Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

2.11.  Struktura yaratish
Agar  siz  yetarlicha  katta  hajmga  ega  bo'lgan  hujjat  bilan  ishlayotgan  bo'lsangiz 
u kompyuter ekraniga sig'maydi va ish jarayonida har xil noqulayliklami yuzaga keltiradi. 
Bunday hujjatlar bilan  ishlashning eng qulay usullaridan biri strukturadan foydalanjshdir. 
Hujjatning  maMum  ustun  va  satrlarini  guruhga  olish  va  guruhga  olingan  ma’lumotlami 
vaqtincha yashirib  (ekrandan  olib)  qo'yish  hamda kerak  boMganda yana  qayta o'rnatish 
usullari bilan tanishish ushbu mavzu mohiyatini tashkil qiladi.
Bu juda yaxshi  imkoniyat bo'lib, hujjatingizning vaqtincha foydalanmayotgan qismini 
ekrandan olib qo'yib, qolgan qismi ustida kerakli amallarni bajara olasiz va kerak bo' Iganda 
ekrandan olib qo'yilgan qismini qaytadan o'matasiz.
37


Struktura yaratishning quyidagi ikki usulidan foydalaniladi:
1. Avtomatik tarzda struktura yaratish.
2. Strukturani qo'lda yaratish.
Struktura yaratish jarayonini bizga nomi va manzili noma’lum bo‘lgan avtokorxonaning 
transport  vositalari  haqidagi  ma’lumotlami  o'zida  saqlovchi  quyidagi  jadval  misolida 
tushuntiramiz:
2.11.1- rasm.
Avtomatik tarzda struktura yaratish uchun quyidagi algoritm bo'yicha harakatlanasiz:
1. Struktura yaratmoqchi bo'lgan sohani belgilang.
2.  Данные  —> Группа  и  структура  —*•  Создание  структуры  algoritmi  bo'yicha 
harakatlaning.
Shundan  so'ng  agar  siz  belgilagan  sohadagi  barcha  ma’lumotlar  struktura  yaratish 
uchun qo'yilgan barcha shartlami qanoatlantirsa, struktura yaratiladi (2.11.1-rasm).
Ammo avtomatik tarzda struktura yaratish maqsadida sohani belgilayotganingizda satr 
va ustunlar bo'yicha ma’lumotlar yig'indisini  o'zida saqlovchi  satr va ustunlami  sohaga 
kiritmang. Chunki Excel bunday satr va ustunlami strukturaga qo'shmaydi.
Agar  struktura yaratgan bo'lsangiz, jadvalning chap qismida struktura belgilari paydo 
bo'ladi. Ular quyidagilardir:
1. Struktura elementlari o'lchamini bildiruvchi qavslar.
2.  Strukturani  ekrandan  olib  qo'yish  yoki  qayta  o'matishga  mo'ljallangan  tugma­
chalar.
38


Strukturani  ekrandan  olish  tugmachasi  struktura  elementlari  oMchamlarini  che- 
garalovchi qavslar oxiridagi «-» tugmachasi  boMib, uni chertsangiz,  struktura ekrandan 
olinadi va «+» tugmachasi paydo boMadi.  «+» tugmachasini chertsangiz, ekrandan olib 
qo'yilgan struktura ekranga qaytadan o‘matiladi.
Umuman  hujjatingizda  sakkiztagacha  ichma-ich  joylashgan  strukturalar  joylash- 
tirishingiz mumkin. Ular o‘z navbatida birinchi, ikkinchi,... darajali strukturalar deyiladi 
va  ular hujjatingizning  chap  yuqori  burchagida mos ravishda  1,  2,  3,  ...  raqamlari  bilan 
belgilangan boMadi. Agar siz faqat bitta struktura yaratgan boMsangiz, u holda 1,2 raqamlari, 
ikkita  ichma-ich  joylashgan  strukturalar  yaratgan  boMsangiz  1,  2,  3  raqamlari  paydo 
boMadi. Qaysi struktura raqamini chertsangiz,  shu struktura o‘z ichidagi strukturalar bilan 
birgalikda ekrandan olinadi. Ulami qayta o'rnatish uchun hosil boMgan «+»tugmachasini 
cherting.
Keltirilgan jadvalda  mikroavtobus va Tiko avtomashinalari bilan bogMiq maMumotlar 
yashirib qo‘yilgan.
Agar  struktura  yaratganingizda  struktura  belgilari  paydo  bo'lmasa,  demak  belgilar 
ekranda aks etish muhitida emas. Bu muhitni tiklash uchun

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə