151
bardoshlilik, kimyoviy chidamli, siqilishga bo’lgan mexanik mustahkamlik va
metall bilan birikkanda zich birikma hosil qilish xususiyatlariga ega.
Anorganik materiallar oddiy usullarda ishlab chiqariladi.
Bu materiallarning
kamchiliklari sifatida ularni mo’rtligini, cho’zilishidagi mustahkamligining
pastligini va zichligi katta qiymat (2500-8000 kg/m
3
) ga ega anorganik materiallar
o’zida turli xil metall (alyuminiy, titan, kalsiy, natriy va hokazo) oksidlarini
jamlagan murakkab birikmani tashkil etadi. Ularning
ion tuzilishli moddalar
qatoriga kiradi. Normal haroratda anorganik materiallari elektr o’tkazuvchanligi
ionli harakterga ega bo’ladi. Bu asosan, ionli qo’shimchalarning mavjudligi bilan
tushuntiriladi. Elektron o’tkazuvchanlik esa faqat yuqori kuchlanishda kuzatiladi.
Anorganik dielektrik materiallar uchun tgδ
10
-4
10
-2
oralig’ida bo’ladi. Bu
dielektriklarda
qutblanishni elektron, ion, elektron-relaksatsiya va spontan
ko’rinishlari kuzatiladi. Dielektrik singdiruvchanlik qiymati esa uchdan bir necha
o’n minggacha oraliqda bo’ladi.
111
Anorganik dielektriklarda elektr issiqlik, kimyoviy ionizatsiya teshilishlari
kuzatiladi. Mazkur dielektrik materiallarning elektr mustahkamligi
katta oraliqda
(5-700 MV/m) o’zgaradi. Ularning issiqqa chidamliligi 400-1500
C ni tashkil
etadi. Ba’zi sopol materiallar signet va pezoelektrik xossalarga ega bo’ladi.
Anorganik materiallarning radiatsiya nurlanishiga bo’lgan chidamliligi
organik materiallarga nisbatan ancha yuqoridir. Ana
shu xususiyatlar anorganik
materiallarni xalq xo’jaligining ko’p sohalarida qo’llash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: