Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə15/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

2.1. Hozirgi fors tilidagi va klassik fors tilidagi fonetik tizimning qiyosiy tahlili
Hozirgi kunga kelib fors tiliga turkiy tillardan nafaqat ozlashmalar, balki fors tili fonetikasiga turkiy tillarning tasiri bor degan fikrlar ham yoq emas. A.Quronbekovning “Klassik fors tili hamda hozirgi fors, dariy va tojik tillari fonemalar tizimining qiyosiy tahlili47 maqolasida hozirgi fors tili fonetikasining hozirgi kundagi shaklga kelishida va klassik porsiy-dariy tili fonetikasi bilan farqlanishida turkiy tilning tasiri borligi qayd etiladi. Bizga malumki, IX asrning oxiridan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davrda fors tili klassik fors tili” yoki forsi-e dariy tili” deb nomlanadi. Bu davrdagi til xususida koplab ilmiy izlanishlar olib borilgan va koplab qarashlar, fikrlar va xulosalar bor. Ammo bir narsa malumki, klassik fors tili hozirgi zamon fors tilidan leksik va asosan fonetik jihatdan farqlanib turadi. Klassik fors tilida 8 ta unli, 24 ta undosh fonema mavjud bo‘lgan. Ular quyidagilar:
Unli fonemalar.

Qisqa unlilar: [a], [i], [u];

Cho‘ziq unlilar: [ā], ], [ū], [ē], [ō].

Undosh fonemalar: [p], ], [h], [y], [b], ], [z], [xw] (x v), [t], ], [ž], [d], [f], [m], [n], [s], [s], [w], [k], [š], [r], [g], [x], [l].
Hozirgi fors tilida esa 6 ta unli va 2 ta diftong bor, bular quyidagilar: Qisqa unlilar: [a], [e], [o];
Cho‘ziq unlilar: [ā], [i], [u].

47 Қуронбеков А. Классик форс тили ҳaмда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. Тoшкент : ТошДШИ, 2009. Б. 1118.
29
Diftonglar: [ei], [ow].

Agar buni klassik davr fors tilining unlilar tizimi bilan qiyoslasak, shunday o‘zgarishlar yuz berganining guvohi bolamiz:

Klassik fors tili: Qisqa i
u a
Klassik fors tili: Cho‘ziq i
ē ū ō
ā
Hozirgi fors tili: e qisqa
o


a (e)

Hozirgi fors tili: i cho‘ziq

u

ā


Klassik fors tilidagi qisqa i” fonemasi hozirgi fors tilidagi e” ga, qisqa u” qisqa o” ga aylangan. Qisqa a” fonemasi esa soz boshi va ortasida a” shaklida va soz oxiridagi a” fonemasi e” fonemasiga o‘zgargan.
Undosh fonemalardagi ozgarishlar uncha katta emas, klassik fors tilidagi ذ [δ] ingliz tilidagi dz shaklida talaffuz qilingan. Klassik tildagi “γ” fonemasi hozirgi fors tilida γ va q” shaklida o‘zgargan. Masalan: γorfe, noqte. Klassik fors tilidagi xw”, x(v) hozirgi fors tilida saqlanib qolmagan48.
Agar klassik fors tilidagi unli fonemalar tizimini hozirgi Afgonistonidagi dariy tili va Tojikistondagi tojik tili unli fonemalari bilan qiyoslasak, ular orasida deyarli farq yoqligini guvohi bo‘lamiz. Shu orinda savol tugiladi, u holda hozirgi fors tilidagi unli fonemalar qachon ozgara boshlagan va bu ozgarishlar yuzaga kelishiga nima sabab bolgan? A.N. Boldirevning fikricha, IX asrning oxiridan XVI asrning boshlarigacha Fors adabiy tili morfologiya, sintaksis va lugat tarkibi sohasida hech bir mahalliy tusdagi differensiyatsiyadan nishona ko‘rsatmaydi”. Faqat mana shu davrdan (XVI asrdan) boshlab uchta mustaqil fors, dariy va tojik

48 Қуронбеков А. Классик форс тили ҳамда ҳозирги форс, дарий ва тожик тиллари фонемалар тизимининг қиёсий таҳлили // Шарқ классик филологияси. Тoшкент: ТошДШИ, 2009. Б. 13–14.
30
adabiy tiliga bolinish boshlanadi. XVI asrdan boshlab bu tilning fonologik

tizimida ham ozgarishlar roy berdi. Bu hodisa hali jiddiy tadqiqotlarni taqozo qiladi, lekin nazarimizda, bunga Eron ozarbayjoni turklarining tasiri bo‘lsa ajab emas. Tarixdan ma’lumki, XVI asrdan boshlab Eronda turkiy tilli Safaviylar sulolasi hukmronlik qilgan. Shu sababli fors tiliga koplab turkiy sozlar kirib kelgan va fors tili fonologik tizimiga turkiy til talaffuzining tasiri bolgan korinadi49. Bu maqolada bir qancha fonemalar qiyoslanib tahlil etiladi va shunday xulosaga kelinadi: Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, klassik fors tilida soz ortasi va oxiridagi qisqa, til oldi, ochiq a fonemasini hozirgi zamon fors tilidagi e fonemasiga aylanishida va cho‘ziq, til orqa e fonemasini choziq, til orqa i” fonemasiga aylanishida sozsiz orta asr ozarbayjon turk tilisining tasiri bolgan, deb aytsa boladi50.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə