‘lgan aerodinamik qarshiligini kamaytirish masalasini qo‘ydi. Bu muammoni hal qilish,
avtomobilning oldingi qismini toraytirish va faralarning balandligini
120...150 mm dan
60 ... 90 mm gacha
kamaytirilishini talab qiladi. Bu talablar faraning konstruktsiyasida an’anaviy yorug‘lik-optik sxemalarni
ishlatishga yo‘l bermaydi, chunki bu holda yorug‘lik oqimini saqlab qolish uchun qaytargichlarning
chuqurligini ancha oshirish kerak bo‘ladi va bu, ma’lum texnologik qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Bundan
tashqari, an’anaviy yorug‘lik-optik sxemalarda ishlatiladigan nur taqsimlagich-larni vertikal tekislikka
nisbatan 25
o
dan ortiq burchak bilan o‘rnatilishi, ularning ishini buzilishga olib keladi.
Zarur yorug‘lik oqimini saqlash va avtomobilning aerodinamik qarshiligini kamaytirishdek, bir-biriga
qarshi muammolar printsipial yangi konstruktsiyaga ega bo‘lgan faralarni ishlab chiqilishiga olib keldi.
"Lukas" (Buyuk-Britaniya) firmasi tomonidan faraning yangi konstruktsiyasi taklif qilinib, unda qaytargich
ikki yoki uchta kesik paraboloidlar yig‘masi ko‘rinishida ishlangan. Bu paraboloidlarning fokus masofasi
har xil (
20 va
40 mm) bo‘lgani bilan ularning fokuslari bir nuqtaga keltirilgan.
7.5-rasm. Gomofokal faraning optik tizimining cxemasi
a – yoruo’lik nurlarini tarqalish yo’nalishlari; b-qaytargichning yig’ilgan holati
(I, II, III – alohida segmentlar);
1 – lampa, 2 –fokus masofasi kichik qaytargich,
3 - fokus masofasi katta qaytargich, 4 - tarqatgich
84
Yuqorida keltirilgan printsipga
asoslangan qaytargichlar
"gomofokal"
qaytargichlar
deb
ataladi.
Gomofokal
yorug‘lik-optik printsipdan foydalanib, har xil fokusli
qaytargichning alohida bo‘laklarini tanlab olib, shunday
qaytargich yig‘ish mumkinki, u yaqinni va uzoqni yoritish
rejimlaridagi
zarur yorug‘lik taqsimlanishini faqat
Dostları ilə paylaş: