Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə17/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

2.3. Turkiy va forsiy fonetik tizimning qiyosiy tahlili


Har bir tilning oz fonemalar tizimi mavjud bolib, bir tildagi fonemalar, boshqa tildagi fonemalardan farq qiladi. Demak, dunyo tillarining fonemalari oxshash va farqli tomonlarga ega bolar ekan. Fonemalar insoniyat rivoji davomida turli shakllarni

53 Содиков К., Хамидов Х., Худойберганова З., Аминова Л. Турк тили. Тошкент, 2003. Б-33. 54 Курсатилган асар Б. 33.
32
kasb etadi. Shu sababli ham turli millatlar tilidagi nutq tovushlari fonemalari bir xil

emas. Dunyo tillari orasida ozining yuqori mavqeiga ega bolgan fors tili va turkiy tillar fonemalar tizimidagi oxshash va farqli tomonlarini korib chiqamiz.
Fors tili va turkiy tillar boshqa-boshqa til oilalariga mansub va ikkala til fonetikasi ham oziga xos xususiyatlarga ega.
Fors tili fonetikasida 29 ta tovush mavjud va ular yozuvda 32 ta harf bilan ifodalansa, turk tili alifbosida mavjud 29 harf 29 tovushni ifodalaydi. Ikkala til unli tovushlari haqida gap borar ekan, turk tili tarkibidagi unlilar fors tilidagi unlilarga nisbatan bir muncha murakkab ekanligini takidlab otish joizdir. Fors tilida mavjud 6 ta unli tovush soz tarkibida qaysi tovushlar tarkibida kelishiga qarab oz variantlariga egadir ( [i] tovushi choziq tovush sanaladi, soz oxirida boshqa hollarga nisbatan choziqroq bo‘ladi, [y] tovushidan oldin esa juda qisqa talaffuz qilinadi, shuningdek, jarangli va jarangsiz undoshlardan oldin ham uning cho‘ziqligi turlicha boladi).
Turk tilidagi unli tovushlarning soni 8 ta bolsa, ulardan ayrimlari talaffuzi jihatidan bir-biriga juda yaqin ( [i] va [ı] ).
Fors tilida unli tovushlar tasnifi turk tili unli tovushlari klassifikatsiyasiga nisbatan ancha soddaroqdir, bunga turk tilidagi unlilarning son jihatidan fors tilidagi unli tovushlardan ortiqligi va ularning oziga xos xususiyatlarini sabab qilib korsatish mumkin. Fors tilida unli tovushlar uch yol bilan tasniflanadi. Turk tilida ham unli tovushlar uch yol orqali tasnif qilinadi. Turk tilidagi unlilarning tasniflash yolini fors tilida ham kuzatish mumkin, chunki fors tilida sodda unli va murakkab unli tushunchasi mos keladi, biroq turk tilidan farqli olaroq bularni tasniflashda ularni alohida yol, usul deb qabul qilinmagan. Turk tilidagi [ö], ], [ı] kabi tovushlarni fors tilida uchratmaymiz. Ammo ayrim fors tilidagi tovushlar sifat jihatidan turk tilidagi unlilar kabidir ( fors tilidagi [i] va turk tilidagi [i], fors tilidagi [e] va turk tilidagi [e] tovushlari misol bo‘la oladi). Bundan tashqari turk tilida fors tilidagi mavjud [ā] unli fonemasi uchramadi.

33


Unli fonemalar tizimida fors tilidagi old lablangan [a] qisqa unlisi turk tilida yoq55. Shuning uchun boshqa tillardan kirgan [a] qisqa unlisi orniga turk tilida [e] unlisi ishlatiladi56.
Hozirgi fors tilidagi cho‘ziq [u] fonemasi hozirgi zamon turk tilidagi qalin [u] tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Lekin qisqa [o] ni choziq [u] fonemasiga ozgarishida turk tilining tasiri bolganligiga hech bir dalil isbot yoq57.
Fors tilida unlilar hosil bo‘lish orni, tilning kotarilish darajasi va lablarning ishtirokiga ko‘ra tasnif qilinadi. Turkiy tillarda esa fors tilidan farqli ravishda, unlilar tizimi tovushlar qatori, tor–kengligi, lablanish–lablanmasligiga kora tasnif qilinadi. Yana shunga etibor qaratish joizki, turkiy tillarda unlilar orasida ozaro qarama-qarshi bolganlari ham mavjud. Va shu qarama-qarshiliklar sababli fors tili unli fonemalariga nisbatan oz farqli jihatlarini namoyon qiladi. Turk tilida singarmonizm qonuni qatiy amal qilgani bois har bir qo‘shimcha o‘zak-negizning tabiatiga bogliq holda fonetik variantlardan iborat boladi. Fors tilida esa singarmonizm qonuni amal qilmaydi.
Fors tili va turk tili fonetikasi tarkibidagi undosh tovushlarni tasniflashda ayrim mezonlar bir-biriga oxshash va yaqin bolsa, yana ayrimlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, ikkala tilda lablangan undoshlar tarkibiga kiruvchi lab-lab va lab-tish undoshlari sifat jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Fors tilidagi milk-tanglay undoshlar qatoriga kiritilgan [š, ž, č, j] undoshlariga turk tilida til orta undosh tovushlari deya tarif beriladi va ularga [ş, ç, j, c] tovushlarini kiritadilar, sifat jihatdan ularni qiyoslaganimizda esa ularning bir xil ekanligini ko‘ramiz. Shuningdek, fors va turk tillaridagi bo‘g‘iz, titroq, portlovchi, sirgaluvchi undoshlar ham deyarli bir xil tariflanadi.
Fors tilida ikkita diftong: ey va ou uchraydi. Ikkita unli tovush birikmasini ifodalagan tovushga diftong deyiladi. Masalan: eyvān, keyvān,

55 Қуронбеков А. Классик форс тили ҳамда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. Тoшкент: ТошДШИ, 2009. Б.13.
56 T.Bangu Oglu. Turkçenin grameri. - Ankara, 1998.
57. Қуронбеков А. Классик форс тили ҳамда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. Тoшкент: ТошДШИ, 2009. Б.18.

34

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə