2.2. Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qo’shni
mamlakat va o’lkalarning Amir Temur davlati tarkibiga kiritilishi
bayoni.
Amir Temur Movarounnahr va Xorazm yerlarini birlashtirish bilan
qanoatlanmadi. Tez orada u qo’shni davlatlar va xalqlar ustiga yurish qilib,
ularni o’ziga bo’ysundirish va markazlashgan buyuk saltanat barpo etishni
o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bu davrda Oltin O’rda, Xuroson va Eronda
hukm surgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat uning uchun juda qo’l keladi.
Sohibqiron harbiy yurishni Xurosondan boshlaydi. 1381-yili Amir Temur
Hirotni egallaydi. Saraxs, Jom va Qavsiya shaharlari jangsiz taslim bo’ladi.
1381—1384-yillar davomida Eronning katta qismi bo’ysundiriladi. Amir
Temur Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shorn (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi.
Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar nomi bilan
shuhrat topadi. Uch yillik (1386—1388) harbiy yurishlar oqibatida Janubiy
Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van
ko’li atrofidagi) yerlar egallanadi. U besh yillik (1392-1396) urushi davomida
G’arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkazni egallaydi. Ushbu yurishlar haqida
Hofiz Ali Yazdiy ―Zafarnoma‖da quyidagi ma’lumotlarni yig’ib qoldirgan:
Dostları ilə paylaş: |