Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə5/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

Mavzuning dolzarbligi. Til ijtimoiy hodisadir, shuning uchun jamiyatdagi har bir ozgarish unda oz aksini topadi. Jamiyatdagi bu holat, yani o‘zgarishlar boshqa tillarda bo‘lgani singari fors tiliga ham oz tasirini otkazgan.
Eron ozining uzoq otmishi mobaynida turli xil davlatlar va millatlar bilan aloqada bo‘lgan. Bu kabi aloqalarning asosiy omili Eron xalqining boy madaniyati, geografik joylashuvi, xususan, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashganligidir.

3 Ўзбек тили лексикологияси. Тошкент: Фан, 1981. Б. 85. 7
Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan sozlarni o‘rganish ancha murakkab va

ota qiziqarlidir. Hozirgi fors tili lugat tarkibida turli tillardan kirgan o‘zlashmalar mavjud bo‘lib, turkiy ozlashmalar ana shu ozlashmalarning bir qismi hisoblanadi. Turkiy ozlashmalar fors tili leksikologiyasidagi dolzarb mavzularidandir, chunki ular boshqa tillardan kirgan ozlashmalar singari fors tili lugat tarkibining boyishiga xizmat qiladi.
O‘zlashmalar ustida olib boriladigan tadqiqotlar odatda arabiy va yevropa tillaridan kirgan ozlashmalar ustidan olib boriladi, chunki ular miqdor, tilda qollanishi, semantik boyoqdorligi jihatidan fors tilidagi boshqa ozlashmalarga nisbatan ancha ustundir. Ammo fors tili leksikasining ozlashma qatlamini faqat mana shu ikki turdagi ozlashmalar tashkil etmaydi, boshqa tillardan o‘zlashmalar ham mavjud. Ulardan biri turkiy tillardan kirgan o‘zlashmalardir va L.S. Peysikovning fikricha, ular miqdori jihatidan fors tilida uchinchi orinda turadi4. Masalan, M. Moinning یسراف گنهرف Farhang-e fārsisida 3000 ga yaqin turkiy leksik birliklar berilgan5. Ammo ularning miqdori o‘rtacha uch mingni tashkil etsa ham, barchasi hozirgi zamon badiiy va ilmiy adabiyotlarda, gazeta va jurnallarda, internetda nashr qilingan tekstlarda uchramaydi, ularning aksariyati iste’moldan chiqib ketgan yoki ogzaki nutq va shevaga xos sozlardir. Shu boisdan mazkur magistrlik dissertatsiyamizda asosan badiiy va ilmiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar va internet manbalarida uchratilgan turkiy ozlashmalar tadqiq etildi.
Yuqoridagi fikrlarni davom ettirib shuni aytish kerakki, turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan sozlarning fonetik, morfologik va semantik jihatdan bir qator dolzarb masalalari mavjud:
1) hozirgi kunga kelib ham turkiy ozlashmalar toliq o‘rganilmagan va ularning bazilari haqiqatdan ham turkiy tillardan kirganligi xususida aniq xulosalar yoq;

4 Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка.–М.:Наука, 1975.С. 47.
5 Саидова Д. Доктор М. Мўъиннинг Фарҳанг-e форси” луғатида туркий сўзлар семантикаси // Марказий иёда луғатчилик: / aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. Тошкент, 2003. Б. 79.
8
2) ularning aksari iste’moldan chiqib ketgani uchun hozirgi kunda qaysilari

ishlatilishi va ayni paytda qanday mavzularga oidligi qiziq;


3) fors tilidagi turkiy ozlashmalarning semantik ozgarishlari o‘rganilmagan. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi
turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan sozlarning holatini, fonetik moslashuvi, ularning morfologik, shuningdek, undagi bazi bir mano ozgarishlarini organish tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib belgilandi. Shu bilan birga ishning asosiy vazifalari quyidagicha belgilandi:
1) turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar mavzusi bo‘yicha shu kungacha qilingan ilmiy ishlarni kuzatish, tahlil etish va ularni ozaro solishtirish;
2) turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni manbalardan ajratish;

3) turkiy ozlashmalarning o‘zlashish tarixini, sabablari va omillarini o‘rganish;
3) turkiy ozlashmalarning fonetik tahlilini yoritib berish;

4) turkiy ozlashmalarni mustaqil soz turkumlari boyicha tahlil qilish va ularning morfologik moslashuv jarayonini kuzatish;
5) turkiy tildan fors tiliga ozlashgan so‘zlarning manolarini va ulardagi semantik ozgarishlarini organish: a) mano torayishi; b) mano kengayishi; d) yangi mano kasb etishi; e) mano o‘zgarishisiz kochishi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə