Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə18/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

sougand, xodrou. Diftonglar so‘zda faqat undosh tovushlardan avval soz boshida

soz o‘rtasida va oxirida uchraydi. Mazkur tadqiqotimizda turkiy tillarda mavjud fonemalarni organish davomida diftonglar kuzatilmadi.

2.4. Turkiy fonetik tizimning fors fonetik tizimiga tasiri va aks tasiri

Unli fonemalar

1. Turk tilida [a] unlisi orqa qator, lablanmagan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush ogiz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yo‘g‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bo‘lib, shakllarini o‘zgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag suyaklar pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi58.
Fors tilidagi [a] tovushi til oldi, keng, ochiq, qisqa tovush bolib, uni talaffuz qilishda tilning yonlari pastki tishlarning ichki devorlariga tegadi. Lablar keng va ochiq shaklda bo‘ladi, yuqori va pastki lablar orasidagi masofa taxminan 2 sm bo‘ladi. [a] tovushi qisqa tovush sanalsa-da ayrim sozlarda u nisbatan choziqroq talaffuz qilinadi (درد [dard], زاگ [gāz], چیپ [pič] so‘zlaridagi unli tovushlarning choziqligi soniya jihatidan bir xil)59.
Turkiy tildan fors tiliga [a] unlisi ishtirokidagi o‘zlashgan sozlar fors tilida soz boshida va so‘z ortasida [ā] ga, soz oxirida [e] tovushiga ozgargan. Masalan:

[a] ni [ā] ga aylanishi:

Aydın – نيديآ ydin] oydin Arslan نلاسرا [arslān] arslon katik – قتاق [γāteγ] - qatiq
[a] ni [e] ga aylanishi: yaka – هقي [yāγe] yoqa

58 Imomova H., Maqsudova M., Toshaliyeva S. Turk tili. - T.,2009. 59 یهاشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
35
dolma60 هملد [dolme] do‘lma

2. Turk tilidagi [e] unlisi old qator, lablanmagan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush ogiz boshligining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bolib, shakllarini o‘zgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklarimiz pastga harakat qilib, ogiz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi61.
Fors tilidagi [e] tovushi til oldi qator, orta kotarilish, qisqa tovush bolib, bu tovushni talaffuz qilishda til uchi pastki tishlarning orqasida joylashadi. [e] tovushi [i] tovushiga nisbatan qisqa tovush sanaladi, lekin ayrim hollarda [e] tovushining cho‘ziqligi [i] tovushidan ham koproq boladi ( بیس [sib] va مشچ [češm] so‘zlaridagi unlilarning cho‘ziqligi soniya jihatidan tengdir)62.
Turkiy tildagi [e] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga ozlashganda soz boshida [i] ga, soz ortasida [a] fonemasiga ozgargan. Turkiy tilda so‘z oxirida [e] fonemasiga tugagan soz fors tilida uchratilmadi. Masalan:

[e] ni [i] ga aylanishi: el – ليا [il] el
[e] ni [a] ga aylanishi:

ördek63 کدرا [ordak] ordak Senjer رجنس [sanjar] Sanjar yelken64 نﮑلي [yalkan] - yelkan

3. Turk tilidagi [i] old qator, lablanmagan, tor unlidir. Bu unli talaffuz

etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush ogiz bo‘shlig‘ining oldingi qismida

60 Türkçe Farsça genel sözlüğü. Iran Tehran. 1996. B. 251.
61 Imomova H., Maqsudova M., Toshaliyeva S. Turk tili. T., 2009. 62 یهاشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
63 Türkçe Farsça genel sözlüğü. Iran Tehran. 1996. B.629. 64 Doordāne Rahimli. Vāžehā-ye torki dar zabān-e fārsi. B.10.
36
yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator

unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bo‘lib, shakllarini ozgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli ogiz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unli tor unli deyiladi.
Fors tilidagi [i] tovushi til oldi, yopiq, keng, choziq tovush bolib, bu tovushni talaffuz qilishda tilning old qismi tanglay tomon ko‘tarilgan boladi, lekin unga tegmaydi (havo tosiqqa uchramaydi) va tilning uchi ozod holda bo‘lib, til odatda pastki tishlar orqasida joylashadi, yuqori va pastki tishlar oraligi 2-3 mm.ni tashkil qiladi. Yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi (tortilgan) va havoning burun orqali chiqish yo‘lini to‘sadi. Tovush paychalari tovushni talaffuz qilish holida boladi, lablar keng yoyiladi. Aslida [i] tovushi choziq tovush sanaladi, lekin uning choziqligi uning turlicha joylashuvida bir-biridan farq qiladi. Masalan, soz oxirida boshqa hollarga nisbatan cho‘ziqroq boladi. [y] tovushidan oldin juda qisqa talaffuz qilinadi, shuningdek jarangli va jarangsiz undoshlardan oldin ham uning cho‘ziqligi turlicha boladi65.
Turkiy tildagi [i] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda soz boshi, soz o‘rtasi va soz oxirida [i] ga, shuningdek, so‘z ortasida [o], [e] fonemalariga o‘zgargan. Masalan:

[i] ni [i] bilan ifodalanishi: iz زيا [iz] iz
keşik66 کیشک [kešik] – navbatchi bibi - يب يب [bibi] – amma
[i] ni [o] ga aylanishi:

kaşik قشاق [γošoγ] qoshiq [i] ni [e] ga aylanishi:
katil – لتاق ātel] qotil

65 یهاشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
66 Türkçe Farsça genel sözlüğü. Iran Tehran. 1996. Keyingi sahifalarda ham mazkur kitobdan foydalanilgan.
37

4. Turk tilidagi [ı] tovushi [i] tovushiga nisbatan til orqa, ochiq, artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra nisbatan quyi va orqada joylashgan bolib, tovushni talaffuz qilishda lablar xuddi [i] ni talaffuz qilgan kabi holatga keladi, tilning uchi pastki tishlarga tegadi.
Fors tilida [ı] tovushi mavjud emas.


Turk tilidagi [ı] tovushi fors tilidagi [i] kabi choziq bolmasada, ozlashmalar tarkibida aynan shu tovush bilan orin almashadi.
Turkiy tildan [ı] ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda soz ortasi va soz oxirida [i] ga, shuningdek, soz ortasida [e] fonemasiga o‘zgargan. Masalan:

[ı] ni [i] ga aylanishi: bacı يجاب [bāji] - opa
kılıç چیلق [γelič] – qilich, shamshir [ı] ni [e] ga aylanishi:
l – لزق [ γezel] – qizil çkırık قرقشق [γešγereγ]

5. Turk tilida [o] tovushi orqa qator, lablangan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yog‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat korsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag suyaklar pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi.
Fors tilidagi [o] tovushi til orqa, yarim ochiq, qisqa tovush bo‘lib, uni talaffuz qilishda tilning orqa qismi tanglay tomon kotariladi. Yumshoq tanglay havoning burun orqali chiqish yolini yopib qoyadi. [o] tovushi qisqa bo‘lsada, ayrim hollarda u nisbatan choziqroq talaffuz qilinadi.
38
Turkiy tildagi [o] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga ozlashganda

soz boshi va so‘z ortasida [o] ko‘rinishida ifodalanadi. Turkiy tilda soz oxirida [o] ga tugagan soz fors tilida uchratilmadi. Masalan:

ocak – قاجا [ojāγ] o‘choq

otak قاتا[otāγ] xona çomak- قامچ omoγ] - tayoq

6. Turk tilida [u] unlisi orqa qator, lablangan, tor unlidir. Bu unli talaffuz

etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yog‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat korsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli ogiz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unlilar tor unlilar deyiladi.
Fors tilidagi [u] tovushi til orqa qator, yopiq, cho‘ziq tovush bolib, talaffuzida til tanglay tomon kotariladi. Yuqori va pastki tishlar orasidagi masofa taxminan 2 mm.ni tashkil etadi. Yumshoq tanglayning yuqoriga kotarilishi natijasida havoning burun orqali otish yo‘li yopiladi.
Turkiy tildan [u] ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda soz ortasida va soz oxirida [u] bilan ifodalanadi. Soz boshida [u] bilan tugaydigan sozlar uchratilmadi. Masalan:

çavuş – شوواچ - [čāvuš] – kichik ofitser

hatun نوتاخ [xātun] ayol, xotin k-شوق [γuš] – qush
küçü - ولوچوك [kulu] – kichik (bola, qiz)

7. Turk tilidagi [ö] unlisi old qator, lablangan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush ogiz bo‘shlig‘ining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator
39
unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib,

faol harakat ko‘rsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag suyaklar pastga harakat qilib, ogiz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi.
Fors tilida [ö] unlisi mavjud emas.

Turkiy tildan [ö] unlisi ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda soz boshi, so‘z ortasida [o] unlisi bilan, shuningdek, soz ortasida [u] fonemasi bilan ham ifodalanadi. Soz oxirida [ö] bilan tugaydigan sozlar uchratilmadi. Masalan:

[ö] ni [o] ga aylanishi:


ördek کدرا [ordak] ordak döşek – [tošak] – to‘shak
[ö] ni [u] ga aylanishi: çöl لوچ [chul] – chol

8. Turk tilida [ü] old qator, lablangan, tor unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush og‘iz bo‘shligining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga kora ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat korsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli ogiz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unli tor unlilar deyiladi .
Fors tilida [ü] unlisi mavjud emas.

Turkiy tildan [ü] unlisi ishtirokidagi sozlar fors tiliga ozlashganda soz boshi, soz ortasi va so‘z oxirida [u], shuningdek so‘z ortasida [e] unlisi bilan ham ifodalanadi. Masalan:

[ü] ni [u] ga aylanishi: ülke اكلوا [ulkā] o‘lka
küçük کچوک [kek] kichik
40
ötü – وتا [otu] dazmol

[ü] ni [e] ga aylanishi: kakül لکاک [kākel] kokil


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə