Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

4.5. Формат menyusi
Format  menyusidan  hujjatingiz  va  uning  bo'laklarini  formatlash  maqsadida 
foydalaniladi.
Ячейки  bandi chertilganda, Формат ячеек nomli muloqot darchasi ochiladi.  Undan 
foydalanib,  hujjatingiz  katakchalarini  har xil  ko'rinishlarda  formatlay  olasiz.  Agar joriy 
katakcha himoyalangan bo'lsa, uni formatlab bo'lmaydi.
Строка  va  Столбец  bandlaridan  foydalanib,  joriy  katakcha  joylashgan  satr  va 
ustunlami formatlaysiz. Masalan, ularning eni va bo'yi bo'yicha o'lchamlarini o'zgartirasiz 
yoki ulami darchadan olib qo'yasiz va qayta o'matasiz.
Лист  bandi  joriy  katakcha joylashgan  varaqni  formatlashga  mo'ljallangan.  Ushbu 
band tanlanganda ostpanel ochiladi.  Undagi Переименовать (Qayta nomlash) bandidan 
foydalanib, joriy varaq nomini o'zgartirasiz. Agar Скрыть (yashirmoq) bandini tanlasangiz, 
joriy varaq darchadan olinib, yashirib qo'yiladi. Varaqni qaytadan darchaga o'rnatish uchun 
Отобразить (Aks ettirmoq) bandini cherting. Подложка... (Taglik...) bandi yordamida 
joriy varaq uchun fon tanlaysiz. Agar joriy varaq uchun fon tanlagan bo'lsangiz, Удалить 
фон (Fonni o'chirish) nomli band ochiladi. Undan foydalanib, fonni olib tashlaysiz. Цве 
ярлычка (Yorliq rangi) bandi vositasida varaq yorliqlari uchun rang tanlaysiz.
Автоформат...  bandidan  foydalanib,  hujjatingizning  belgilangan  bo'lagi  uchun 
standart formatlash usullaridan birini tanlaysiz.
Условное форматирование... (Shartli formatlash...) bandi chertilganda,  shu nomli 
muloqot  darchasi  ochiladi.  Undan  foydalanib,  hujjatingizning  belgilangan  qismi  uchun 
shartli formatlash usullarini qo'llaysiz.
Стиль... (Usul...) bandi yordamida hujjatingizning belgilangan qismini formatlashning 
har xil usullaridan birini joriy qilasiz.
64


Орфография... bandi tanlanganda,  shu nomli muloqot darchasi ochiladi.  Darchadan 
foydalanib, hujjatingizning belgilangan bo'lagidagi yo‘1 qo'yilgan imlo xatolami aniqlaysiz 
va topilgan xato so'zlami Excel tomonidan tavsiya etilgan to'g'ri variantlaridan biri bilan 
almashtirishingiz ham mumkin. Ba’zan to'g'ri yozilgan so'z ham Excel tomonidan noto'g'ri 
deb e’tirof etiladi. Bunda qaysi til joriy til ekanligiga e’tibor berish kerak. Chunki o'zbek 
tilida to'g'ri yozilgan so'zlar ham rus yoki ingliz tillarida noto'g'ri hisoblanadi.
Справочные материалы... (Ma’lumotlar...) bandi tanlanganda, shu nomli muloqot 
darchasi ochiladi.  Uning Искать (Izlash) nomli yo'lakchasiga sizni qiziqtirayotgan so'z, 
tushuncha yoki buyruq nomini kiritib, u haqda to'liq ma’lumot olasiz.
Проверка ошибок... (Xatolami tekshirish...) bandidan foydalanib, joriy varaqda yo'l 
qo'yilgan xatolar tekshiriladi.
Доступ  к  книге...  (Kitobga  ruxsat...)  bandidan  foydalanib,  tarmoqdagi  barcha 
foydalanuvchilarga joriy  hujjatda  o'zgartirishlar  qilish,  qilingan  o'zgartirishlami  yozib 
qo'yish huquqini berish muhitigao'tiladi. Agar hujjatingizning hajmi yetarlicha katta bo'lsa, 
uni qayta ishlab chiqish bitta foydalanuvchi uchun ko'p vaqt talab qiladi. Shunday hollarda 
bu band yordamida tarmoqdagi bir nechta foydalanuvchilar mehnatidan foydalaniladi.
Защита (Himoya) bandi chertilganda, ostpanel ochiladi. Unda ham bir nechta bandlar 
bor. Защитить лист... (Varaqni himoyalash...) bandidan foydalanib, joriy varaqqa, varaq 
katakchalaridagi ma’lumotlarga, diagrammalarga, grafik obyektlarga himoya o'matiladi.
Защитить книгу... (Kitobni himoyalash...) bandi yordamida butun hujjatga  himoya 
o'matiladi. Agar bu band joriy qilingan bo'lsa, hujjatni qayta nomlash, o'chirish, yashirib 
qo'yish, ochish, yangi varaqlar qo'shish, hujjat darchasining oMchamlarini o'zgartirish yoki 
boshqa joyga siljitish kabi  amallarni bajarish taqiqianadi. Agar joriy hujjat himoyalangan 
bo'lsa,  bu  band  o'mida  Снять  защиту  книги  (Kitob  himoyasini  olib  qo'yish)  yozuvi 
paydo bo'ladi. Bu band yordamida hujjatingizga o'matilgan himoyani olib tashlaysiz.
Разрешить  изменение  диапазонов...  (Sohalarda  o'zgarishlar  qilishga  ruxsat 
:rish...)  bandidan  foydalanib,  ba’zi  foydalanuvchilarga himoyalangan  hujjatni  parolsiz 
ochish va o'zgarishlar qilish huquqi beriladi.
Исправление  (Tuzatish)  bandi  yordamida  joriy  hujjatda  tarmoqdagi  bir  nechta 
foydalanuvchilar  tomonidan  qilingan  o'zgarishlar  belgilanadi.  Shuningdek,  amalga 
oshirilgan o'zgarishlaming ba’zilari yozib qo'yiladi, ba’zilari esa bekor qilinadi.
Макрос bandidan  foydalanib,  makroslar ustida ulami yozish,  o'chirish,  xavfsizligini 
ta’minlash kabi bir qator ishlami amalga oshirish mumkin.
Настройка...  (Sozlash...) bandi  chertilganda,  shu  nomli  muloqot  darchasi  ochiladi. 
Undan  uskunalar  paneli  tugmachalari,  menyu  buyruqlari  va  klaviatura  tugmachalari 
kombinatsiyalari uchun kerakli muhitlar joriy qilinadi.
Настройки...  bandi  tanlanganda  shu  nomli  muloqot  darchasi  ochiladi.  Muloqot 
darchasidan  Excel  yuklanganda,  avtomatik  tarzda yuklanadigan  va  foydalanish  mumkin 
bo'lgan dasturlami tanlaysiz.
4.6. Сервис menyusi
5 -  Elektron jadvallar
65


Параметры  автозамены...  (Avtoalmashtirish  parametrlari...)  bandi  tanlanganda, 
Автозамена nomli muloqot darchasi ochiladi. Undan foydalanib, matnni terish jarayonida 
avtomatik tarzda almashtirib ketiladigan parametrlar va belgilar ketma-ketligini tayinlash 
mumkin.
Параметры...  nomli  bandidan  foydalanib, joriy  hujjat  darchasi  elementlari,  tashqi 
ko'rinishi va hujjatni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan ko'p sonli parametrlami joriy qila 
olasiz.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə