|
Ent davlat sharqsh
|
səhifə | 18/43 | tarix | 19.12.2023 | ölçüsü | 0,93 Mb. | | #151521 |
| pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fonsougand, xodrou. Diftonglar so‘zda faqat undosh tovushlardan avval so‘z boshida
so‘z o‘rtasida va oxirida uchraydi. Mazkur tadqiqotimizda turkiy tillarda mavjud fonemalarni o‘rganish davomida diftonglar kuzatilmadi.
2.4. Turkiy fonetik tizimning fors fonetik tizimiga ta’siri va aks ta’siri
Unli fonemalar
1. Turk tilida [a] unlisi orqa qator, lablanmagan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yo‘g‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bo‘lib, shakllarini o‘zgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi58.
Fors tilidagi [a] tovushi til oldi, keng, ochiq, qisqa tovush bo‘lib, uni talaffuz qilishda tilning yonlari pastki tishlarning ichki devorlariga tegadi. Lablar keng va ochiq shaklda bo‘ladi, yuqori va pastki lablar orasidagi masofa taxminan 2 sm bo‘ladi. [a] tovushi qisqa tovush sanalsa-da ayrim so‘zlarda u nisbatan cho‘ziqroq talaffuz qilinadi (درد [dard], زاگ [gāz], چیپ [pič] so‘zlaridagi unli tovushlarning cho‘ziqligi soniya jihatidan bir xil)59.
Turkiy tildan fors tiliga [a] unlisi ishtirokidagi o‘zlashgan so‘zlar fors tilida so‘z boshida va so‘z o‘rtasida [ā] ga, so‘z oxirida [e] tovushiga o‘zgargan. Masalan:
[a] ni [ā] ga aylanishi:
Aydın – نيديآ [āydin] – oydin Arslan – نلاسرا [arslān] –arslon katik – قتاق [γāteγ] - qatiq
[a] ni [e] ga aylanishi: yaka – هقي [yāγe] – yoqa
58 Imomova H., Maqsudova M., Toshaliyeva S. Turk tili. - T.,2009. 59 یهاﮑشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
35
dolma60 –هملد [dolme] – do‘lma
2. Turk tilidagi [e] unlisi old qator, lablanmagan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bo‘lib, shakllarini o‘zgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklarimiz pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi61.
Fors tilidagi [e] tovushi til oldi qator, o‘rta ko‘tarilish, qisqa tovush bo‘lib, bu tovushni talaffuz qilishda til uchi pastki tishlarning orqasida joylashadi. [e] tovushi [i] tovushiga nisbatan qisqa tovush sanaladi, lekin ayrim hollarda [e] tovushining cho‘ziqligi [i] tovushidan ham ko‘proq bo‘ladi ( بیس [sib] va مشچ [češm] so‘zlaridagi unlilarning cho‘ziqligi soniya jihatidan tengdir)62.
Turkiy tildagi [e] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z boshida [i] ga, so‘z o‘rtasida [a] fonemasiga o‘zgargan. Turkiy tilda so‘z oxirida [e] fonemasiga tugagan so‘z fors tilida uchratilmadi. Masalan:
[e] ni [i] ga aylanishi: el – ليا [il] – el
[e] ni [a] ga aylanishi:
ördek63 – کدرا [ordak] – o‘rdak Senjer –رجنس [sanjar] – Sanjar yelken64 – نﮑلي [yalkan] - yelkan
3. Turk tilidagi [i] old qator, lablanmagan, tor unlidir. Bu unli talaffuz
etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismida
60 Türkçe – Farsça genel sözlüğü. Iran –Tehran. 1996. B. 251.
61 Imomova H., Maqsudova M., Toshaliyeva S. Turk tili. T., 2009. 62 یهاﮑشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
63 Türkçe – Farsça genel sözlüğü. Iran –Tehran. 1996. B.629. 64 Doordāne Rahimli. Vāžehā-ye torki dar zabān-e fārsi. B.10.
36
yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator
unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar ishtiroki kam bo‘lib, shakllarini o‘zgartirmaydi. Shu sababli lablanmagan deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli og‘iz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unli tor unli deyiladi.
Fors tilidagi [i] tovushi til oldi, yopiq, keng, cho‘ziq tovush bo‘lib, bu tovushni talaffuz qilishda tilning old qismi tanglay tomon ko‘tarilgan bo‘ladi, lekin unga tegmaydi (havo to‘siqqa uchramaydi) va tilning uchi ozod holda bo‘lib, til odatda pastki tishlar orqasida joylashadi, yuqori va pastki tishlar oralig‘i 2-3 mm.ni tashkil qiladi. Yumshoq tanglay yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi (tortilgan) va havoning burun orqali chiqish yo‘lini to‘sadi. Tovush paychalari tovushni talaffuz qilish holida bo‘ladi, lablar keng yoyiladi. Aslida [i] tovushi cho‘ziq tovush sanaladi, lekin uning cho‘ziqligi uning turlicha joylashuvida bir-biridan farq qiladi. Masalan, so‘z oxirida boshqa hollarga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi. [y] tovushidan oldin juda qisqa talaffuz qilinadi, shuningdek jarangli va jarangsiz undoshlardan oldin ham uning cho‘ziqligi turlicha bo‘ladi65.
Turkiy tildagi [i] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida [i] ga, shuningdek, so‘z o‘rtasida [o], [e] fonemalariga o‘zgargan. Masalan:
[i] ni [i] bilan ifodalanishi: iz – زيا [iz] – iz
keşik66 –کیشک [kešik] – navbatchi bibi - يب يب [bibi] – amma
[i] ni [o] ga aylanishi:
kaşik – قشاق [γošoγ] – qoshiq [i] ni [e] ga aylanishi:
katil – لتاق [γātel] – qotil
65 یهاﮑشناد رشن زکرم .هرمث لهدي .یسراف نابز یسانشاوآ
66 Türkçe – Farsça genel sözlüğü. Iran –Tehran. 1996. Keyingi sahifalarda ham mazkur kitobdan foydalanilgan.
37
4. Turk tilidagi [ı] tovushi [i] tovushiga nisbatan til orqa, ochiq, artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra nisbatan quyi va orqada joylashgan bo‘lib, tovushni talaffuz qilishda lablar xuddi [i] ni talaffuz qilgan kabi holatga keladi, tilning uchi pastki tishlarga tegadi.
Fors tilida [ı] tovushi mavjud emas.
Turk tilidagi [ı] tovushi fors tilidagi [i] kabi cho‘ziq bo‘lmasada, o‘zlashmalar tarkibida aynan shu tovush bilan o‘rin almashadi.
Turkiy tildan [ı] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida [i] ga, shuningdek, so‘z o‘rtasida [e] fonemasiga o‘zgargan. Masalan:
[ı] ni [i] ga aylanishi: bacı – يجاب [bāji] - opa
kılıç –چیلق [γelič] – qilich, shamshir [ı] ni [e] ga aylanishi:
kızıl – لزق [ γezel] – qizil hıçkırık –قرقشق [γešγereγ]
5. Turk tilida [o] tovushi orqa qator, lablangan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yo‘g‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat ko‘rsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi.
Fors tilidagi [o] tovushi til orqa, yarim ochiq, qisqa tovush bo‘lib, uni talaffuz qilishda tilning orqa qismi tanglay tomon ko‘tariladi. Yumshoq tanglay havoning burun orqali chiqish yo‘lini yopib qo‘yadi. [o] tovushi qisqa bo‘lsada, ayrim hollarda u nisbatan cho‘ziqroq talaffuz qilinadi.
38
Turkiy tildagi [o] unli fonemasi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda
so‘z boshi va so‘z ortasida [o] ko‘rinishida ifodalanadi. Turkiy tilda so‘z oxirida [o] ga tugagan so‘z fors tilida uchratilmadi. Masalan:
ocak – قاجا [ojāγ] – o‘choq
otak – قاتا[otāγ] – xona çomak- قامچ [čomoγ] - tayoq
6. Turk tilida [u] unlisi orqa qator, lablangan, tor unlidir. Bu unli talaffuz
etilganda til beixtiyor orqaga tortilib, tovush og‘iz bo‘shlig‘ining orqa qismida yuzaga keladi va yo‘g‘on talaffuz etiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat ko‘rsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli og‘iz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unlilar tor unlilar deyiladi.
Fors tilidagi [u] tovushi til orqa qator, yopiq, cho‘ziq tovush bo‘lib, talaffuzida til tanglay tomon ko‘tariladi. Yuqori va pastki tishlar orasidagi masofa taxminan 2 mm.ni tashkil etadi. Yumshoq tanglayning yuqoriga ko‘tarilishi natijasida havoning burun orqali o‘tish yo‘li yopiladi.
Turkiy tildan [u] ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z o‘rtasida va so‘z oxirida [u] bilan ifodalanadi. So‘z boshida [u] bilan tugaydigan so‘zlar uchratilmadi. Masalan:
çavuş – شوواچ - [čāvuš] – kichik ofitser
hatun – نوتاخ – [xātun] – ayol, xotin kuş -شوق [γuš] – qush
küçülü - ولوچوك [kučulu] – kichik (bola, qiz)
7. Turk tilidagi [ö] unlisi old qator, lablangan, keng unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator
39
unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib,
faol harakat ko‘rsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilib, og‘iz keng ochiladi. Shundan kelib chiqqan holda keng unli deyiladi.
Fors tilida [ö] unlisi mavjud emas.
Turkiy tildan [ö] unlisi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z boshi, so‘z o‘rtasida [o] unlisi bilan, shuningdek, so‘z o‘rtasida [u] fonemasi bilan ham ifodalanadi. So‘z oxirida [ö] bilan tugaydigan so‘zlar uchratilmadi. Masalan:
[ö] ni [o] ga aylanishi:
ördek – کدرا [ordak] – o‘rdak döşek – [tošak] – to‘shak
[ö] ni [u] ga aylanishi: çöl – لوچ [chul] – cho‘l
8. Turk tilida [ü] old qator, lablangan, tor unlidir. Bu unli talaffuz etilganda til orqaga tortilmaydi. Tovush og‘iz bo‘shlig‘ining oldingi qismida yuzaga keladi va qalinlarga ko‘ra ingichka talaffuz etiladi. Shu sababli old qator unli ham deyiladi. Ushbu unli talaffuzida lablar beixtiyor dumaloq shaklga kirib, faol harakat ko‘rsatadi. Shu sababli lablangan unli deyiladi. Bu unli talaffuz etilganda jag‘ suyaklar pastga harakat qilmaganligi sababli og‘iz keng ochilmaydi. Shu sababli bu unli tor unlilar deyiladi .
Fors tilida [ü] unlisi mavjud emas.
Turkiy tildan [ü] unlisi ishtirokidagi so‘zlar fors tiliga o‘zlashganda so‘z boshi, so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida [u], shuningdek so‘z o‘rtasida [e] unlisi bilan ham ifodalanadi. Masalan:
[ü] ni [u] ga aylanishi: ülke – اكلوا [ulkā] – o‘lka
küçük – کچوک [kuček] – kichik
40
ötü – وتا [otu] – dazmol
[ü] ni [e] ga aylanishi: kakül – لکاک [kākel] –kokil
Dostları ilə paylaş: |
|
|