«elektrotexnika»


Nochiziqli elementlarining vo`lt-amper tavsifilari



Yüklə 157,43 Kb.
səhifə19/44
tarix28.11.2023
ölçüsü157,43 Kb.
#136896
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika» fakulteti-hozir.org

2. Nochiziqli elementlarining vo`lt-amper tavsifilari.

p-n-o’tishning asosi yarimo’tkazgichli diod hisoblanadi, ular o’zgaruvchan tokni to’g’rilash uchun va boshqa chiziqsiz signallarni o’zgartirish maqsadida ishlatiladi. Diod to’g’ri yo’nalishdagi tokni shunday hollarda o’tkazadi, qachonki tashqi kuchlanish qiymati voltlarda potentsial to’siq (elektronvoltlarda) qiymatidan katta bo’lsa. Germaniyli diod uchun minimal tashqi kuchlanish 0,3 V, kremniyli diod uchun 0,7 V.

30-rasm. Diodni BA tavsifi.
Hamma diodlar kichik teskari tok qiymatiga ega. Hona temperaturasida teskari tok kichik bo`lib, germaniyli diodda mikroamper darajasida, kremniyli diodda esa nanoamperlar darajasida bo`ladi: Temperatura ortganda teskari tok ortadi va diod ishi buziladi. Diodning sxemalardagi tuzilishi 30-rasmda berilgan.Bunda p-qismi strelka, n-qismi esa chiziqcha bilan berilgan. To`g’ri tok p qismdan n qismga (strelka bo`yicha) oqadi. n-qism katod, p-qism anod deb ataladi. p-n-o`tishni uchta turi mavjud: o`stirilgan, mahkamlangan, diffuziyali, ular mahsus texnologiyalar asosida tayyorlanadi. Ular qanday texnologiya bilan tayyorlanishidan qat`iy nazar tashqi ta`sirlardan asrash maqsadida korpus ichiga joylashtiriladi. Diodning qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab korpus ko`rinishi turlicha bo`ladi. Agar diod orqali yuqori tok oqadigan bo`lsa korpus kuyishdan saqlashi kerak. Maqsadi bo`yicha yarimo`tkazgichli diodlar to`g’rilagichli, yuqori chastotali, impulg’sli, tayanchli (stalibilitronlar) ga ajraladi.

31-rasm. Diodning shartli belgisi va uning ko`rinishi.


3. To`g’rilagichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari.
Chiqish kuchlanishini rostlash (boshqarish) bo`yicha barcha to`g’rilagichlar eng umumiy tarzda boshqarilmaydigan va boshqariluvchi to`g’rilagichlarga bo`linadi. Boshqariluvchi to`g’rilagichlarda chiqish kuchlanishini rostlashi quyidagi asosiy usullar bilan ta’minlanadi: o`zgaruvchan tok tomonidan rostlash; o`zgarmas tok tomonidan rostla
● sxemaning ventil elementlariga bevosita tahsir qilish orqali rostlash.
Birinchi usulda to`g’rilagich sxemasiga o`zgaruvchan tok rostlagich kiritiladi: Bu rostlagichlar ventil elementlariga o`tayotgan kuchlanishni, demak chiqish kuchlanishini ham boshqarishga imkon beradi.
O`zgarmas tok tomonidan rostlashda to`g’rilagichning chiqish tomonida o`zgarmas tok rostlagichi ulanadi: O`zgarmas tok yoki o`zgaruvchan tok tomonidan rostlash qurilma-lari ulangan to`g’rilagichlar amalda kombinatsiyalangan o`zgartgichlardir, ya`ni ushbu o`zgartirgichlar to`g’rilagichdan tashqari mustaqil qurilma qaraladigan stabilizator yo rostlagichlardan tashkil topadi. Rostlashning eng ko`p tarqalgan usuli - bu to`g’rilagichlarning ventil elementlariga bevosita tahsir etish usulidir: Shu maqsadda ventil elementlari sifatida boshqariluvchi ventillar, masalan tiristorlardan foydalaniladi. «Boshqariluvchi to`g’rilagichlar» nomi odatda bevosita boshqariluvchi ventillardan tuzilgan to`g’rilagichlarga tegishli bo`ladi: Boshqariluvchi va boshqarilmaydigan ventili to`g’rilagichlar sxemalari ishlash printsiplari bo`yicha ko`p tomondan o`hshaydi. Misol uchun quyidagi keltirilgan sxemani ko`rib chiqamiz; Sxemada boshqarilmaydigan V ventilni T tiristor bilan almashtiramiz: Bu holda Rd yuklamaga tok ochuvchi impuls tahsir qilgan moment bilan belgilanadigan vaqtda ochiladigan (ulanadigan) tiristordan o`tadi. Bunda tiristor ulanishining yana boshqa zarur sharti shuki, tiristorda kuchlanishning musbat qiymati bo`lishi kerak (ya`ni anodda musbat, katodda manfiy). Ko`rilayotgan rasmdagi holda oxirgi shart 0 ─ π; 2π ─ 3π; 4π ─ 5π va shu tarzda bajarilmoqda.
32-rasm: Boshqariladigan to`g`rilagichning sxemasi (a) va vaqt diagrammalari (b,c,d).


Yüklə 157,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə