Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə1/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SH. AVAZOV
EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH:
ORGANIZM VA MUHIT
Biologiya o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma

Toshkent – 2022
UOʻK:
KBK
A


Avazov SH. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm
va muhit. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDPU, 2022. - 237 b.

O‘quv qo‘llanma zamonaviy ekologiyaning asosiy bo‘limlaridan biri – “Organizm va muhit” mavzusiga bag‘ishlangan. Unda organizm va yashash muhitining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi, shuningdek tirik organizmlarning bir-biri va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari bilan o‘zaro aloqadorligi ochib berilgan. Qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar, shuningdek mustaqil ishlar tavsiya etilgan. Qo‘llanma oxirida ekologik tushuncha va terminlar lug‘ati keltiril-gan.


Ushbu qo‘llanma “Biologiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Undan ekologiya kursi o‘rganiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari talabalari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining biologiya va ekologiya o‘qituvchilari, shuningdek ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasi xodimlari ham foydalanishlari mumkin.


Taqrizchilar:


Q.A. Saparov - biologiya fanlari doktori, professor
A.K. Raximov - pedagogika fanlari doktori, professor

ISBN
© SH.Avazov, 2022 y.





KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, tabiatdan foydalanish va atrof-muhit muhofazasi sohasida izchil chora-tadbirlar majmui amalga oshirilmoqda. Xususan, er, er osti boyliklari, atmosfera havosi, suv, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, ulardan to‘g‘ri foydalanish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va ayrim tabiiy ob’ektlarni himoya qilish, atrof-muhitdagi eng maqbul ekologik holatlar buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, noqulay ekologik vaziyatlarni sog‘lomlashtirish, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, davlat kadastrini yuritish va mutaxassislar tayyorlash, ekologik ilm-ma’rifat va madaniyatni shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bu vazifalar mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan boshqa vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.


XXI asr ibtidosida ekologiya, tabiatdan foydalanish, atrof-muhit muhofazasi va barqaror taraqqiyot muammolarining echimi ekologik ilm-ma’rifatga bevosita bog‘liq bo‘lib qoldi. Ekologik ma’rifatli bo‘lish odamning tabiiy-ijtimoiy muhitda (hayotda) o‘z o‘rni, maqsadi va burchini ekologik anglashidan boshlanadi va uning atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatida namoyon bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma ekologik ilm-ma’rifat manbalaridan biri sifatida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ekologik ongi, tafakkuri va madaniyatini rivojlantirishga, ularni bo‘lg‘usi ekopedagogik faoliyatga tayyorlashga xizmat qiladi.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə