Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə20/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

II bob bo‘yicha xulosalar

Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlarning fonetik qismiga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fors tili dunyodagi eng qadimiy va boy tillardan biri hisoblanadi. Bu tilning boyishida fors tilida ijod qilgan turkiy shoirlardan Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Shahriyor va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Shuningdek, Eronda kop asrlar davomida hukmronlik qilgan turkiy sulolalar ham oz hissalarini qoshganlar.
53
Fors tiliga ozlashgan turkiy sozlarning fonetik tahlili ota muhim tilshunoslik

mavzusi bolib, bu XVI asrlarga kelib fors tilida yuz bergan muhim hodisa, klassik fors tilidagi fonemalar tizimining shakllanishida turkiy tilining tasirini ochib berishga xizmat qiladi.
Tadqiqot ishida hozirgi zamon fors tili fonetika tizimini hozirgi turk tili fonetik tizimi bilan qiyosiy organildi. Chunki hozirgi turk tili oguz lahjasiga asoslangan bolib, fors tiliga ozlashgan turkiy sozlar aynan mana shu lahjaga mansub.

54


III BOB. TURKIY TILDAN FORS TILIGA O‘ZLASHGAN SOZLARNING

MORFOLOGIK TAHLILI

Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar boshqa arabiy va yevropa tillaridan kirgan ozlashmalar singari fors tili lugat tarkibidan muqim orin olib bolgan. Har qanday tilda ozlashgan begona til unsurlari, yangi til muhitida uzoq muddatli moslashuv jarayonini boshidan kechiradi. Bu moslashuv jarayoni til sistemasining turli tarkibiy bosqichlarida amalga oshadi. Odatda begona soz yangi til muhitida fonetik, grafik, manoviy, grammatik va uslubiy bosqichlarda moslashuv jarayonini boshdan kechiradi67.
Turkiy ozlashmalar ham mana shunday moslashuv jarayonini otkazgan. Bu moslashuv jarayonlari uzoq muddatli jarayon bolib, to yangi soz yoki birikma til sistemasining hamma bosqichlarida oz ornini topmaguncha ozlashtiruvchi til sistemasiga singib ketmaydi.
Turkiy ozlashmalar fors tili lugat tarkibidan joy olgach, grammatik moslashuvning bir bosqichi bolgan morfologik moslashuv jarayonini boshidan kechiradi.
Morfologik moslashuvda turkiy tillardan ozlashgan soz turkumi, fors tilida shu soz turkumiga oid grammatik kategoriyalarga moslashadi. Bunda agar ozlashma ot soz turkumiga oid bolsa ko‘plik kategoriyasi, otdan soz yasash usullariga, sifat soz turkumiga oid bo‘lsa sifatlarning qiyosiy va orttirma darajasiga va soz yasash moddellariga, felga tegishli bolsa felning soz yasash, zamon, mayl va nisbat kategoriyalariga moslashadi68.
Toplangan misollar shuni korsatadiki, hozirgi fors tilidagi turkiy ozlashmalar quyidagi soz turkumlariga bo`linadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə