Elektron jadvallar



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/253
tarix03.02.2022
ölçüsü3,96 Mb.
#83429
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253
61b76e62ed5ed7.02455926

4.7. Данные  menyusi
Фильтр  bandi tanlanganda,  ostpanel  ochiladi.  Unda quyidagi  uchta bandlar mavjud. 
Автофильтр  bandidan  foydalanib,  darchada  aks  ettirilishi  kerak  bo'lgan  ma’lumotlar 
majmui o'ta tez ajratib olinadi. Natijada, Автофильтр orqali ma’lum xususiyati bo'yicha 
ajratilgan  ma’lumotlargina  darchaga  beriladi.  Agar  Отобразить  всё  bandi  tanlansa, 
barcha ma’lumotlar ekranga beriladi. Расширенный фильтр bandi yordamida umumiy 
ro'yxatdan faqat ma’lum shartlami qanoatlantiruvchi satrlamigina ajratib olasiz.
Форма...  bandidan  foydalanib,  hujjatingizdagi  ma’lumotlami  forma  orqali  ko'rasiz, 
ma’lumotlar qo'shish, ortiqcha ma’lumotlami o'chirish, kerakli ma’lumotlami izlash kabi 
bir qator ishlar amalga oshiriladi.
Итоги...  bandi yordamida hujjatingizning belgilangan  qismi  uchun  oraliq  natijalarni 
hisoblay olasiz. Oraliq natijalar haqida awalgi boblarda batafsil ma’lumot berilgan.
Проверка...  (Tekshirish...)  bandidan  foydalanib,  hujjatning  biror  katakchasi  yoki 
sohasiga kiritilishi mumkin bo'lgan ma’lumot turi va chegarasi aniqlanadi. Ma’lumot turi 
deyilganda son, butun son, matn kabilar nazarda tutiladi. Hujjatning biror katakchasi yoki 
sohasi uchun kerakli ma’lumot turi va o'lchami tayinlangandan keyin unga boshqa tur va 
o'lcham  bilan  ma’lumot  kiritib  bo'lmaydi.  Masalan,  hujjatingizning  biror  katakchasini 
joriy  qilib,  Данные  —►
  Проверка...  algoritmi  bo'yicha  harakatlansangiz,  Проверка 
вводимых  значений  (Kiritilayotgan  qiymatlami  tekshirish)  nomli  muloqot  darchasi 
ochiladi. Darchaning Тин данных (Ma’lumot turi) yo'lakchasidan Целое число (Butun 
son) bandini, Значение (Qiymat) yo'lakchasidan Между (Oralig'ida) bandini tanlab, Ми­
нимум  yo'lakchasiga  12  ni,  Максимум  yo'lakchasiga  70  ni  kiritib,  OK  tugmachasini 
cherting.  Natijada,  o'sha  katakchaga  faqat  12  dan  70  gacha  bo'lgan  chegaradagi  butun 
sonlamigina kiritish mumkin. Aytilganlami tekshirib ko'ring.
Группа и структура... bandidan foydalanib, struktura yaratish va uning ustida kerakli 
amallarni bajarish mumkin. Bu haqda awalgi boblarda to'liq ma’lumotlar berilgan.
Консолидация...  bandidan  hujjatingizning  bir  yoki  bir  nechta  sohalaridagi 
ma’lumotlarni 
birlashtirish  va  ular  ustida  har  xil  amallarni  bajarish  maqsadida 
foydalaniladi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə