Emperik tadqiqot usullari



Yüklə 26,58 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü26,58 Kb.
#114486
Emperik tadqiqot usullari


EMPERIK TADQIQOT USULLARI
JDPI Pedagogika nazariyasi va tarixi yo’nalishi 1 bosqich magistranti Karimova Saida
Annotatsiya: Mazkur maqolada empirik tadqiqot tushunchasi, empirik tadqiqotlarning usullari va ularning bosqichlari, empirik bilim va ularning shakllari, ilmiy dalillar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Tayanch so’zlar: Empirik tadqiqot, empirik tadqiqot bosqichlari, metodlari, empirik bilim shakllari

Hozirgi taraqqiy etgan jamiyatda ro’y berayotgan muhim o’zgarishlarni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni empirik tadqiqotlarsiz ilmiy asosda o’rganib bo’lmaydi. Jamiyatni ilmiy boshqarish doimo empirik tadqiqot natijalariga tayanmog’i zarur. Mavjud ijtimoiy, siyisiy va ma’naviy sohalardagi muammolarni hal etib borishda, jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida va unga rejali prognoz berish bilan uni ilmiy asosda boshqarishda empirik tadqiqot natijalari muhim vazifalarni bajaradi.


Empirik so’zi qadimiy yunoncha bo’lib, tajriba ma`nosini anglatadi. Empirik tadqiqot deganda, yangi dastur va uslubiyat bilan amaliy asosda hayot, hodisa va jarayonlar to’g’risida olingan empirik ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish asosida zarur amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Empirik tadqiqotda ilmiy faktlarni izlash, tasnif qilish, to’plash muhim ahamiyatga ega. Ilmiy fakt deganda, ilmiy asoslangan, muayyan vaqt davomida real voqelikning alohida jihatlarini tasnif qilish orqali olingan ma`lumotlarga aytiladi.
Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob’yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat. Empirik tadqiqotlarni sotsiologiyaning muhim qismi sifatida empirizm konsepsiyasi bilan solishtirish mumkin emas, chunki empirizm konsepsiya sifatida nazariy bilimlarni butkul inkor qiladi. Hissiy idrokning bevositaligi empirizm konsepsiyasida fanning asosini tashkiil etadi. Empirik tadqiqotlarning ob’yekti mikrojarayonlar, predmeti esa individlar, sotsial guruhlar, sotsial tashkilotlar, mehnat faoliyatining sermahsulligi, shaxs xususiyatlari va hk. Ularning vazifasi kuzatish, eksperiment, hujjatlarni o‘rganish va so‘rov metodlari orqali sotsial jarayonlar borasida faktlar va ma'lumotlar yig‘ishdan iborat. Empirik tadqiqotlar natijalarini ham amaliy, ham nazariy maqsadlarda ishlatish mumkin. Tarixiy rivojlanishga nazar tashlasak, empirik tadqiqotlarni o‘tkazish chog‘ida ko‘plab metodologik xarakterga ega bo‘lgan muammolar: sotsial faktning mohiyati, nazariy bilimning empirik ma'lumotlar bilan o‘zaro munosabatlari, so‘rov, kuzatish va ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonida sub'ektiv omilning roli kabilar paydo bo‘ldi. Empirik tadqiqot usullari amaliy sotsilogiya doirasida shakllanib, mukammallashdi. Bular: so‘rov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet usullari. Amaliy sotsiologiya doirasida qaysi metod qay tarzda va qay vaziyatda qo‘llanilishi kerakligi, metodlarning yutuq va kamchiliklari o‘rganib, ishlab chiqilgan. Misol uchun eng keng tarqalgan so‘rov metodi insonlarning ichki dunyosini, sub'ektiv fikrini o‘ragnishga yo‘naltirilgan. Amaliy sotsiologiyaning oldida bugungi kunda sotsiologik tadqiqotlar davomida olinayotgan empirik axborotlarning haqqoniyligini va ob’yektivligini ta'minlashga hizmat qiluvchi optimal tamoyillarni ishlab chiqish muammosi dolzarbligicha qolmoqda. Amaliy sotsiologiya tarkibiga empirik metodlar bilan bir qatorda metodologiya, ma'lumotlar tizimi va empirik ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi kiradi. Shuning uchun odatda empirik tadqiqotlar turli xil mutaxassislar tmomnidan ham olib borilishi mumkin. Empirik tadqiqotlar asosan statistka ma'lumotlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda axborot ta'minoti empirik tadqiqotning muhim manbasi hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda texnikaning rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Chunki empirik ma'lumotlar qayta ishlanishi zarur. So‘rov, kuzatish, eksperiment metodlari vositasida empirik tadqiqotlar o‘tkazilganida ma'lum ma'noda moddiy va texnik vositalar talab qilinadi. Ushuning uchun empirk tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir sanaladi.
Empirik tadqiqotlar deyilganda bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob'yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat.
Empirik tadqiqot ham, nazariy tadqiqot ham bosqichma bosqich kechadigan jarayon. Empirik tadqiqot 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Empirik tadqiqotning I-bosqichi:

  1. Tadqiqot ob`ekti yuzasidan tajriba, kuzatish, eksperiment olib boriladi.

  2. Tajriba natijalari dastlabki ishlovlardan o`tkaziladi.

  3. Kuzatish, tajriba natijalari ilmiy tushunchalarda aks ettiriladi.

Empirik tadqiqotning II-bosqichi: to`plangan ilmiy dallilar o`rganiladi, tadqiqot ob`ektiga xos xossa- xislatlar aniqlanadi. Bu bosqichda analiz-sintez, turkumlash metodlaridan foydalaniladi.
Empirik tadqiqotning III-bosqichida: tadqiqot ob`ekti haqidagi dastlabki empirik umumlashmalar bayon qilinadi.
Empirik bilish, va uning shakllari. Empirik bilishning eng asosiy kurinishi - ilmiy dalil. Shundan kelib chikkan xolda xar kanday ilmiytadkikot ilmiy dalillarni tuplash, sistemaga solish va umumlashtirishdan boshlanadi. Empirik bilish nuqtai nazaridan ilmiy dalil (fakt) deganda; a) borlikda kuzatiladigan xolat, borlikning biron-bir kurinishi yoki uni anglash; b) biron-bir xodisa, jarayon xakidagi chinligi isbotlangan bilim; v) kuzatish va eksperiment jarayonida xosil chilingan empirik bilim nazarda tutiladi. Ilmiy dalilning axamiyati olimlar tomonidan kup bor e’tirof kilingan. Mashxur fizik olim Nils Bor ilmiy dalillarning ilmiy terminlar, tushunchalar tarzida mavjud bulishni nazarda tutib “Biron - bir tajribadan olingan dalilni tushunchalarsiz ifodapash mumkin emas” deydi. Lui de Broyl esa “eksperiment natijaasida shunchaki oddiy dalil emas,balki asoslash lozim bulgan ilmiy dalil xosil buladi” deydi. U “eksperimental kuzatish ilmiy kiymatga ega bulmogi uchun ma’lkm darajadafikr yuritmogimiz, nazariy xarakterga ega tasavvurlarni shakllantirmogimizlozim”, deb xisoblaydi.
Akademik V.I. Vernadskiy “Ilmiy dalillar ilmiy bilim va ilmiytadkikotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Agar ular tugri aniklanganbulsa, munazaraga urin kolmmaydi”degan edi. Falsafa fanlari doktori, professor S.A.Lebedev empirik bilimlardeganda kuyidagilarni nazarda tutadi:
1. Empirik bilishning eng sodda kurinini kuzatish natijasida xosilbulgan dastlabki bilim. Bunda kuzatishning ob’ekti va amalga oshiriladiganvakti anik belgilanadi. Kuzatish va eksperiment ilmiy bilim xosil kilishga yunaltirilgan buladi va muayyan maqsadni uzida ifodalaydi. Maqsad degandailmiy muammoni xal etishda ilgari surilgan biron-bir goya, tadkikotgipotezasi nazarda tutiladi. Demak, kuzatish, eksperiment biron-bir goyani tasdiqlash yoki inkor etish maqsadida olib boriladi.
2. Ilmiy dalillar. Ular xosil kilingan bilimlarni induksiya yuli bilanumumlashtirish orkali xosil buladi. Ilmiy dalillar ayrim xossa, xususiyat,munosabatlarining tadkikot ob’ektiga xos ekanligini, ularning kay darajada umumiy va barkaror ekanligini ifodalaydi. Bunday ilmiy dalillar,tushunchalar, terminlar. diagrammalar, sxemalar, grafiklar, rasmlar,matematik modellar shakllarida namoyon buladi.
3. Empirik bilim turli yunalishdagi empirik konuniyatlarda uzifodasini topadi. Empirik konunlar kuzatilayotgan ob’ektga tallukli narsava xodisalar urtasidagi umumiy alokadorliklarni ifodalaydi. Empirik konuniyatlar aksari xolatlarda taxminiy, gipotetik xarakterga ega, extimollik ma’nosidagi bilimlardir va ular indektiv umumlashtirish natijasida xosil kilinadi. Empirik konuniyatlar kuzatish va eksperimentnatijalarini umumlashtirish, yakka xususiyatlar taxlili asosida umumiybilim xosil kilishni anglatadi. Bu bilim fakat u yoki bu g’oyani tasdiqlashi mumkin. Lekin uni asoslab berolmaydi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, empirik tаdqiqоt empirik mа’lumоtlаrni nаzаriy jihаtdаn umumlаshtirish, muаyyan хulоsаlаr ishlаb chiqish, аmаliy tаvsiyalаr ishlаb chiqish bilаn yakunlаnаdi. empirik tаdqiqоt nаtijаlаrining ilmiy tаhlili vа ulаrni umumlаshtirish ilmiy hisоbоt tаrzidа tuzilаdi. Ilmiy hisоbоt guruhlаshtirilgаn vа tizimlаshtirilgаn hоldа tuzilib, kеlgusidа o`tkаzilаdigаn tаdqiqоtlаr uchun аsоs bo`lib хizmаt qilаdi.


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1.Aliev.B., Rafiqov.G’. “Sotsiologiya” T.: 2006-yil


2.ToshDU. “Umumiy sotsiologiya” T.: 1999-yil
3.Nosirxo’jaev S., Bekmurodov M. “Sotsiologiya asoslari” T.: 2000
4.Hasanov R. va boshqa, Pedagogika tarixidan leksiyalar, T.,1991;
5 Hoshimov K., Nishonova S, Inomova M., Hasanov R., Pedagogika tarixi, T., 1996.
Yüklə 26,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə