|
Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashniElektr energetikasi obyektlarida xodimlarni o‘qitish va ularning bilimini sinash ishlarini608 18.10.2022Elektr energetikasi obyektlarida xodimlarni o‘qitish va ularning bilimini sinash ishlarini
o‘tkazish
SHARTLARI
1. Korxonada xodimlarning bilimini sinash bo‘yicha komissiyaning mavjudligi, bunda
ushbu komissiya a’zolari yuqori boshqaruv organi markaziy imtihon komissiyasining bilimlar
sinovidan o‘tgan bo‘lishi kerak.
2. Korxonada xodimlarni toifalar bo‘yicha tayyorlash uchun o‘qishlarni tashkil etish
imkonini beruvchi o‘quv kurslari (mutaxassislar guruhi)ning mavjudligi (elektr energetikasi ishlab
chiqarish korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining texnik ekspluatatsiya qilish, mehnatni
muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha qoidalar, me’yorlar va yo‘riqnomalar
bo‘yicha bilimini sinash to‘g‘risida).
3. Korxona komissiyasidagi o‘qituvchilar tarkibida qoidalarni bilish darajasini sinashning
ijobiy natijalari mavjudligi.
4. Korxonada bilimlar sinovidan oldingi tayyorgarlik bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv rejalari
va dasturlarining mavjudligi.
5. Korxonaning texnik kutubxonasida amal qilinadigan va ma’muriy hujjatlarning to‘liq
to‘plami, shuningdek, o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarning to‘liq
to‘plami mavjudligi.
6. O‘quv bo‘limlarining jihozlanganligi:
jadal tayyorlash, o‘qitilgan xodimlarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek,
bilimlarni sinovdan o‘tkazishning tugatilganligi va o‘tkazish jarayonini avtomatlashtirilgan hisobga
olishni tashkil etish imkonini beradigan texnik va dasturiy vositalar majmui;
zamonaviy kompyuter texnologiyalari majmui;
o‘qitilayotganlarga yashash uchun joylar (o‘quv muassasalari uchun).
Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish
qoidalariga
4-ILOVA
297 x 210 formati
NAMUNA
Titul varag‘i
Xodimlarning bilimi va malakasi sinovini rasmiylashtirish
JURNALI
Jamiyat (boshqarma) _________________________________________
Korxona nomi______________________________________________
Dostları ilə paylaş: |
|
|