Emom o'zbek doc


§. Matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə9/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104

§. Matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish


Birinchi mashg'ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o'quv faoliyati ko'nikmalari shakllantiriladi. KichMntoylar o'z o'rinlarini egallashga, tinch o'tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o'rinlaridan turishga o'rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatma va tushuntirishlarini tinglashga, ko'rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga javob berishga o'rganishi kerak.
Kichkintoylarda birgalikda shug'ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo'lib qolganida o'z navbatlarini sabr bilan kutish ko'nikmalari tarbiyalanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi.
Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi. ,,Jim o'tir", — deb ularni tergayvermaydi va boshqalar.
Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko'nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har birbolaga alohida qutichada, alohida to'plami bilan beriladi. Mashg'ulot boshlangunga qadar u bolalar qo'lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo'ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo'lishi uchun o'yin- choqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og'ir bo'lmasligi kerak. Kichkintoylar qo'llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib
bo'lgandan keyin esa qutichaga terib, ko'rsatilgan joyga olib borib qo'yishga o'rgatiladi.

  1. BOB

BUYUMLARNING SHAKLI, O'LCHAMI, MIQDORI MUNOSABATLARI HAQIDA TUSHUNCHA BERISH VA MATEMATIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISH^

  1. Yüklə 305,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə