Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə19/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

Undosh fonemalar

1. Turk tilidagi [p] tovushi lab-lab, portlovchi, shovqinli, jarangsiz tovush bo‘lib, [p] tovushini talaffuz qilishda yumshoq tanglay kotariladi va tovush paychalari titramaydi.
Fors tilidagi [p, b] tovushi ularni talaffuz qilishda yuqori va pastki lab bir-biriga mahkam jipslashib, havoning otish yolini tosadi. Yumshoq tanglay yuqoriga tortiladi va bu havoning burun orqali o‘tish yo‘lini ham tosadi. Havo lablar orqasida siqiladi va til keying tovushni hosil qilish holatida boladi, chunki undosh tovushni talaffuz qilishda qatnashmaydi. Lablar ochilishi zahotiyoq yigilgan havo birdaniga bosim bilan tashqariga chiqadi.
Fors tilidagi [p] tovushi qattiq, jarangsiz, portlovchi, lab-lab tovushdir. Tovushni hosil qilishda tovush paychalari bir-biridan ajralgan holda bo‘ladi, shu sababli ham bu tovush jarangsiz tovush hisoblanadi.
Turkiy tildagi [p] tovushi ishtirokidagi sozlar, fors tiliga ozlashganda sozdagi joylashuvidan qatiy nazar fors tilidagi [p] tovushi orqali ifodalanadi:

top پوت [tup] – top, koptok

peynirرینپ [panir] pishloq

2. Turk tilidagi [b] tovushi lab-lab, portlovchi, shovqinli, jarangli undosh tovushdir. [b] tovushining artikulyatsiya orni xuddi [p] tovushi kabidir. Lekin:
a) [b] tovushini talaffuz qilishda tebranuvchi faoliyatda bo‘ladigan tovush paychalari bilan farqlanadi.
b) unlilarni talaffuz qilishdan oldin qoshimcha nafas olmaslik bilan farqlanadi.

41
Fors tilidagi [b] tovushi yumshoq, jarangli, portlovchi, lab-lab tovushdir. Bu

undosh tovushni hosil qilishda tovush paychalari harakatlanadi va jarang hosil qiladi. Shu sababli ham bu tovush jaranglidir. Lekin [b] tovushining jaranglilik darajasi uning joylashish orniga bog‘liq. Odatda, ikki unli orasida kelganida uning to‘liq jarangli ekanini kuzatamiz. Biron bir jarangsiz undosh yonida, shuningdek sozning oxirida kelsa, jarangsizlashadi, hatto shunday hollarda u to‘liq jarangsizlanishi mumkin. Undan tashqari [b] tovushining jarangsizlanish hollari uning jarangli holatidan ham ko‘proq uchraydi. [b] tovushi bilan [p] tovushini bir-biridan farqlovchi asosiy omil bu nafasdir. Chunki fors tilidagi [p] tovushi nafasli emas va shu sababli [b] tovushi to‘liq jarangsizlashganda ham [p] tovushidan osonlik bilan farq qiladi. [b] tovushining yumshoq ekanligi ham uni [p] tovushidan farqlash uchun yana bir omil bolib xizmat qiladi.
Turkiy tildagi [b] tovushi ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda [b] tovushi bilan ifodalanadi. Masalan:
bağ غاب [γ] bog‘lam boğça هچغب [boγče] – tugun
bataklık – قلاتاب [bātlāγ] botqoq

3. Turk tilidagi [t] tovushi til oldi, portlovchi, shovqinli, jarangsiz, tanglay tovushdir. [t] tovushining artikulyatsiya o‘rni til uchining yuqori tish va tanglayga tegishidir. Tovush paychalari titramaydi va tovushni talaffuz qilishda yumshoq tanglay kotarilgan holda bo‘ladi.
Fors tilidagi [t, d] tovushlari ularni talaffuz qilishda tosiq til uchi va yuqori tishlarda hosil boladi. Shu tartibda til uchi yuqori tishlarning orqa qismiga tegadi. Tilning yon tomonlari yon tishlarning tepasidagi tanglayga tegishi sababli, havoning og‘izdan chiqish yoli yopiladi. Yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tariladi va shu tariqa havoning burundan chiqish yoli ham yopiladi. Boshqa nutq organlari esa keyingi tovushni talaffuz qilishga tayyor holda boladi. Masalan, agar keyingi tovush [u] yoki [o] bo‘lsa, lablar oldinga chiqib, dumaloq shaklga keladi va tilning
42
orqa qismi yumshoq tanglay tomon tortiladi. Havo og‘izda yigilib turadi va ogiz

ochilishi bilanoq birdaniga tashqariga chiqadi.


Fors tilidagi [t] tovushi qattiq, jarangsiz, nafasli, portlovchi tish undoshidir. [t] tovushini hosil qilishda tovush paychalari ishtirok etmaydi, shu sababli ham bu tovush jarangsizdir. [t] tovushi, shuningdek, nafasli undosh tovush hamdir. Odatda soz boshida, urg‘uli bog‘inlarda yoki soz oxirida ikki unli orasida kelgan hollariga nisbatan nafas ko‘proq seziladi.
Turkiy tildagi [t] tovushi ishtirokidagi sozlar fors tiliga o‘zlashganda joylashuvidan qatiy nazar [t] tovushi bilan ifodalanadi:

tulumba – هبنلت [tolombe] - nasos otrak قارتا [otrāγ] otroq
kara kurut - تورق ارق [γarā γorut] qoraqurut (ziravor)

4. Turk tilidagi [d] tovushi til oldi, portlovchi, shovqinli, jarangli tovush bo‘lib, uning artikulyatsiya orni xuddi jarangsiz [t] tovushi kabidir. Ular orasidagi farq:
a) [d] tovushini talaffuz qilishda tovush paychalarining tebranishi; b) unlilardan oldin nafas olmaslikdadir.
Fors tilidagi [d] tovushi yumshoq, jarangli, portlovchi tovushdir. [d] tovushini hosil qilishda tovush paychalari jarang hosil qilish holatida boladi. [d] tovushi ikki unli ortasida kelganda to‘liq jarangli boladi, lekin so‘z boshida va pauzadan oldin jarangsizlashadi. [d] tovushini talaffuz qilish [t] tovushini hosil qilishdek qattiq emas va shuning uchun [d] tovushi yumshoq undosh hisoblanadi. [d] tovushi jarangsizlashganda uni [t] dan farqlash yanada oson boladi.
Turkiy tilda tarkibida [d] tovushi ishtirok etgan so‘zlar fors tiliga ozlashganda sozdagi joylashuvidan qatiy nazar [d] fonemasi bilan ifodalanadi. Ammo soz boshida [d] tovushining [t] fonemasi bilan ifodalanganini ham kuzatdik. Masalan:

43


[d] ni [d] ga aylanishi:

dadaş – شاداد [dādāš] aka düğme – همگد [dogme] tugma
ordu ودرا [ordu] – qoshin, armiya; lager [d] ni [t] ga aylanishi:
döşek – كشت [tošak] to‘shak

5. Turk tilidagi [k] tovushi til orqa, portlovchi, shovqinli, jarangsiz undosh tovushdir. Bu tovush tilning orqa qismi va yumshoq tanglayning birikuvidan hosil boladi va shu sababli ham havoning chiqish yolini tosib qoyadi. Tovush paychalari titramaydi.
Fors tilidagi [k, g] tovushlari tanglay tovushlari hisoblanadi. Ularning har ikkalasi ham ikki xil artikulyatsiya orniga ega: tanglayning old qismi, tanglayning ort qismi. Bu ikki artikulyatsiya o‘rnidan biri qattiq tanglayning markaziy qismida bo‘lsa, boshqasi tanglayning orqa qismida, yumshoq tanglayning markazida joylashgan.
Fors tilidagi [k] tovushi qattiq, jarangsiz, portlovchi tovushdir. [k] tovushini talaffuz qilishda to‘siq yumshoq tanglayning markazida hosil boladi va tilning orqa qismi yuqoriga kotarilib yumshoq tanglayga tegib turishi sababli havoning ogizdan chiqish yo‘lini berkitib qoyadi. Tilning old qismi ozod bolib, til uchi pastki tishlarga yaqin joylashadi. Yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilganligi sababli havo burun yolidan chiqa olmaydi. Lablar keyingi unli tovushni talaffuz qilishga tayyor holatda bo‘ladi. Til pastga tushishi bilan siqilgan havo tashqariga chiqadi. Tovush paychalari [k] tovushini hosil qilishda qatnashmaydi.
Turkiy tildagi [k] tovushi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga ozlashganda soz boshi, soz ortasi va so‘z oxirida [k], [γ] tovushlari bilan ifodalanadi. Masalan:

[k] ni [k] ga aylanishi: kakül لکاک [kākel] – kokil
keşik کیشک [kešik] navbatchi
44
keklik کیلﮑک [kaklik] – kaklik

[k] ni [γ] ga aylanishi:


kaçak قاچاق [γāčāγ] – kontrabanda kara هرق [γare] qora
katik قتاق [γāteγ] – qatiq

6. Turk tilidagi [g] tovushi til orqa, portlovchi, shovqinli, jarangli undosh tovush bolib, artikulyatsiyasi xuddi [k] tovushi kabi, ammo:
a) tebranish holatida bo‘lgan tovush paychalarining faoliyati; b) unlilar oldidan nafas olmaslik bilan farqlanadi.
Fors tilidagi [g] tovushi yumshoq, jarangli, portlovchi tovushdir. [g] tovushini talaffuz qilishda tovush paychalari tebranadi va shunga kora bu tovush jarangli tovushdir. Uni [k] tovushidan farqlashning eng asosiy omili jarangsizlanishi bo‘lib, jarangli [g] tovushi jarangsizlashganda ham jarangsiz [k] tovushidan osonlik bilan farqlanadi.
Turkiy tildagi [g] tovushi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga ozlashganda soz boshi, soz ortasi va so‘z oxirida [g] tovushi bilan talaffuz qilinadi. Bundan tashqari soz ortasida [γ] fonemasiga o‘zgarishiga ham guvoh bo‘ldik. masalan

[g] ni [g] ga aylanishi:

mrük کرمگ [ gomrok] bojxona tufang گنفت [tofang] - miltiq
[g] ni [γ] ga aylanishi: ılgar راغلا [elγār] ilgor

7. Turk tilidagi [m] tovushi lab-lab, jarangli tovush bolib, tovush lablarning

bir-biriga birikuvidan hosil boladi, lekin yumshoq tanglay tushirilgan boladi va shu sababli ham havo burun yo‘li orqali otadi. Tovush paychalari tebranish holatida boladi.

45


Fors tilidagi [m] tovushi yumshoq, jarangli, lab-lab, burun tovushidir. Bu

tovushni hosil qilishda tosiq ikki lab orasida shunday vujudga keladiki, yuqori va pastki lablar bir-biriga jipslashib, havoning ogiz orqali otish yolini tosadi. Yumshoq tanglay pastga tushadi va natijada osonlik bilan burun orqali chiqa oladi.
Til undoshni hosil qilishda qatnashmaydi. [m] jarangli undoshdir, ammo bazi hollarda soz oxirida, ayniqsa, undan oldin bir jarangsiz undosh turgan bo‘lsa u jarangsizlashadi.
Turkiy tildan [m] undoshi ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda [m] tarzida talaffuz etildi, ammo soz boshida [m] fonemasi bilan boshlangan so‘zlarni uchratmadik. Masalan:

tuman - ناموت [tumān] – tuman (pul birligi) basma – همساب [bāsme] bosma
hanım مناخ [xānom] - xonim

8. Turk tilidagi [n] tovushi til oldi, portlovchi, jarangli tovushdir. Bu tovush til uchining yuqori tishlar tanglayiga tegishi orqali hosil boladi, yumshoq tanglay pastga tushadi va havo burun yo‘li orqali chiqadi. Tovush paychalari tebranish holatida boladi.
Fors tilidagi [n] tovushi yumshoq, jarangli, burun tovushidir. Bu tovushning artikulyatsiya o‘rni yuqori milkdir, til uchi yuqori milkning boshlanish qismiga tegadi, milk va tishlar chegarasida jipslashadi. Tilning ikkala yontomoni tanglayning chetiga birlashadi va shu tariqa havoning ogiz orqali o‘tish yoli to‘siladi. Lablar va tilning boshqa qismlari keyingi tovushni talaffuz qilish holatida boladi.
Turkiy tildan [n] ishtirokidagi so‘zlar ham fors tiliga so‘z ortasi va soz oxirida [n] tarzida o‘zlashgan, soz boshida [n] fonemasi ishtirokidagi sozlar fos tilida uchratilmadi. Masalan:

bıldırçın - نیچردلب [beldein] - bedana 46
dinç جند [denj] tinch

9. Turk tilidagi [f] lab-tish, sirgaluvchi, jarangsiz tovushdir. [f] tovushini talaffuz qilishda pastki lab yuqori tishlarga yaqinlashadi, havo pastki labning ichki yuzasidan hamda yuqori tishlar orasidan chiqadi. Yumshoq tanglay ko‘tarilgan boladi, tovush paychalari tebranmaydi.
Fors tilidagi [f, v] tovushlarini pastki lab va yuqori tishlar shunday hosil qiladi: yuqori old tishlarning o‘tkir uchi pastki labning ichki tomonidagi tepa qismiga yumshoqlik bilan tegadi. Yumshoq tanglay yuqoriga kotariladi va havoning burun orqali otish yolini tosib qoyadi. Havo tishlar oralig‘idagi masofa hamda pastki lablardan bosim bilan tashqariga chiqadi. Shuningdek, bosim qanday kuchli bo‘lsa, sirgalish darajasi ham shuncha kuchli boladi,
Fors tilidagi [f] tovushi qattiq, jarangsiz, lab-tish tovushdir. [f] tovushini hosil qilishda tovush paychalari bir-biridan ajralgan boladi, shu sababli [f] jarangsiz undosh tovushdir. Sirgalish soz boshida va urguli holatda so‘z oxiridagiga qaraganda ko‘proq. Sirg‘aluvchi undoshlardan oldin kelgan [f] ning sirgalishi boshqa o‘rinlardagiga nisbatan kamroq eshitiladi.
Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar tarkibidagi [f] tovushini fors tilidagi [f] tovush ifodalaydi:

fil لیف [fil] fil


tufang گنفت [tofang] - miltiq

10. Turk tilidagi [v] tovushi lablanish, sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangli undosh tovushdir. [v] tovushining artikulyatsiya orni xuddi [f] tovushi kabidir, biroq [v] tovushini hosil qilishda tovush paychalari tebranish holatida boladi.
Fors tilidagi [v] tovushi yumshoq, jarangli, sirgaluvchi, lab-tish undosh tovushidir. Bu tovush jarangli bolib, odatda soz boshida kelganida, ayniqsa urg‘uli orinda to‘liq jarangli boladi. Lekin soz oxirida, jarangsiz undoshlardan

47


keyin kelsa gohida qisman, bazan esa toliq jarangsizlashadi. [v] tovushining

boshqa tovushlarga qaraganda kamroq, ikki unli o‘rtasida esa kam sirg‘alishga ega. Turkiy tilidan o‘zlashmalar tarkibidagi [v] tovushini fors tilidagi [v] tovushi
aks ettiradi:

yavaş شاوي[yavāš] sekin

11. Turk tilidagi [s] tovushi til oldi, tanglay, sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangsiz tovushdir. Bu tovushni talaffuz qilishda til yon tomonlari qattiq tanglay tomon biroz kotariladi, yumshoq tanglay ham kotarilgan holda bo‘ladi va tovush paychalari tebranmaydi.
Fors tilidagi [s, z] tovushlarini hosil qilishda yuqori va pastki tishlar bir-biriga juda yaqin bo‘ladi. Lablar esa keyingi tovushni hosil qilishga tayyor bo‘ladi. Fors tilidagi [s] tovushi qattiq, jarangsiz, sirgaluvchi undosh tovushdir. [s] tovushini hosil qilishda tovush paychalari qatnashmaydi. Shu sababli bu undosh jarangsizdir. [s] tovushidagi cho‘ziqlik uning so‘zdagi orniga bog‘liq. [s] tovushi [z] tovushiga nisbatan cho‘ziqroq eshitiladi. Bunga sabab [z] tovushida mavjud jarangdir, chunki tovush hosil qilishda kuchlarning bir qismi tovush paychalarini tebratadi.
Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan [s] ishtirokidagi sozlar fors tilida soz boshi va so‘z o‘rtasida [s] bilan ifodalanadi, soz oxiri [s] fonemasiga tugagan ozlashmalar fors tilida kuzatilmadi. Shuningdek, so‘z boshida [s] fonemasini [z] ga ozgarganini ham guvohi bo‘ldik. Masalan:

[s] ni [s] ga aylanishi:


Senjer رجنس [sanjar] Sanjar

sma – همچاس [ sāčme] – sochma (o‘q dori) tasma – همست [tasme] – tasma
[s] ni [z] ga aylanishi: sigil لیگز [zegil] - sugal
48
12. Turk tilidagi [z] tovushi til oldi, sirgaluvchi, shovqinli, jarangli undosh

tovushdir. Bu tovush ham [s] tovushi kabi hosil bo‘ladi. Lekin farqi shundaki, uni talaffuz qilishda tovush paychalari tebranadi.
Fors tilidagi [z] tovushi yumshoq, jarangli, sirg‘aluvchi, og‘iz-milk undoshidir. [z] tovushini hosil bo‘lishi tovush paychalari bilan birga kechadi. Shuning uchun ham bu undosh jaranglidir. Jarangning miqdori uning hosil bo‘lish o‘rniga bog‘liq. Odatda [z] tovushining boshlanish qismi, u soz boshida kelganida va undan oldin pauza mavjud bo‘lsa jarangsizlashadi. Soz oxirida, pauzadan oldin, shuningdek, jarangsiz undoshlar yonida qisman yoki butunlay jarangini yoqotadi. Uning sirg‘aluvchanligi [s] tovushidan kamroqdir.
Turkiy tildan kirgan [z] tovushi ishtirokidagi sozlarni fors tilidagi [z] tovushi ifodalaydi:

l – لزق [ γezel] – qizil boğaz زاغب [boγāz] bog‘oz

13. Turk tilidagi [ş] tovushi til oldi, orta qator, sirg‘aluvchi, shovqinli, jarangsiz undosh tovushdir. [ş] tovushining artikulyatsiyasi tilning old qismi alvealga tegadi va shu paytning ozida tilning orta qismi qattiq tanglay tomon yo‘nalishidadir. Shuningdek, bu tovushning muloyimligini keltirib chiqaradi.
Fors tilidagi [š, ž] tovushlari til va tanglayning old qismi vositasida havoning o‘tishi uchun tor yol hosil qilinadi. Bu shunday tartibda yuz beradi: til uchi yuqoriga ko‘tariladi, tilning uchi va old qimining boshlanishi miklning orqa qismi va tanglayning boshlanish qismi oldida boladi. Tilning yon tomonlari yuqori tishlarning ichki devorlariga jipslashadi. Yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilganligi tufayli havoning burun orqali o‘tish yoli yopiladi.
Fors tilidagi [š] tovushi qattiq, jarangsiz, sirg‘aluvchi tovushdir. [š] tovushini hosil qilishda tovush paychalari qatnashmaydi. Shuningdek, [š] tovushi ozining jarangli juftiga nisbatan choziqroqdir. [i] unlisidan oldin cho‘ziqroq eshitiladi.

49


Turkiy tildagi [ş] tovushi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga ozlashganida bu

tovush fors tilidagi ] tovushi orqali ifodalanadi:

şişlik – کیلشش [šešlik] shashlik, kabob k- شوق [γuš] – qush
yavaş شاوي [yavāš] - sekin

14. Turk tilidagi [h] tovushi bog‘iz, sirgaluvchi, shovqinli, jarangsiz undosh tovushdir. Bu tovush bir-biriga yaqin kelgan tovush paychalari yordamida hosil boladi. Keyingi unli tovushni talaffuz qilishga tayyor bolgan tovush hosil qiluvchi organlar yo‘lida havoning otishi uchun tosiq bo‘lmaydi va tovush paychalari tebranmaydi.
Fors tilidagi [h] tovushi qattiq, jarangsiz, sirgaluvchi, bog‘iz tovushidir. Bu tovushni tovush paychalari hosil qiladi. Bu quyidagicha yuz beradi: tovush paychalarining uchi bir-biriga juda yaqin masofagacha yaqinlashadi. Yumshoq tanglay yuqoriga kotarilib, havoning burun orqali otish yolini tosadi. [h] tovushining sirgalish darajasi uning joylashuviga bogliq: soz boshida pauzadan oldin, ayniqsa urg‘uli holatda uning sirgalishi ikki unli orasida yoki soz oxirida kelganiga qaraganda koproq bo‘ladi, lekin bazida tovushni hosil qilishda sirgalish tovush paychalari bilan birga kechadi.
Turkiy tildan [h] tovushi ishtirok etgan so‘zlar fors tiliga ozlashganda [x] tovushiga ozgaradi:

hatun نوتاخ[xātun] ayol, xotin han نخ [ xān] xon
hurçin نیجروخ [xurjin] - xurjin

15. Turk tilidagi [ç] tovushi til oldi, o‘rta, jarangsiz undosh tovushdir. [ç] tovushini hosil qilishda tilning orta qismi yuqoriga qattiq tanglayga kotariladi. Tovush paychalari tebranmaydi.
50
Fors tilidagi [č] tovushi qattiq, jarangsiz, portlovchi, sirg‘aluvchi tovushdir.

[č] tovushini hosil qilishda tovush paychalari ishtirok etmaydi. Shuningdek [č] tovushi qattiq undoshdir, uning sirg‘alishi bog‘in boshida, ayniqsa urguli holatda va soz oxirida ko‘proq [č] ozining jarangli juftidan cho‘ziqroq, lekin shunga qaramay uning choziqligi boshqa sirgaluvchilarga qaraganda kamroqdir.
Turkiy tildagi [ç] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda, fors tilidagi [č] orqali ifodalanadi:

çabuk - كباچ [čābok] - chaqqon

çavuş – شوواچ [čāvuš] kichik ofitser

16. Turk tilidagi [j] tovushi til oldi, orta qator, sirgaluvchi, jarangli undosh tovushdir. [j] tovushining artikulyatsiyasi tilning old qismi al’vealga tegadi va shu paytning o‘zida tilning orta qismi qattiq tanglay tomon yonalishidadir.
Turk tilidagi [j] tovushini fors tilida [ž] tovushi ifodalaydi. Fors tilida [ž] tovushi yumshoq, jarangli, sirgaluvchi tovushdir.
Turkiy tildagi [j] ishtirokidagi sozlar fors tilida uchratilmadi.

17. Turk tilidagi [r] tovushi til oldi, tanglay, sirgaluvchi, jarangli tovushdir. Fors tilidagi [r] tovushi yumshoq, jarangli, titroq tovushdir. Bu tovushni
hosil qilishda til uchi va milk (yuqori milk) qatnashadi. Til uchi yuqori milkka jipslashib, havoning o‘tish yolida tosiq hosil boladi, tilning yon tomonlari yuqori jag‘ tishlarga jipslashadi, bunda yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lib, havoning burun orqali otish yolini yopib qoyadi. Havo til uchining yuqori milkka tinimsiz bir tekis urilishi vaqtida tashqariga chiqadi. [r] tovushining hosil bo‘lishida tovush paychalari tebranadi va shu sababli bu tovush jarangli hisoblanadi.
Turkiy tildagi [r] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda, fors tilidagi [r] tovushi orqali ifodalanadi, soz boshi [r] bilan boshlangan so‘zlar fors tilida kuzatilmadi:
51
yurt تروي [yurt] o‘tov

car راج [jār] - jar tor روت [tur] tor

18. Turk tilidagi [y] tovushi jarangli, yumshoq undosh tovushdir.

Fors tilidagi [y] tovushi yumshoq, jarangli, tanglay tovushidir. [y] tovushini hosil qiluvchi nutq organlari til va tanglaydir. Bu tovushni hosil qilishda lablar choziq, yumshoq tanglay kotarilgan, tovush paychalari tebranish holatida boladi.
Turkiy tildan [y] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda, fors tilidagi [y] bilan ifodalanadi:

yıl لیئ [yil] - yil


yahni ىنخي [yaxni] – shorva yelken نﮑلي [yalkan] yelkan yaka – هقي [yaγe] yoqa

19. Turk tilidagi [l] tovushi jarangli, yumshoq tovushdir.


Fors tilidagi [l] tovushi yumshoq, jarangli, milk undoshidir. Bu unboshni talaffuz qilishda til uchi yuqori milkka jipslashadi. Shu tariqa ogizda to‘siq hosil boladi va bu tosiq havoning chiqishiga qarshilik qilmaydi. [l] tovushining hosil bo‘lishi tovush paychalarining tebranishi bilan birga kechadi.
Turkiy tildan [l] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda, fors tilidagi [l] bilan ifodalanadi:

tulumba – هبنلت [tolombe] nasos


şişlik – کیلشش [šešlik] shashlik, kabob katil – لتاق [γātel] qotil

20. Turk tilidagi [ğ] undosh fonemasi jarangli tovush hisoblanadi.

Fors tilidagi [ğ] tovushi jarangli, sirgaluvchi, chuqur til orqa tovushidir. 52
Turkiy tildan [ğ] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda, fors tilidagi

[g], [γ] bilan ifodalanadi.

[ğ] ni [g] ga o‘zgarishi:

düğme – همگد [dogme] tugma [ğ] ni [γ] ga ozgarishi:
boğça هچغب [boγče] – tugun

21. Turk tilidagi [c] tovushi qorishiq, jarangli tovushdir. Bu tovush fors

tiliga [j] tovushiga tog‘ri keladi.


Fors tilida mazkur tovush o‘rniga [j] tovushi qo‘llaniladi. Fors tilidagi [j] tovushi yumshoq, jarangli, portlovchi, sirgaluvchi tovushdir. [j] tovushini talaffuz qilishda tovush paychalari jarang hosil qilish holatida bo‘ladi. Odatda ikki unli ortasida to‘liq jarangli, lekin soz boshida, pauzadan oldin uning boshlanish qismi jarangsizlashadi.
Turkiy tildan [c] ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda, fors tilidagi [j] bilan ifodalanadi:

ceyran ناریج [jayrān] - jayron ocak – قاجا [ojāγ] o‘choq
car راج [jār] - jar


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə