Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə2/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

« TURKIY TILDAN FORS TILIGA OZLASHGAN SOZLARNING FONETIK, MORFOLOGIK VA SEMANTIK TAHLILI » MAVZUSIDAGI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING ANNOTATSIYASI

Mavzuning dolzarbligi. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarni o‘rganish ancha

murakkab va o‘ta qiziqarlidir. Hozirgi fors tili lug‘at tarkibida turli tillardan kirgan ozlashmalar mavjud bo‘lib, turkiy o‘zlashmalar ana shu o‘zlashmalarning bir qismi hisoblanadi. Turkiy o‘zlashmalar fors tili leksikologiyasidagi dolzarb mavzularidandir, chunki ular boshqa tillardan kirgan o‘zlashmalar singari fors tili lug‘at tarkibini boyishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mazkur magistrlik dissertatsiyasi turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahliliga bag‘ishlangan bolib, ishning asosiy maqsadi turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlarning holatini, fonetik moslashuvi, ularning morfologik shuningdek, undagi ba’zi bir ma’no o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan so‘zlar mavzusi boyicha shu kungacha qilingan ilmiy ishlarni kuzatish, tahlil etish, ozlashmalarni manbalardan ajratish, fonetik solishtirish, soz turkumlari boyicha va o‘zaro mano xususiyatlarini yoritish ishning asosiy maqsadidir.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va ahamiyati. Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan so‘zlarning fonetik, morfologik va semantik tahlili birinchi marotaba organilib tadqiq etildi. Ishdagi dalillar shuni ko‘rsatadiki, bunda leksikologiya va leksikografiya boyicha qo‘llanmalar yaratish, maxsus kurslar o‘qitish, shuningdek kelasi tuziladigan lug‘atlarda yordamchi material sifatida foydalansa bo‘ladi.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə