69
(Na
2
O, K
2
O, SaO, BaO, PbO, Al
2
O
3
) kiradi. Shishalarning
asosini SiO
2
tashkil etadi, shuning uchun ular silikat shishalar
deb ataladi.
Shisha oksidlarning eritilgan aralashmasidan tez sovitish yo‘li
bilan olinadi. Agar eritilgan aralashma sekin sovitilsa, moddaning
kristall holatga o‘tib ketish ehtimoli ortadi. Qizitish yo‘li bilan
kerakli yuqori temperaturagacha yumshatilgan shisha puflash,
ushlab turish, presslash, quyish bilan qayta ishlanadi.
Shishaning zichligi 2000 dan 8000 kg/m
3
gacha oraliqda
yotadi; oddiy silikat shisha zichligi 2500 kg/m
3
ga yaqin. Shisha-
ning mustahkamligi siqilganda (6000—21000 MPa), cho‘zil-
gandagiga (100—300 MPa) nisbatan ancha yuqori.
Boshqa amorf materiallar singari shisha ham keskin erish
temperaturasiga ega. Ko‘pgina shishalarning yumshash tempe-
raturasi 400—1600°Ñ oralig‘ida bo‘ladi. Oxirgi qiymat kvars shi-
shaga mos keladi (uning tarkibi 100 % SiO
2
).
Oddiy shishalarga spektrning ko‘rinish qismi uchun shaffof
SaO qo‘shilsa — ko‘k, Ñr
2
O
3
qo‘shilsa — yashil, UO
2
qo‘shilsa —
sariq rang olinadi. Turli shishalar uchun yorug‘lik sinish ko‘r-
satkichi
n turlicha bo‘lib, 1,47—1,96 oralig‘ida yotadi.
Elektr teshilishga nisbatan shishaning mustahkamligi uning
tarkibiga bog‘liq.
E
must
ga havo hisobiga shishada hosil bo‘ladigan
g‘ovaklar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bir jinsli elektr maydo-
nida o‘zgarmas kuchlanish berilganda
E
must
qiymati 500 MV/m
gacha boradi. Yuqori chastotalar yoki yuqori temperaturalarda
shishaning teshilishi issiqlik xarakteriga ega.
Radioelektronikada qo‘llanilishiga ko‘ra shishalar quyidagi
turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: