Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


Sluda va uning asosidagi materiallar



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Sluda va uning asosidagi materiallar. Sluda tabiatda kristall
ko‘rinishida  uchraydi.  Ular  bir-biriga  parallel  bo‘lgan  ulanma
sirtlar bo‘ylab  oson parchalanadi.
Kimyoviy tarkibiga ko‘ra sludalar suvli alumokislotalar hisob-
lanadi. Ulardan asosiysi: muskovit, uning tarkibi taxminan quyi-
dagicha: K
2
O—3Al
2
O
3
—65Y
2
—2N
2
O va  flogopit, uning  tarkibi:
K
2
O—6MgO · Al
2
Os—6SiO
2
· 2N
2
O.  Bulardan  tashqari  sluda
tarkibiga temir, natriy, kalsiy va boshqalarning birikmalari kirishi
mumkin.
Muskovitlar rangsiz yoki qizg‘ish, yashil va boshqa tusga ega
bo‘lishi mumkin. Flogopitlar ko‘pincha ancha to‘q ranglarda —


77
kahrabo, oltin, jigarrang, deyarli qora rangda bo‘ladi, ba’zida esa
och ranglarda ham uchraydi.
Elektr xossalariga ko‘ra yaxshi elektr izolatsion material hi-
soblangan  muskovit  flogopitdan  ustun  turadi.  Bundan  tashqari
muskovit flogopitga ko‘ra ancha mustahkam, qattiq, egiluvchan va
elastikdir.
Ma’lum  temperaturaga  yetganda  tabiiy  sludadan  uning  tarki-
bidagi suv ajralib chiqa boshlaydi; bunda sluda shaffofligini yo‘qotadi,
qalinligi ortadi (sluda «bo‘rtib chiqadi»), mexanik va elektr xossalari
yomonlashadi; temperatura ortgan sari bu o‘zgarishlar ham sezilarli
darajaga yetib, sludaning kristall tuzilmasi buziladi.
Odatda, sluda tabiatda kvars, dala shpati va boshqa minerallar
bilan birga, qattiq tog‘ jinslariga birikib ketgan simlar (pegmatit)
ko‘rinishida uchraydi. Portlash ishlaridan so‘ng aralashmalardan
sluda ajratib olingach, u begona minerallardan tozalanadi. Uning
4.7-rasm. Sluda  tg

  ko‘rsatkichininig  temperaturaga  bog‘liqligi:
1—f = 1 MHz  dagi  muskovit;  2—f = 50 Hz  dagi  muskovit;
 3—f = 1 MHz  va  f = 50 Hz dagi sintetik sluda (ftorflogopit).
20
40
60
80
1
3
100
t,°C
0
5
20
25
30
35
tg 

·10
4
2


78
bunday ko‘rinishi zaboyniy xomashyo deyiladi. Bu xomashyodan
1—2 %, juda kam hollarda 10% gacha sluda olish mumkin. Zaboy-
niy  xomashyo  qo‘lda  parchalanadi,  pichoq  bilan  plastinkalarga
bo‘linadi,  uning  chetlarida  ma’lum  nuqsonlari  bo‘ladi.  Bunday
sluda chala tozalangan deb ataladi. Keyinchalik ular o‘z navbatida
ancha yupqa plastinkalarga (5 dan 45 mk gacha) parchalanadi.
Parchalangan sludadan kondensatorlar uchun shtamplangan
to‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklidagi  plastinkalar  (kondensator  slu-
dasi), elektron va yorituvchi lampalar uchun shakli shtamplangan
detallar, shaybalar va boshqalar yasaladi. Kondensator sludasi —
yuqori sifatga ega muskovit bo‘lib, uzunligi 7 dan 60 mm gacha va
qalinligi 4 dan 55 mm gacha bo‘lgan plastinkalardan iborat. Plastin-
kalarning standart qalinligi quyidagicha: 25, 35, 45, 55 mk (

5
mk xatoligi bilan).

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə