Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə12/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

sökmek [sokme] همﮑس salmaq [sālme] هملاس tepmek [tepe] هپت
Birinchi bo‘limda turkiy sodda sozlar tahlil etilsa, ikkinchi bolimda yasama ozlashmalar yoritilgan. Birinchi bolimda turkiy til grammatikasi nuqtai nazaridan sodda soz shaklidagi o‘zlashmalar tahlil etilganligi va manolari yoritilganligini

29 .٥.ص.١٨٣١ ٬رتخا رشن:زيربت.نلاه ىتدحو سونوي مجرتم .ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .یلمیحر هنادرد 30 Ko‘rsatilgan asar B. 9.
20
guvohi bolamiz. Ikkinchi bo‘limda esa turkiy o‘zlashmalar struktur jihatdan tahlil

qilingan. U bu bo‘limda turkiy tillarning o‘zida turli xil affikslar yordamida yasalgan fors tilidagi turkiy sozlarni organgan. Ularni quyidagi turlarga taqsimlab chiqadi:
1) ه (-e) qo‘shimchasi bilan tugagan fors tilidagi turkiy ozlashmalar: همساب bāsme ‘nashr’, matoga rasm tushirish, همغب boγme ‘sharf, هملد dolme dolma’, همیق γiyme qiyma, هملشيد dišlame dishlama’ (qand bo‘lagi), هملاس sālme shirin choy.
2) ق, کا, قآ (γ, ak, āγ) suffikslari bilan tugagan fors tilidagi turkiy ozlashmalar. Uning fikricha fors tilidagi eng kop turkiy so‘zlar aynan mana shu shakldagi sozlar ekan: Fors tilidagi ko‘plab turkiy sozlar mana shu suffiks bilan yasalgani tasodif emas. Turkiy tildan fors tiliga kirgan mana shu shakldagi sozlarning aksari fel negizi va shu kabi suffikslardan tashkil topgan31. U quyidagi sozlarni misol tariqasida keltiradi. کريد dirak ‘tirgak, قاچاق γāčāγ kontrabanda, قارس sorāγ belgi, ‘nishon, قارطا otrāγ ‘to‘xtash, ‘dam olish, غاري yarāγ qurolyarog, قلق γeleγ xulq-atvor, qiliq’, قشاق γāšoγ qoshiq’.
3) وا va یا (u va i) suffikslari bilan tugagan fors tilidagi turkiy ozlashmalar. Muallif bunga یتاق γāti sozini misol qilib beradi. Shu o‘rinda mazkur soz haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, bu leksema fors tilida yakka holda ishlatilmaydi, odatda komakchi fellar bilan birgalikda qo‘shma fellar yasaydi, masalan: ندش یتاق γāti šodan aralashmoq’, ندرك یتاق γāti kardan aralashtirmoq. Shuningdek, bu soz hozirgi fors tilida یتاپ pāti sozi bilan birgalikda يتاپ یتاق γātiti yoki يتاو یتاق γātivāti shaklida keladi va betartib’ manosini anglatadi.
4) ريا va روا (ir va ur) suffikslari bilan tugagan fors tilidagi turkiy ozlashmalar. Bu turdagi sozlarga رسق γeser qisir,رطاق γāter xachir, روقي yaγur tola, semiz’ kabilar misol tariqasida beriladi.

31 Ko‘rsatilgan asar B. 54.
21
5) رآ va را (–ār va ar) suffikslari bilan tugagan fors tilidagi turkiy

ozlashmalar. Bu turdagi so‘zlarga راپاچ čāpār chopar’, رلاس lār ‘rahbar, راچآ āčār kalit’ kabilar misol tariqasida beriladi.
6) وچ va یچ (–ču va či) suffikslari bilan tugagan fors tilidagi turkiy ozlashmalar. Bu turdagi sozlarga quyidagilar namuna sifatida berilgan. یچیق γeyči qaychi, يچمق γamči ‘qamchi, یچليا ilči elchi, یچقياق γāyeγči ‘qayiqchi, یچقاچاق γāčāγči ‘kontrabandachi, یچﮑیشک kešikči navbatchi.
Avval aytib o‘tganimizdek, D. Rahimlining ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .” asarida 200 dan ortiq fors tilidagi turkiy lugat birliklari o‘rganilgan va tadqiqotning o‘zidan avvalgi va keyingi ushbu mavzu boyicha qilingan ishlardan farqli tomonlari bor.
Birinchidan D. Rahimlining mazkur ilmiy ishida asosan ogzaki fors tilidagi turkiy leksik birliklar yoritilgan va muallif buni kirish qismida takidlab o‘tgan. Agar Yu.A. Rubinchik tahriri ostidagi ikki tomlik Персидско-русский словарь” ikki tillik lug‘atida berilgan turkiy so‘zlarga etibor qaratsak, bir qancha ogzaki tilga oid turkiy so‘zlar borki, ular lugat mualliflari tomonidan разговорные слова” (ogzaki nutqqa oid so‘zlar) deb berilgan. Masalan: يچارق γarāči loli,رسق γeser qisir, قلق γeleγ xulq-atvor, sifat, ندرك هلب هلا elebele kardan maqtanish32.
Ikkinchidan mazkur asarda malum bir fors tili shevalariga oid turkiy leksik birliklarga ham toxtalib otilganki, ularning aksari manbalarda uchramaydi. Masalan, هملاچ čālme ‘cholma(kasallik turi), هپژك kožpe ‘qo‘zi’ sozlari Kozerun va Shiroz lahjalariga, يچخ xeči echki’ sozi Birjand lahjasiga, ورد derou ‘chuqur, ولد delou devona’ so‘zlari Karenqon lahjasiga, زوغلج jelγuz ‘ahmoq’ Behdinon lahjasiga, ورا errou ari’ Luriston lahjasiga, لقت toγli qo‘zi’ sozi Oshtiyon lahjasiga oid sozlar ekanligi qayd etilgan.
Uchinchidan bu asarda berilgan barcha turkiy o‘zlashmalarning kelib chiqishini yoritib berishga harakat qilingan. Ko‘pgina forsiy lug‘atlarda, masalan, A.A Dehxodoning ادخهد همانتغل.Loγatnāmeye Dehxodā”, M. Moinning Farhang-

32 Bu haqida qarang: Персидско-русский словарь. В 2 томах / под ред. Ю.А. Рубинчикa. М.: Издательская Русский язык”, 1983.
22
e rsi” va H. Amidning Farhang-e rsi-ye Amid” izohli lug‘atlarida turkiy

sozlar qatorida berilmagan غارس sorāγ sozi aslida turkiy ekanligi va uni soramoq felidan yasalganligini ta’kidlaydi33.
Mazkur turkiy ozlashmalarga bag‘ishlangan asarni kuzatar ekanmiz, ba’zi bir bahsli joylari ham yo‘q emas. Masalan, u hozirgi fors tilida ‘bog, ‘park’ manosini anglatuvchi غاب bāγ sozi bilan bog‘lam manosidagi غاب bāγ sozi aslida bitta ekanligini, ular boglamoq’ felidan kelib chiqqanligini takidlaydi. Ammo mazkur ikkala غاب omonim sozlar va lugatlarda ham alohida-alohida beriladi. Misol uchun, A.A. Dehxodo lug‘atida bu ikkala soz alohida berilgan, biri turkiy tillardan kirgan غاب boglam manosida, ikkinchisi esa غاب bog‘, guliston’ manosida ekanligini va bu so‘z sog‘d va pahlaviy tillariga borib taqalishi qayd etilgan34. “Этимологический словарь иранскиx языков” da esa ‘bogmanosidagi غاب so‘zini umumoriy tillardagi bhaga so‘ziga borib taqalishini, sog‘dcha moniy va xristian matnlarda esa β’γ [γ] shaklida uchrashi ta’kidlab o‘tilgan35. Aksincha turkiy tillarning o‘ziga bu so‘z fors tilidan o‘zlashganligi turkiy tillarning bazi bir izohli lug‘atlarida qayd etilgan (masalan, Ozbek tilining izohli lugati36 va Türkçe sözlük37). Mazkur dalillarga suyanib shuni aytishimiz mumkinki, bog‘’, ‘park’ manosidagi غاب so‘zi turkiy sozlardan emas.
Eronda ham bu mavzu toliq o‘rganilmagan. Turkiy ozlashmalar haqida koproq leksikografik asarlarda qisman malumotlar berilganiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, M. Moinning Farhang-e fārsi”, A. Dehxodoning ادخهد همانتغل Lug‘atnāme–ye Dehxodā”, Hasan Amidning Farhang-e rsi-ye Amid kabi fors izohli lug‘atlarida fors tilidagi turkiy ozlashmalar ajratib korsatilgan, qisman ularning etimologiyasi haqida malumotlar berilgan, fors va turkiy tillardagi manolari yoritilib berilgan. Bazi eronshunoslar turkiy ozlashmalar mavzusida ilmiy ish olib borishsa, birinchi bo‘lib mana shu manbalarga murojaat qiladilar.

33 .٣١.ص.١٨٣١ ٬رتخا رشن:زيربت.نلاه ىتدحو سونوي مجرتم .ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .یلمیحر هنادرد 34 .٨١٣.ص .١٨١٣٬ نارهت .ادخهد همانتغل .ادخهد ربکا یلع
35 Расторгуева В.C., Эдельман Д.И. Этимологический словарь иранскиx языков.– M.: Издательская фирма Восточная литература” РАН, 2003. T.2. C. 52.
36 Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. T.1. Б. 349350. 37 Türkçe sözlük. Sekızıncı baskı, Ankara, 1998. –S. 433.
23
Masalan, D. Saidovaning Doktor M. Moinning Farhang-e fārsi lug‘atida turkiy sozlar semantikasi” maqolasida38 M. Moinning lug‘atidan foydalanganini guvohi bolamiz. D.Rahimli esa o‘z asarida Farhang-e rsi-ye Amid” lugatiga murojaat qilgan. Fors tili izohli lug‘atlarida turkiy leksik birliklarni berish ancha oldinroq fors lug‘atshunosligiga kirgan. Koplab tarixiy lugatlarda turkiy leksik birliklar haqida malumot berilgan. Ana shunday leksikografik manbalardan biri Muhammad G‘iyosiddinning Giyos-ul-lugat” asari oz davrining mashhur asari bo‘lib, garchi Hindistonda fors tilida yaratilgan bolsa-da, unda arab, fors, hind va yunon sozlari bilan bir qatorda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga tegishli bo‘lgan koplab turkiy so‘zlar ham mavjud (ular 1000 ga yaqin)39.
Eronda turkiy ozlashmalar mavzusi bo‘yicha qilingan ishlardan biri bu Muhammad Sodiq Noyibiyning ىسراپ نابز رد ىكرت ناگژاو Vājegān-e torki dar zabān-e pārsi (Pors tilidagi turkiy ozlashmalar) kitobidir. Bu kitob 2001-yili Tehronda nashrdan chiqqan. Mazkur kitobda 1000 dan ortiq fors tilidagi turkiy leksik birliklar o‘rganilgan. يبئان قداص دمحم سدنهم رثا ىسراپ نابز رد ىكرت ناگژاو باتك هب ىهاگن negāhi be ketāb-e vājegāne torki dar zabon-e pārsi asar-e mohandes Muhammad Sodeq Noyebi (Muhammad Sodiq Noyibiyning Pors tilidagi turkiy o‘zlashmalar” kitobiga bir nazar”) nomli internetda nashr etilgan maqolada40 yozilishicha, mazkur kitob 27 ta ishonchli manbalar asosida yozilgan. Bu manbalarni o‘rganishning oziga bir yil ketgan, kitobning ozi esa besh yil mobaynida yozib bitkazilgan.
M. Noyibiy fors tiliga turkiy ozlashmalar asosan 2 ta kanal orqali kirib kelgan deb takidlaydi:
1) turkiy hukmdorlar orqali;

2) forsiyzabon turkiy xalqlar orqali.

38 Саидова Д. Доктор М. Мўъиннинг Фарҳанг-e форси” луғатида туркий сўзлар семантикаси // Марказий иёда луғатчилик: / aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. Тошкент, 2003. Б. 79.
39 Махамадалиев X. Форс тилига ўзлашган туркий сўзлар оммавий коммуникациянинг бир кўриниши сифатида (тарихий луғатлар асоcида) // Марказий иёда луғатчилик: aнъаналар ва ҳозирги замон илмий мактаблари. Тошкент, 2003. Б. 54.
40 http//atila.persianblog.ir/post/6 (يبئان قداص دمحم سدنهم رثا ىسراپ نابز رد ىكرت ناگژاو باتك هب ىهاگن) 24
M. Noyibiy Ashkoniylar, Gaznaviylar, Xorazmiylar, Saljuqiylar, Temuriylar,

Ilakxoniylar, Oq Qoyunliylar, Qora Qoyunliylar, Safaviylar, Qojorlar va boshqalar Eronning islomdan keyingi tarixining katta davrida (1100 yil deb hisoblaydi) bu diyorda hukmronlik qildilar va o‘zlari bilan davlat boshqaruviga oid sozlarni olib kirdilar deb yozadi. Shuningdek, Erondagi turkiyzabon xalqlarning, ayniqsa ikki tillik shoirlarning orni katta deb hisoblaydi. U Rumiy, Xoqoniy, Shirvoniy, Nizomiy Ganjaviy, Soyib Tabriziy, Fuzuliy, Parvin Eltisomiy va Shahriyorlarni ana shunday shoirlar qatoriga kirgazadi. Mazkur kitob 200 sahifadan iborat bo‘lib, unda mingta fors tilidagi turkiy leksik birlik taqdim etilgan va muallif so‘zlarning etimologiyasi va manolarini yoritishga harakat qilgan.
Mazkur kitobga kiritilgan 1000 ta so‘z يبئان قداص دمحم - يسراپ رد يكرت لیصا هژاو رازه كي yek hezār vaje-ye asil torki dar pārsi–Muhammad Sodiq Noyebiy (Fors tilidagi mingta asil turkiy sozlar-Muhammad Sodiq Noibiy) sarlavhasi ostida elektron maqola sifatida berildi41. M. Noyibiyning mazkur asarida berilgan turkiy ozlashmalarga etibor qaratsak, uning koplab sozlarni turkiy ekanligini isbotlash uchun yasalishiga murojaat qilganini guvohi bo‘lamiz. Masalan: قارطا so‘zini turkiy tildagi “otirmoq” feli negiziga –oq (ak) qo‘shimchasi orqali yasalib, fors tilida to‘xtash, karvonning yolda dam olishi degan manolariga ega deb yozadi.
Shuningdek, ko‘pgina forsiy manbalarda forscha deb qaraladigan ولج - jelou sozini turkiy tillardan kirganligini va bu soz fors tilida ‘oldinga’ va ‘jilov’ degan manolariga ega ekanligini yozadi. Haqiqatdan ham fors tilida keng ishlatiladigan bu soz turkiy tillardan kirgan. Bu ot qadimgi turkiy tilda silji’ manosini anglatgan йыл felining harakatga kel’ manosidan (a)v qo‘shimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ.IV.42), keyinchalik soz boshlanishidagi y undoshi j” undoshiga aylangan (КРС281)42. شروي yureš so‘zi turkiycha yurmoq’ felidan yasalganligini, fors tilida hamla’, hujum kabi manolarni anglatishni, قلایي yeylāγ sozi yey yoz soziga –loq” qoshimchasi qo‘shilishi orqali yasalganini, fors

41 http//urmu.freeoda.com/meqalelar/dil (يبئان قداص دمحم - يسراپ رد يكرت لیصا هژاو رازه كي)
42 Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг этимологик луғати. –Тошкент: Университет, 2000. Б. 102. 25
tilida esa ko‘proq yaylov’ va dala hovli’ manosiga ega ekanligini qayd etib

otadi.


M. Noyibiyning fors tilidagi turkiy ozlashmalarga bag‘ishlangan bu asarida boshqa nashrlardan farqli katta miqdorda turkiy leksik birliklar berilgan. Ammo bu kitob Eronning o‘zida juda qattiq tanqidga uchragan. Avvalo mingta so‘zning yuzga yaqini fors tilda mavjud bolmagan sozlarki, ularni biz biror bir manbalarda uchratmaymiz, masalan; كچمورا orumčak, قرغآ āγreγ, غانيا ināγ, يچناملاآ ālāmānči,رومغي yaγmur, ىرنات tānri va boshqa sozlar.
Bundan tashqari berilgan mingta ozlashmalar orasida forsiy so‘zlar ham borki, muallif ularni turkiy tillardan kirgan deb hisoblaydi. Masalan: شتآ ātaš olov’, نمشد došman ‘dushman’, ربارب barābar ‘barobar, بوخ xub yaxshi, هاش šāh shoh’, تشهبيدرا ordibehešt ‘O‘rdibehesht (oy nomi), ندیشوج jušidan qaynamoq, نتخادرپ pardāxtan ‘tolamoq’. U نامسآ āsmān osmon’ sozini turkiy tillardagi osmoq feli negizi os” ga mon qo‘shimchasini qoshish orqali yasalgan deb yozadi43. Ammo, Этимологический словарь иранскиx языков” da bu soz qadimgi fors tilidagi asman, o‘rta fors tilidagi asmān {smn, ’’sm’n} so‘zlariga borib taqalishini, so‘g‘dcha moniy, xristiyan va buddaviylik matnlarda esa ‘osmon manosidagi sm’n {smān} so‘zi uchrashi qayd etilgan44. Shuningdek, شتآ ātaš olov’ sozini turkiy tillardagi otmoq fe’lidan yasalgan deb takidlaydi45, ammo bu so‘z ham eroniy sozlar fondiga oid bo‘lib, orta fors tilidagi ātaxš so‘ziga borib taqaladi46.
Bundan tashqari bazi bir arab tilidan kirgan يلیل layli tungi, ركاش šoker minnatdor, وضع ozv azo‘ kabi sozlarni ham aslida turkiy bo‘lgan deb hisoblaydi. Mazkur keltirilgan omillar hisobiga sozlarning miqdori mingtaga yetgan.

43 http//urmu.freeoda.com/meqalelar/dil (يبئان قداص دمحم - يسراپ رد يكرت لیصا هژاو رازه كي)
44 Расторгуева В.C., Эдельман Д.И. Этимологический словарь иранскиx языков. T.1, M.: Восточная литература, 2003. C. 239.
45 http//urmu.freeoda.com/meqalelar/dil (يبئان قداص دمحم - يسراپ رد يكرت لیصا هژاو رازه كي)
46 Расторгуева В.C., Эдельман Д.И. Этимологический словарь иранскиx языков.– M.: Издательская фирма Восточная литература” РАН, 2003. T.1. C. 323.
26

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə