Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi



Yüklə 15,36 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü15,36 Kb.
#181219
  1   2   3   4
1-1KIDT22 Hamroyeva Ozoda(4-mavzu)

Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi

Reja:

  • 1.Xulosa chiqarishning umumiy xarakteristikasi.
  • 2.Bevosita xulosa chiqarish turlari.
  • 3.Deduktiv xulosa chiqarish (sillogizm).
  • 4.Induktiv xulosa chiqarish.
  • 5.Analogiya.

Xulosa chiqarish…

Xulosa chiqarish - tafakkurning asosiy mantikiy shakllaridan biri. Unda mantiqning maʼlum qoidalari yordamida bir yoki bir necha hukmdan yangi hukm chiqariladi. Xulosa chiqarish chin asoslarga tayansa va toʻgʻri mantikiy kridalardan foydalansa, u vaqtda chiqarilgan xulosa ham chin boʻladi. Bu prinsipga amal qilmaslik Xulosa chiqarishda xatoga olib keladi. Masalan, "hamma mustaqil davlatlar BMT ga aʼzo" va "Oʻzbekiston mustaqil davlat" degan chin asoslardan mantikiy qoidalarga rioya qilingan holda "Oʻzbekiston BMT ga aʼzo" degan toʻgʻri xul osa kelib chiqadi.

…Xulosa chiqarish

Xulosa chiqarish deb, bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga aytiladi.Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro mantiqan bog’lanishi kerak.


Voqelikni bilish jarayonida yangi bilimlarni hosil qilishning — Xulosa chiqarishning turli usullari mavjud. Asoslarining soniga koʻra, bevosita va bavosita Xulosa chiqarish, xulosaning chinlik darajasiga koʻra, zaruriy va ehtimoliy Xulosa chiqarish, fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra, deduktiv, induktiv va analogiya kabi turlarga boʻlinadi. Xulosa chiqarishni fikrning harakat yoʻnalishiga koʻra turlarga ajratish nisbatan mukammalroq boʻlib, u Xulosa chiqarishni boshqa turlari haqida ham maʼlumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv Xulosa chiqarish zaruriy Xulosa chiqarish deb, induktiv Xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy Xulosa chiqarish deb karalishi, bevosita Xulosa chiqarish esa deduktiv Xulosa chiqarishning bir turi sifatida oʻrganilishi
Xulosa chiqarish
Ehtimoliy xulosa chiqarish turli xil shakllarda, shu jumladan, induktiv xulosa chiqarish shaklida amalga oshishi mumkin. Ularning barchasiga xos xususiyat – xulosaning asoslardan mantiqan zaruriy ravishda kelib chiqmasligi hamda faqat ma’lum bir darajada tasdiqlanishidir. Asoslarning xulosani tasdiqlash darajasi mantiqiy ehtimollik, deb nom olgan.
Ehtimoliy xulosa chiqarish ba’zan induksiya (lotincha– inductio – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o’tish shaklida sodir bo’ladi.
Maskur tasnifda xulosa chiqarishnifikrning harakat yo’nalishi bo’yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib,u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish, zaririy xulosa chiqarish, indurtiv xulosa chiqarish va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishui, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.

Yüklə 15,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə