Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə11/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

1.2. Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan so‘zlarning chet elda o‘rganilishi

Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar mavzusiga oid ishlar orasida L.S. Peysikovning “Лексикология современного персидского языка21 kitobidagi turkiy o‘zlashmalarga bagishlangan qismi alohida o‘ringa ega. Mazkur ilmiy asar aslida fors tili leksikologiyasiga bag‘ishlangan. Unda asosan fors tili leksikologiyasiga oid muammolar va uning o‘ziga xos tomonlari yoritilgan. Birinchi bolim hozirgi fors leksikasining etimologik aspektlariga bagishlangan va unda fors tili lug‘at tarkibining asosiy boyish yo‘llari, fors tilining boshqa tillar bilan otmishda va hozirgi zamondagi aloqalari, shuningdek, ozlashmalar va ularning fors tiliga kirib kelishi haqida ma’lumot berilgan. Muallif ozining mazkur ilmiy asarida fors tilining boshqa tillar bilan aloqalari juda chuqur ekanligini takidlaydi: Fors tilining qoshni va qoshni bolmagan, qardosh va qardosh bolmagan tillar bilan yigirma besh asrlik lisoniy aloqalari hozirgi fors tili lugat tarkibida ozining chuqur izini qoldirgan22. Hozirgi kunda fors tilidagi ozlashmalar yuzasidan olib borilayotgan koplab tadqiqotlar uchun muhim adabiyotlardan biri bo‘lgan mazkur asarda hozirgi fors tili lugat tarkibidagi chet tillardan ozlashmalar haqida ham muxtasar, ammo muhim malumotlar berilgan.

20 Quronbekov A. Fors tili leksikologiyasi. Toshkent, 2009. Б. 53.
21 Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. М.: Наука, 1975. 22 Ko‘rsatilgan asar. B. 30.
16
L.S Peysikov ozining mazkur kitobida turkiy ozlashmalarni Turkiy-mog‘ul

ozlashmalar” sarlavhasi ostida organgan. U ham o‘zlashmalar avvalo ikki xalqning ozaro aloqalari mevasi ekanligini takidlaydi. Shuningdek, mog‘ul tilidan kirgan o‘zlashmalarga ham toxtalib, ularni turkiy so‘zlardan ajratib olish mushkulligini qayd etadi. Turkiy o‘zlashmalar orasida yuzlab so‘zlar iqtisodiy, madaniy, mamuriy, maishiy va turli sohalarga taalluqli sozlarni tashkil etadi. Ayniqsa ko‘plab so‘zlar harbiy sohaga, maishiy, savdo-sotiq, ovchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, qo‘l sanoati va boshqa sohalarga aloqador sozlar. Alohida ozlashmalar Eronda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar (Safaviylar, Qojorlar va bosh.)ning saroy hayotiga oid sozlar deb takidlaydi23.
Shuningdek, turkiy ozlashmalarning fors tili soz yasalishidagi ishtiroki haqida ham toxtalib otgan. Turkiy leksik birliklar fors tilidagi boshqa leksik birliklar bilan birga yangi sozlar yasalishida bemalol qatnasha oladi. Masalan, ندیپاق γāpidan ‘tishlamoq’, qopmoq’ feli struktur jihatdan otdan fel yasalish yo‘li bilan yasalgan va unda turkiy leksik birlik γāp qatnashgan. Bu kabi bir nechta fellarni hozirgi fors tili lugat tarkibida uchratishimiz mumkin: ندیچوك kučidan kochmoq’, ن دیپاچ čāpidan og‘irlamoq. Bundan tashqari boshqa soz turkumlariga oid leksemalar yasalishidagi ishtirok haqida ham to‘xtalib o‘tgan: هناخپوت tupxāne artilleriya’, ىزاسمگد dogmesāzi ‘tugmasozlik, رادولج jelovdār avangard’ va boshqa sozlar. Turkiy o‘zlashmalarning so‘z yasalishida, aynan qo‘shma fellar yasalishidagi ishtiroki koproq ekanligini takidlaydi. Malumki, fors tilida ot yoki boshqa soz turkumlari va komakchi fellarning birikuvi bilan yasalgan fe’llar qo‘shma fellar deyiladi. Qo‘shma fellar ikki qismdan ot va fel qismdan tashkil topganini inobatga olsak, bu turdagi fellarda ham turli ozlashmalar, xususan, turkiy ozlashmalar ham ishtirok etishi mumkin. Hozirgi fors tili fe’llarining struktur turlari orasida keng tarqalgani va rivojlangani qo‘shma fellardir24. Shuning uchun ham turkiy ozlashmalarni sodda fellarga nisbatan qoshma fellarda ko‘proq uchratamiz. Bunda hozirgi fors tili lug‘at

23 Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. М.: Наука, 1975. С. 47.
24 Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. М.: Издательская фирма Восточная литература” РАН, 2001. С. 216.
17
tarkibidan orin olgan ot, sifat, ravish va boshqa so‘z turkumlariga oid turkiy

sozlar yordamchi fellar bilan birikib qo‘shma fellar yasaydi. Olim bunday qo‘shma fellarga quyidagilarni misol tariqasida beradi: ندرك چوك kuč kardan kochmoq’, ندرك كزب bazak kardan ‘bezamoq’, ندرك قپت topoγ kardan tepkilamoq’.
Turkiy tillardan nafaqat sozlar balki, boshqa leksik birliklar soz yasovchi qo‘shimchalar ham o‘zlashgan. L.S. Peysikov bu borada ham to‘xtalib o‘tib, bir nechta affiks va yarimaffikslar haqida malumot beradi25. Masalan, ىچči suffiksi haqida fikr yuritar ekan, bu suffiks forsiy va boshqa tillardan kirgan ozlashmalarga qo‘shilib kasb-hunar manosini anglatuvchi leksemalar yasashini qayd etadi, shuningdek, boshqa qoshimchalar haqida ham malumot beradi:
شاتtāš suffiksi. Bu qo‘shimcha arxaik soz yasovchi qoshimchalar qatoriga kirib, fors tilida undan bazi bir sozlar yasalgan. Masalan, شات هجاوخ hāješ ‘janob, شاتلیخ xeyltāš hammaslak’, شاترومیت teymurtāš ‘Temurtosh’(ism).
ولا ulu (هلاule, ولlu) suffiksi. Bu suffiks erkalash va kichraytirish manosidagi so‘zlarni, shuningdek, antroponim va toponimlar yasaydi. Masalan, هلوگنز zangule ‘qo‘ng‘iroqcha, هلوكشم maškule kichkina mesh, ولوچوك kučulu mitti, ‘jajji bola, ولوزق γozulu kichkina qozi, ولردبا abdarlu ‘Abdarlu(joy nomi).
Bundan tashqari ىشاب bāši va ىگب begi yarimaffikslari haqida ham malumot berilgan. Xususan, ىشاب bāši nafaqat turkiy sozlar tarkibida, balki boshqa forsiy va arabiy sozlarga ham qoshilib rahbar, ‘boshliq’ degan ma’nolarni anglatuvchi sozlarni yasaydi. ىشابزوي yuzbāši yuzboshi, ىشابنابغاب bāγbānbāši ‘bog‘bonboshi, ىشابلامح hammālbāši ‘hammolboshi’. ىگب begi turkiy yarimaffiksi ham sozlarga qo‘shilib ‘boshliq’ manosini anglatuvchi yangi so‘zlarni yasaydi, masalan, ىگبداد dādbegi ‘sudya, ىگبعلق γal’abegi ‘qala rahbari, ىگبايرد daryābegi Daryobegi’

25 Пейсиков Л.С. Лексикология современного персидского языка. М.: Наука, 1975. С. 50.

18
(ism). Yu. A. Rubinchik esa yuqoridagilardan tashqari خلا -x qo‘shimchasini ham turkiy suffiks sifatida qayd etadi26.
L.S Peysikovning Лексикология современного персидского языка” asarining turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan qismi haqidagi fikrlarimizga yakun yasab shuni aytish lozimki, bu mavzu qisqagina yoritilgan bo‘lsa ham, ko‘plab muhim malumotlar berilgan. Bu kitob ko‘plab eronshunoslar uchun muhim adabiyotlardan biri bolib kelmoqda.
Chet elda bu mavzu boyicha qilingan ilmiy ishlardan biri ozarbayjonlik tilshunos olim Durdona Rahimlining ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو . nomli kitobidir. Bu kitob 2002 yili doktor Yunus Vahdati tomonidan fors tiliga tarjima qilinib, Tabrizda chop etilgan.
Muallif sozini Ozarbayjonlik olim H. Zarinezoda birinchi bolib bu mavzuga qol urgan degan fikr bilan boshlaydi. Shuningdek, u Zarinezodaning ishi27 faqatgina Safaviylar davridagi turkiy ozlashmalar ustidan tadqiq etilgan, hozirgi fors tilida esa bunday so‘zlar ko‘proq ekanligini aytadi. U mazkur fikrini Zarinezodaning quyidagi gapiga murojaat qilib tasdiqlashga harakat qiladi: U (Zarinezoda) yozadi: Biz faqat Safaviylar davridagi fors tilidagi turkiy ozlashmalarni tadqiq etdik. Hozirda bunday sozlarning miqdori u davrga nisbatan koproqdir”28. D. Rahimli hozirgi fors tili deganda koproq ogzaki tilni nazarda tutadi. U ogzaki tilni Tehronda shakllangan, keyinchalik butun Eronda tarqalgani va hozirda adabiy til bilan farqlanishini takidlaydi. Aynan mana shu masala uni bu ishga qol urishiga sabab bolganini aytib otadi.
U forsiy va turkiyzabon xalqlarning aloqalari haqida fikr yuritar ekan, bu aloqalar uzoq otmishga ega ekanligini, geografik, tarixiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, adabiy va diniy sharoitlar bu ikki zabon xalqlarini yonmayon qilib qoyganligini va bu aloqalarning boshlanishi Doro hukmronligiga borib taqalalishini yozadi. Sosoniylar davrida ham turkiy va eroniy xalqlarning ozaro

26 Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. М.: Издательская фирма Восточная литература” РАН, 2001. С. 142.
27 Заринезад Г. Азербайджанские слова в персидском языке период Сефевидов): Дисс. …канд. филол. наук. Бaку, 1955.
28 .١.ص.١٨٣١ ٬رتخا رشن:زيربت.نلاه ىتدحو سونوي مجرتم .ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .یلمیحر هنادرد 19
aloqalari bolgan deb takidlaydi. U o‘z fikrini M. Qoshgariy va Abu Rayhon

Beruniy, H. Zarinezodaning malumotlariga asoslanib izohlashga harakat qiladi.


D. Rahimli turkiy ozlashmalarning fors tiliga kirib kelishida Erondagi turkiylarning roli katta deb hisoblaydi va shunday yozadi: Agar mazkur omillarga Eronda istiqomat qiladigan taxminan 30 millionlik turkiylarning sonini ham qo‘shsak, ikki forsiy va turkiy zabon xalqlar ortasidagi aloqalarning ildizlari juda qadimiyligi oshkor boladi29. Ularning Eronga kelib qolishi borasida Ozarbayjonlik tilshunos olim T. Hojiyevning fikrlariga tayanadi. Xullas, D. Rahimli oz tadqiqotini boshlanishida yuritgan fikrlari asosan bu mavzuga oid va unga aloqador bolgan manbalarga va olimlarning fikrlariga tayanganiga guvoh bolamiz.
Bu ilmiy ish boshqa tadqiqotlardan shunisi bilan ajralib turadiki, unda asosan ogzaki til va turli shevalarda uchraydigan turkiy ozlashmalar o‘rganilgan. Muallif jami 200 dan ortiq turkiy leksik birliklarini organgan va ularning bazilari adabiy tilda mavjud emas. Bu borada u shunday yozadi: Biz ogzaki fors tilida turkiy tillardan kirgan bazi so‘zlarni uchratishimiz mumkinki, ularni hech qachon adabiy fors tilida uchratib bolmaydi va albatta, bular orasida sanalgan sozlar boshqa tillardan kam emas, shu jumladan, ‘kiyim va qo‘lda tikilgan etakli ayollar libosi’ manosidagi همﮑس sokme, qand manosidagi هملاس sālme va tepki manosidagi هپت tepe, fitna, hiyla’ manosidagi جنلآ ālenj va shu kabi so‘zlarni adabiy tilda uchratib bolmaydi30. D. Rahimli yuqorida berilgan va boshqa shu kabi bir qancha sozlar fellardan yasalganligini takidlaydi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə