Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə9/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

I BOB. TURKIY TILDAN FORS TILIGA OZLASHGAN

SO‘ZLARNING O‘ZBEKISTONDA VA UNDAN TASHQARIDA O‘RGANILISHI

1.1. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning O‘zbekistonda

organilishi

Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar haqida ilk bor qariyb besh yarim asr avval Alisher Navoiy ozining Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida bayon qilgan. Navoiyning mazkur asarida ikki til - turkiy va forsiy o‘zaro qiyoslanib o‘rganilgan. Muhimi Muhokamat ul-lug‘atayn” ikki tilni shunchaki chogishtirish uchungina yozilgan emas. Unda ikki toifa tilining bir-birida qaytarilmaydigan qirralari ozaro chogishtirilib, xos xususiyatlari ilmiy asosda yoritib berilgan11.
Alisher Navoiy mazkur asarda turkiy tilning imkoniyatlari forsiynikidan kam emasligini isbotlab bergan. Muhokamat ul-lug‘atayn” Navoiyning tilshunoslikdagi ulug‘ kashfiyotidir. Asar tilshunoslikda yangi-yangi sohalarni, tilni o‘rganishning yangi yoli va usullarini ochib berganligi bilan ahamiyatlidir. Navoiy ushbu asari bilan sharq tilshunosligida emas, dunyo tilshunosligida birinchi bo‘lib tipologiya sohasini, tillarni o‘zaro chogishtirib organish ishini boshlab berdi. Tog‘ri, bundan burun yaratilgan ayrim lugatlar, grammatik asarlarda tildagi biror hodisani ochib berish uchun, orni bilan, muayyan tilga chogishtirib ketilgan joylari ham bor. Lekin ular turli tillarni chogishtirma o‘rganishga bagishlanmagan edi. Navoiy oz asarida tilshunoslikdagi ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi. U turli oilaga kiruvchi ikki til - turkiy va forsiyni ozaro chog‘ishtirib, tipologiyaning leksik-semantik, fonologik, morfologik aspektlarini ishlab chiqdi12.
Bu asarda bir qator mavzular keltirilib, mana shu mavzularga oid so‘zlar fors tilida yoq ekanligi va bular aynan turkiy tillardan kirganligi takidlanadi. Masalan shunday deyiladi:

11 Содиқов Қ.П. Муҳокамату-л-луғатайнни ўқиб ўрганиш. Тошкент, 2011. Б. 5. 12 Ko‘rsatilgan asar. Б. 5–6.
12
Yana ot anvoidaki, tobuchoq va argumoq va yobu va totu

yo‘sunlug - borini turkcha - oq ayturlar. Va otning yoshindagi koprakin turkcha ayturlar. Bir qulunni kurra derlar, ozga toy va gonan va donan va tulan va chirga va langa deguncha fasihroqlari turkcha derlar va kopragi buni bilmaslar.
Va otning iyarin agarchi zin derlar ammo ko‘prak ajzosin, misli jibilgir” va hano va to‘qim va “jorlig‘” va ularchoq va ganjug‘a va jilbo‘r va qushqun va qantar va tufak va toqa yosunluq kopin turkcha ayturlar. Va qamchini agar toziyona derlar, ammo buldurgasin va chubchurnasin turkcha ayturlar.
Va jiba va javshan va koha va qolg‘anduruq va qorbichi va kechim va oha yosunlug urush asbobin ham turk bila ayturlar.
Va mahudiy albisadan misli dastur va qalpoq va navruziy va toppi va shirdog va dakla va “yalak va yoglig va terlik va qur yosunlug nimalarni borisin turk tili bila ayturlar.
Yeguliklardin agarchi qoy muchalaridan ba’ziga ot qoyupturlar, ammo orqa”ni va oshuglug ilikni va yon songakni va qoburgani va ilikni va orta ilik va boguzlaguni turkcha ayturlar. Va yana ba’zi yemaklardan qaymog va qatlama va bulamog‘“ va urkamochni ham turkcha ayturlar. Va qimizni va suzmani va kumoch va tolgonni ham turkcha ayturlar. Va bu nav juziyotqa mashgulluq qilsa bagoyat kop topilur13.
Va kelduk qushqaki, anda muqarrar va mashhur ilbosun o‘rdakdur. Va sort el ilbosunni xud bilmas. Dagi turk o‘rdakning erkagin so‘na” va tishisin borchin” der. Va sort bunga ham ot qo‘ymaydur. Va nar va moda ikkalasin morg‘obi” der. Va ordakning anvoi bilur qushchilar qoshida, masalan, jo‘rka va erka, suqtur va olmabosh va choqirqanot va temirqanot va adaldaga va alapuka va bog‘chol va bu yo‘sunlug‘ yetmish nav bolurkim, sort borisin murg‘obi oq der. Va agar bir-biridin mutamoyiz qilsa, turkcha ot bila-oq aytur. Va qimizni va suzmani va

13 www.ziyonet.com /index.php
13
kumoch va tolg‘onni ham turkcha ayturlar. Va bu nav’ juziyotqa mashgulluq qilsa bagoyat ko‘p topilur”14.
Hozirgi fors tilida Muhokamat ul-lugatayn” asarida berilgan ko‘plab so‘zlar iste’moldan chiqib ketgan, chunki oradagi vaqt katta, bu esa tabiiy hol, albatta. Ammo bazi sozlar borki, ular fors tili lugat tarkibidan muqim joy olgan, haligacha iste’molda va ularni turli xil manbalarda uchratishimiz mumkin. Masalan, کدرا ordak o‘rdak’ so‘zi ana shunday sozlardan:
.15دنا هدش يقلتريذپ بیسآ زین هنوگ ١١و ضارقنا ضرعم رد دیفس رس ک درا مان هب هنوگ کي نینچمه Hamčenin yek gune be nām-e ordak-e sar-sefid dar ma’raz-e enγerāz va

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə