Emom o'zbek doc



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə54/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104
Bolalarni masalalar tuzishga o'rgatish. Tarbiyachi birinchi mashg'ulotda bolalarga masala haqida umumiy tushuncha berib,
£malda shartlar tuzish va unga savollar qo'yishni o'rgatadi.

  1. Dastlab bir-ikkita masalani tarbiyachining o'zi tuzadi, bunda u o'zining ko'rsatmasiga binoan bolalar bajargan harakatlarni tavsiflaydi: , Akbar stolga 3 ta qalam qo'ydi. Nilufar yana 1 ta qalam olib kelibdi. Nilufar va Akbar hammasi bo'lib nechta qalam olib kelishdi?"

^iisN|j0]aiar Nilufari ta qalam olib kelganini, hammasi bo'lib esa ilam bo'lganini, 4 sonining 1 dan ko'pligini tushuntiradilar.
/achi: ,,Men masala tuzdim, sizlar esa uni yechdinglar. Endi
biz masala tuzish va uni yechishni o'rganamiz", — deydi. Bolalar hozirgina yechgan masalani eslaydilar. Tarbiyachi bolalarga masalani qanday qilib tuzganini tushuntiradi. ,Awal stol ustiga Akbar nechta qalam qo'yganini, Nilufar nechta qalam olib kelganini, so'ngra esa Nilufar bilan Akbar nechta qalam olib kelishganini so'zlab berdim. Siz Nilufar bilan Akbar 4 ta qalam olib kelishganini aytdingiz. Masalani yechib, siz savolga to'g'ri javob berdingiz".
Yana bitta xuddi shunday masala tuzadilar. Masala savoliga to'liq va aniq javob berish kerakligini ta'kidlash muhimdir. Agar bola biror narsani o'tkazib yuborsa, masalan, faqatgina narsaning miqdori haqida gapirsa (,,4 ta qalam"), u holda tarbiyachi undan qanday qalamlar haqida so'z borayotganini so'raydi.

    1. Quyidagi shakllarni qog'ozni buklash yo'li bilan hosil qiling.

Chinni gullar va lolalar hammasi bo'lib nechtwrTTWIIwrij Lolalar chinni gullardan nechta kam?


Chinni gullar lolalardan nechta ko'p? :
Masala tuzilishi bilan tanishish. Masala tuza bilish P>'nilq|pi uning tuzilishini o'zlashtirib olish uchun zamin yaratadi. Bolalar masala tuzilishi bilan ikkinchi yoki uchinchi mashg'ulotda tanishadilar: ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar, masala shartida kamida 2 ta son bo'lishligi alohida ta'kidlanadi.
Tarbiyachi bolalarga murojaat qilib: ,,Men hozir sizlarga masalada nima haqida gapirilishini so'zlab beraman, siz bo'lsangiz men aytgan narsalarning hammasini ko'rsatasiz". Bolalar stolning chap to^pniga 2 ta ayiqcha, o'ng tomoniga 2 ta ayiqcha qo'ydilar. Stolga hHUfmasi
bo'lib nechta ayiqcha qo'yishdi? Biz masala tuzdik. Keling, uni takrorlaymiz va bilganlarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz. Biz nimani bilamiz? Bolalar: ,,Chap tomonda ikkita, o'ng tomonda csa 2 ta ayiqcha bor", — deb javob beradilar. ,,Buni biz bilamiz. Bu masalaning sharti",—deb tushuntiradi tarbiyachi. — Masalada nima
So'ralyapti? Bolalar: ,,Stolda hammasi bo'lib nechta ayiqcha borligi?"—deb javob beradilar. ,,Biz buni bilmaymiz. Biz mana shuni aniqlashimiz kerak. Har bir masalaning o'z sharti va savoli bor. iBizning masalamizda qanday sonlar haqida gapirilyapti? Siz qanday isavol qo'ydingiz? Masalamizni takrorlaymiz".
Tarbiyachi bolalardan biriga masala shartini takrorlashni, boshqasiga savol qo'yishni taklif etadi. Masala qanday ikki qismdan tuzilganligi aniqlanadi. Ular shu usulda 2—3 ta masala tuzadilar.
v- Bolalar ko'rsatma materialsiz masalalar tuzishni o'rganib Dlganlaridan keyin, masala tuzilishi haqidagi bilimlarini
|nustahkamlash uchun uni hikoya va topishmoq bUan ongli ravishda
|aqqoslash foydalidir.
Masalani topishmoqlar bilan taqqoslash yaxshidir. Sonlar, ko'rsatilgantopishmoqlartanlab olinadi. ,,Bittasigapiradi, ikkitasi tomosha qiladi, yana ikkitasi esa eshitadi" (og'iz, ko'z, quloqlar).
,,Bir torn ostida to'rt og'ayni yashaydi" (stol) va hokazo.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda bu yerda qanday savollar berish mumkinligini muhokama qiladi: ,,Bu nima? Stolning nechta oyog'i bor?" va hokazo. Topishmoqda qanday narsa haqida gap borishini topish kerak. Masalada esa miqdorni, necha soni hosil bo'lishini yoki nechta narsa qolishini bilish kerak.
Masalani topishmoq bilan solishtirish masala savolining arifmetik mazmunini ta'kidlash imkonini beradi. Bolalarni masalani hikoya, topishmoqdan farq qilishga yordam beruvchi umumiy usullardan foydalanishga o'rgatish foydalidir. Matnni quyidagi reja asosida tahlil qilish mumkin. ,,Bu yerda sonlar bormi? Bu yerda nechta son bor?
Mashg'ulot oxirida bolalarga topishmoq, hikoya va masalani qaytadan tuzish uchun nima qilish kerakligini o'ylash taklif etiladi.
O'rgatishning bu bosqichida birinchi mashg'ulotda bolalar qo'shishga, keyinroq esa qo'shish hamda ayirishga oid masalalarni yechadilar, qo'shish va ayirishga oid masalalar ketma-ket tuziladi. Javobni sonlar o'rtasidagi bog'lanishdan va munosabatlarni tushunchaga asoslanib topadilar.
javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko'rgazmali asosda ko'rinib turishi muhimdir.
Birinchi sinf bolalari ko'pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunk! ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo'lishib oldi, sovg'a qildi va hokazo) so'zlarning ma'nosini tushunmaydilar. Shuning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi so'zlarning mazmunini ochib berishga alohida e'tibor berish kerak.
Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak.Bunda qarama-qarshi harakatni: keldik-ketdi, yaqin kelishdi-uzoqlashdilar, oldi, berdi, ko'tarishdi-
tushirishdi, olib kelishdi-olib ketishdi, uchib kelishdi-uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig'indi va qoldiqni topishga oid masala- larni taqqoslash maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə