Emom o'zbek doc


-§. O'quv faoliyati malakalarini tarbiyalash



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə32/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104

26-§. O'quv faoliyati malakalarini tarbiyalash


Katta guruh bolalariga mashg'ulotlarda o'zini qanday tutish kerakligi alohida ahamiyatga ega. Agar bola tarbiyachisini ham, o'z o'rtoqlarini ham diqqat bilan tinglasa, xayolini bo'lmasdan ishlasa, berilgan savollarga javob berishga hamisha tayyor tursa, u topshiriqni yaxshi eslab qoladi va to'g'ri javob beradi.
Besh yashar bolada o'z diqqatini idora qilish qobiliyati endigina tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun diqqat-e'tibor bilan ishlay'gan, o'z o'rtoqlaridan orqada qolmaydigan va ishni oxirigachayetkazadigan bolalarni rag'batlantiriladi.
Pedagog bolaning topshiriq haqidagi hisoboti tinglagach unga baho beradi, qilingan xatolarning sababini topishg hamda ularni tuzatishga yordam beradi. Ayrim hollarda bolalarg ishlarini almashish va o'rtog'i topshiriqni qanchalik to'g'ri bajareanini tekshirish taklif qilinadi. O'z-o'zini nazorat qilishni tarbiya lashda topshiriq bajarib bo'lingach, ularga namunani ko'rsatish xizmat qiladi. Namunaga qarab bola o'zining qilgan ishini tekshiradi va xatosi bo'lsa topib tuzatadi. Shunday yo'l bilan bolalar o'z ishlari va o'rtoqlarining ishlari natijasiga to'g'ri baho berishga o'rgatiladj
Katta guruhdagi mashg'ulotlarda intizom ko'nikmalarini shakllantirish davom ettiriladi; bolalar o'zlarini tuta bilishga, savolga javob bera olsalargina qo'llarini ko'tarishga, tarbiyachi chaqirishini sabr bilan kutishga, o'z ish o'rnini tayyorlashga, butun mashg'ulot davomida qo'llanmalarni tartibli saqlay olishga o'rgatib boriladi.
Mashg'ulotda ko'p qo'llanmalardan foydalaniladi, awal ular stol ustiga, bolaning chap tomoniga joylashtiriladi, ish davomida esa u foydalanilgan qo'llanmalarni o'zining o'ng tomoniga taxlab boradi.

27-§. Miqdor va sanoq


O'tilganlarni takrorlash. Ma'lumki, 5 ichida bo'lgan teng va teng bo'lmagan (bitta ko'p yoki bitta kam) miqdordagi narsalarning ikki to'plamini taqqoslash bolalarga birinchi beshlik sonining qanday tashkil topishini eslatish imkonini beradi.
Teng, teng emas, ko'p, kam va sanoqning nisbatlarini aniqlash uchun ikki guruh predmetlarini birma-bir taqqoslash usullarini bolalar ongiga yetkazish maqsadida to'plamlarni tenglashtirishga oid topshiriqlar beriladi, masalan: ,,Hamma bolalarga yetadigan piyolalar olib kel",— va hokazo. f Bolalarni narsalarni tartib bilan chapdan o'ngga qarab sanashga, sanoq yakunining nomini aytishga o'rgatish sanoqko'nikmalarining mustahkamlanishiga olib keladi.
Katta guruhda sonni xotirada saqlab qolish mustahkamlanib boriladi. Buning uchun predmetlarni sanab chiqish mashqlari asta sekin murakkablashtirib boriladi. Masalan, bolalarga ayni birvaqtdikki son aytiladi, darhol ikki xil predmetni yoki bir xildagi, ammo bir-biridan rangi yoki hajmi jihatidan farq qiladigan predmetlarn sanab chiqish taklif qilinadi. Predmetlar nomi ularningjoylashis o'rni bilan bog'lanadi.
Bolalar sonni xotirada eslab qolishga, predmetlarni bittalat olishga, sonlarning olingan har bir predmet bilan munosabatini aniqlashga, bajarilgan topshiriq haqida hisobot berishga o'rgatiladi. Ba'zi bir fazoviy tasavvurlar o'ziga nisbatan predmetning joylashish o'rni oldida, orqasida, chapda, o'ngda: qog'oz varag'I yuzasida tasvirlangan
predmetlarning joylashishi yuqorida, pastda, chap tomonda, o'ng tomonda, o'rtada kabilar mustahkamlanadi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə