9-bob. Avariya va yong‘inga qarshi nazorat mashqlaridan o‘tish tartibi 94. Tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlar uch oyda kamida bir marta avariyaga qarshi
nazorat mashqidan o‘tishlari kerak.
95. Tezkor, tezkor ta’mirlovchi xodimlar, ta’mirlash va sozlash xodimlari o‘z korxonalarida
yarim yilda kamida bir marta yong‘inga qarshi nazorat mashqlaridan o‘tishlari lozim. Ta’mirlash
bo‘linmalari doimiy uchastkalarining boshqa korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari ushbu
korxonalarda yong‘inga qarshi mashqlardan o‘tadilar.
96. Ekspluatatsiyaga qayta ishga tushirilgan energetika qurilmalarida, shuningdek, ishlab
turgan korxonalarda (korxonaning bosh muhandisi yoki yuqori turuvchi organi qaroriga binoan)
avariyali holatlarni bartaraf etish va ularning oldini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashqlar soni
xodimlarning malakasi va nazariy tayyorgarligi sifatiga bog‘liq holda ko‘paytirilishi mumkin.
97. Avariyaga qarshi mashqlarning yong‘inga qarshi mashqlar bilan birgalikda
o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.
98. Avariyaga qarshi mashg‘ulotlar ish joylarida yoki trenajyor qurilmalarida o‘tkaziladi.
Avariyaga qarshi va yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar natijalari maxsus jurnallarda qayd etiladi.
99. Belgilangan muddatlarda amaliy mashqlarga sababsiz qatnashmagan shaxslar mustaqil
ishlashdan chetlashtiriladi.
100. Amaliy mashqlar davomida harakatlari uchun qoniqarsiz baho olgan shaxslar bilan o‘n
kundan ortiq bo‘lmagan vaqt ichida takroriy nazorat mashqlari o‘tkazilishi kerak.
Takroriy nazorat mashqlaridan ham qoniqarsiz baho olgan shaxs mustaqil ishlashdan
chetlashtiriladi. U korxona yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan belgilangan hajmda va
muddatda navbatdan tashqari bilimlar sinovidan o‘tishi kerak bo‘ladi.
10-bob. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tish tartibi 101. Maxsus tayyorgarlik talablari tezkor va tezkor ta’mirlovchi xodimlarga taalluqli.
102. Xodimlarni maxsus tayyorlash muntazam ravishda oyida kamida bir marta, asosiy
funksiyalarini bajarishdan ozod etgan holda o‘tkazib turilishi kerak.
103. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tish hajmiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish sharoitlariga yaqinlashtirgan holda avariyaga qarshi va yong‘inga qarshi
o‘quv mashg‘ulotlarini, imitatsiya mashqlarini va boshqa operatsiyalarni bajarish;
xizmat ko‘rsatilayotgan sxema va qurilmalarga kiritilgan o‘zgarishlarni o‘rganish;
texnologik jarayonlar buzilishini, jihozlarning ishga tushishi va to‘xtashini tahlil qilish;
avariya va shikastlanishga oid joriy boshqaruv hujjatlari bilan tanishish;
qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va xizmat ko‘rsatiladigan uskuna bo‘yicha bilimlarni
to‘ldirish, yangilash va chuqurlashtirish;
energetika korxonalarida sodir bo‘lgan texnologik buzilishlar va baxtsiz hodisalar bo‘yicha
holatlarni o‘rganib chiqish;
ish joyida mavjud bo‘lgan psixoterapiya va fizioterapiya vositalaridan foydalangan holda
tashxis va reabilitatsiya chora-tadbirlarini amalga oshirish.
104. Maxsus tayyorgarlik har bir ish joyi uchun korxonaning bosh muhandisi tomonidan
tasdiqlangan reja va dasturlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
105. Xodimlarni maxsus tayyorlash ishlari tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va tezkor rahbarlar
tomonidan korxona mutaxassislari va o‘quv-ishlab chiqarish bo‘linmalari instruktorlarini jalb qilgan
holda amalga oshiriladi.
106. Maxsus tayyorgarlik uchun ajratilgan vaqtning bir qismi maqsadli (joriy) yo‘l-
yo‘riqdan tashqari mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar uchun
sarflanishi mumkin.