«elektrotexnika»



Yüklə 157,43 Kb.
səhifə20/44
tarix28.11.2023
ölçüsü157,43 Kb.
#136896
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org

To`g’rilanish jarayoni to`g’rilagich sxemasining bevosita ventil elementlari
tomonidan amalga oshiriladi: Adabiyotlarda bir taktli deb ataladigan bir fazali bitta yarim davrli to`g’rilagich sxemasida to`g’rilash jarayoni mohiyatini ko`rib chiqamiz. Sxema T transformatori, VS ventili va aktiv yuklama hisoblangan Rd rezistoridan tuzilgan (32-rasm, a). transformatorning birinchi chulg’amiga oziqlantirish tarmog’idan sinusoidal kuchlanish beriladi. Transformatorning ikkilamchi chulg’amida ham sinusoidal kuchlanish bo`ladi Uab=√2U2Sin ωt Bunda U2 ─ transformatorning ikkinchi chulg’amidagi kuchlanishning haqiqiy qiymati; ω ─ oziqlantirish tarmog’i kuchlanishining burchak chastotasi.
Indeks d o`zgarmas tok tomonida sxemada tok va kuchlanish elementlarini belgilash uchun foydalaniladi. Bu indeks inglizcha «direct»-to`g’ri (ruscha pryamoy) so`zi ning birinchi harfi. Ikkilamchi chulg’am b nuqtasida potentsial a nuqtadan yuqori bo`lganda (uab kuchlanish manfiy), V ventilga yopuvchi kuchlanish qo`yiladi va ventildan tok o`tmaydi. Ikkilamchi chulg’am a nuqtasida potentsial b nuqtadan yuqori bo`lgan holda esa (bu momentlar 32-rasmda =ωt=0; 2π; 4π), VS ventil anodiga musbat kuchlanish qo`yila boshlanadi va ventil ochiladi (ulanadi). Natijada uab kuchlanish Rd rezistorga qo`yilgan holat yuzaga keladi, yuklama orqali id tok oqa boshlaydi: Bu id tok nolgacha pasayguncha ventil o`tkazuvchan holatni saqlab turadi: Aktiv yuklama uchun tok faza bo`yicha kuchlanishga to`g’ri kelgani uchun uab kuchlanish manfiy bo`lganda V ventil o`chadi (bu momentlarga 32-rasmda =ωt=π; 3πdagi qiymatlar to`g’ri keladi). Ventil keyingi safar ulangunga qadar yuklamadan tok o`tmaydi. Shunday qilib Rd rezistorda faqat bir qutbli pulg’slanuvchi uab kuchlanish (32-rasm, g), yoki boshqacha aytganda to`g’rilangan kuchlanish bo`ladi

Yüklə 157,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə