Emom o'zbek doc


-§. Mashg'ulotlarda ishni tashkil qilish



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə40/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104

37-§. Mashg'ulotlarda ishni tashkil qilish


Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba'zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, ,,teng", ,,katta (ko'p)", ,,kichik (kam)", ,,butun va bo'lak" kattaliklar orasidagi bog'lanishlarni, o'lchov kattaliklari bilan son o'rtasidagi bog'la nishlarni aniqlay bilish ko'nikmasini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasawurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko'tarilishiga va ulaming umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko'z bilan hamda ichida sanashga o'rgatib boriladi. Ularning ko'z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobiliyati rivojlanadi.
Bu yoshda aqliy qobiliyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobiliyatini, fazoviy tasawurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasawurlarini rivojlantirish bo'yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo'yicha haftasiga 2 ta mashg'ulot, yil davomida 72 ta mashg'ulot o'tkaziladi.
Mashg'ulotlarning davom etish muddati: birinchisi — 30 minut, ikkinchisi — 20-25 minut.
Har bir mashg'ulotning tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o'rganish, o'tilganlarni takrorlash ya mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi.
Yangi mavzu bo'yicha birinchi mashg'ulot butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo'lishi kerak. Yangi matn bilan tanish b°ialarning ishlash qobiliyati yaxshiroq vaqtda, ya'ni mashg'ulot boshlanishining 3-5 minutidan boshlab 15-18 minutida yakunlanadi. 'ilgan materialni takrorlash uchun mashg'ulot boshlanishidanminut va mashg'ulot oxirida 4-8 minut ajratiladi.
shni aynan shu tarzda o'tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadl Yangi murakkab matematik tushunchalarini o'zlashtirish bolalar toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo'lganda yangi materialni o'tisl davomida o'tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunk! yangi bilimlarilgari o'zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhir Ikkinchi va uchinchi mashg'ulotlarda o'rganilayotgan mavzue taxminan 50% vaqt ajratiladi. Mashg'ulotning ikkinchi qismida esi bevosita oldin o'tilgan material takrorlanadi. Uchinchi qismic bolalar o'rganib qolgan material takrorlanadi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə