4.5. Формат menyusi
Format menyusidan hujjatingiz va uning bo'laklarini formatlash maqsadida
foydalaniladi.
Ячейки bandi chertilganda, Формат ячеек nomli muloqot darchasi ochiladi. Undan
foydalanib, hujjatingiz katakchalarini har xil ko'rinishlarda formatlay olasiz. Agar joriy
katakcha himoyalangan bo'lsa, uni formatlab bo'lmaydi.
Строка va Столбец bandlaridan foydalanib, joriy katakcha joylashgan satr va
ustunlami formatlaysiz. Masalan, ularning eni va bo'yi bo'yicha o'lchamlarini o'zgartirasiz
yoki ulami darchadan olib qo'yasiz va qayta o'matasiz.
Лист bandi joriy katakcha joylashgan varaqni formatlashga mo'ljallangan. Ushbu
band tanlanganda ostpanel ochiladi. Undagi Переименовать (Qayta nomlash) bandidan
foydalanib, joriy varaq nomini o'zgartirasiz. Agar Скрыть (yashirmoq) bandini tanlasangiz,
joriy varaq darchadan olinib, yashirib qo'yiladi. Varaqni qaytadan darchaga o'rnatish uchun
Отобразить (Aks ettirmoq) bandini cherting. Подложка... (Taglik...) bandi yordamida
joriy varaq uchun fon tanlaysiz. Agar joriy varaq uchun fon tanlagan bo'lsangiz, Удалить
фон (Fonni o'chirish) nomli band ochiladi. Undan foydalanib, fonni olib tashlaysiz. Цве
ярлычка (Yorliq rangi) bandi vositasida varaq yorliqlari uchun rang tanlaysiz.
Автоформат... bandidan foydalanib, hujjatingizning belgilangan bo'lagi uchun
standart formatlash usullaridan birini tanlaysiz.
Условное форматирование... (Shartli formatlash...) bandi chertilganda, shu nomli
muloqot darchasi ochiladi. Undan foydalanib, hujjatingizning belgilangan qismi uchun
shartli formatlash usullarini qo'llaysiz.
Стиль... (Usul...) bandi yordamida hujjatingizning belgilangan qismini formatlashning
har xil usullaridan birini joriy qilasiz.
64
Орфография... bandi tanlanganda, shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Darchadan
foydalanib, hujjatingizning belgilangan bo'lagidagi yo‘1 qo'yilgan imlo xatolami aniqlaysiz
va topilgan xato so'zlami Excel tomonidan tavsiya etilgan to'g'ri variantlaridan biri bilan
almashtirishingiz ham mumkin. Ba’zan to'g'ri yozilgan so'z ham Excel tomonidan noto'g'ri
deb e’tirof etiladi. Bunda qaysi til joriy til ekanligiga e’tibor berish kerak. Chunki o'zbek
tilida to'g'ri yozilgan so'zlar ham rus yoki ingliz tillarida noto'g'ri hisoblanadi.
Справочные материалы... (Ma’lumotlar...) bandi tanlanganda, shu nomli muloqot
darchasi ochiladi. Uning Искать (Izlash) nomli yo'lakchasiga sizni qiziqtirayotgan so'z,
tushuncha yoki buyruq nomini kiritib, u haqda to'liq ma’lumot olasiz.
Проверка ошибок... (Xatolami tekshirish...) bandidan foydalanib, joriy varaqda yo'l
qo'yilgan xatolar tekshiriladi.
Доступ к книге... (Kitobga ruxsat...) bandidan foydalanib, tarmoqdagi barcha
foydalanuvchilarga joriy hujjatda o'zgartirishlar qilish, qilingan o'zgartirishlami yozib
qo'yish huquqini berish muhitigao'tiladi. Agar hujjatingizning hajmi yetarlicha katta bo'lsa,
uni qayta ishlab chiqish bitta foydalanuvchi uchun ko'p vaqt talab qiladi. Shunday hollarda
bu band yordamida tarmoqdagi bir nechta foydalanuvchilar mehnatidan foydalaniladi.
Защита (Himoya) bandi chertilganda, ostpanel ochiladi. Unda ham bir nechta bandlar
bor. Защитить лист... (Varaqni himoyalash...) bandidan foydalanib, joriy varaqqa, varaq
katakchalaridagi ma’lumotlarga, diagrammalarga, grafik obyektlarga himoya o'matiladi.
Защитить книгу... (Kitobni himoyalash...) bandi yordamida butun hujjatga himoya
o'matiladi. Agar bu band joriy qilingan bo'lsa, hujjatni qayta nomlash, o'chirish, yashirib
qo'yish, ochish, yangi varaqlar qo'shish, hujjat darchasining oMchamlarini o'zgartirish yoki
boshqa joyga siljitish kabi amallarni bajarish taqiqianadi. Agar joriy hujjat himoyalangan
bo'lsa, bu band o'mida Снять защиту книги (Kitob himoyasini olib qo'yish) yozuvi
paydo bo'ladi. Bu band yordamida hujjatingizga o'matilgan himoyani olib tashlaysiz.
Разрешить изменение диапазонов... (Sohalarda o'zgarishlar qilishga ruxsat
:rish...) bandidan foydalanib, ba’zi foydalanuvchilarga himoyalangan hujjatni parolsiz
ochish va o'zgarishlar qilish huquqi beriladi.
Исправление (Tuzatish) bandi yordamida joriy hujjatda tarmoqdagi bir nechta
foydalanuvchilar tomonidan qilingan o'zgarishlar belgilanadi. Shuningdek, amalga
oshirilgan o'zgarishlaming ba’zilari yozib qo'yiladi, ba’zilari esa bekor qilinadi.
Макрос bandidan foydalanib, makroslar ustida ulami yozish, o'chirish, xavfsizligini
ta’minlash kabi bir qator ishlami amalga oshirish mumkin.
Настройка... (Sozlash...) bandi chertilganda, shu nomli muloqot darchasi ochiladi.
Undan uskunalar paneli tugmachalari, menyu buyruqlari va klaviatura tugmachalari
kombinatsiyalari uchun kerakli muhitlar joriy qilinadi.
Настройки... bandi tanlanganda shu nomli muloqot darchasi ochiladi. Muloqot
darchasidan Excel yuklanganda, avtomatik tarzda yuklanadigan va foydalanish mumkin
bo'lgan dasturlami tanlaysiz.
4.6. Сервис menyusi
5 - Elektron jadvallar
65
Параметры автозамены... (Avtoalmashtirish parametrlari...) bandi tanlanganda,
Автозамена nomli muloqot darchasi ochiladi. Undan foydalanib, matnni terish jarayonida
avtomatik tarzda almashtirib ketiladigan parametrlar va belgilar ketma-ketligini tayinlash
mumkin.
Параметры... nomli bandidan foydalanib, joriy hujjat darchasi elementlari, tashqi
ko'rinishi va hujjatni qayta ishlash bilan bog'liq bo'lgan ko'p sonli parametrlami joriy qila
olasiz.
Dostları ilə paylaş: |