Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Организмнинг яхлит тирик тизим сифатида ривожланиши



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə7/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Организмнинг яхлит тирик тизим сифатида ривожланиши
Organizm – jonsiz materiyadan farq-lanib turuvchi xususiyatlar majmuiga ega bo‘lgan tirik tana; yopiq tuzilmali, o‘zini o‘zi boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi, modda va energiya almashi­­nuvi ochiq, bo‘ysunishi bo‘yicha tartiblashgan biologik tizim; har qanday tirik mavjudot; barcha ekologik tizim-larning zaruriy tarkibiy qismi. Barcha tirik organizm­larga ha­rakat qilish, ta’sirlanish, o‘sish va rivojla­nish, ko‘­payish, nasl qoldirish hamda yashash muhitiga moslashish – adaptatsiya xosdir.
Organizm abiotik muhit bilan o‘zaro aloqada bio­­­logik tuzilma-larning quyi darajalari, ya’ni gen, hujayra, to‘qima, organ va organ-lar tizimini o‘z ichiga olgan yaxlit tirik tizim sifatida namoyon bo‘ladi (1.3-rasm).
Barcha tirik organizmlarga moddalar almashinuvi yoki birtalay kimyoviy reaksiyalar bilan kechadigan metabolizm jarayoni xosdir. Organizm metabolizm tufayli modda va energiya bilan ta’min­lanadi. Bun­day reaksiyalarga fotosintez yoki nafas olish jarayoni misol bo‘ladi. Ma’lumki, fotosintez jarayonida quyosh energiyasidan tashqa-ri karbonat angidrid (CO2) va suv (N2O) ishtirok etadi:

6СО2 + 6Н2О --- - - - - С6Н12О6 + 6О2
яшил ўсимлик
С6Н12О6 – энергияга бой бўлган глюкоза молекуласи (органик бирикма, моносахарид).

Қуёш энергияси





6SO2 + 6N2O xlorofil S6N12S6 +6O2 674 kkal energiya


Xemosintez jarayoni bakteriyalarning avtotrof oziqlanish usuli bo‘lib, bunda anorganik birikmalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan kimyoviy energiya hisobiga karbonat angidriddan (CO2) organik moddalar hosil bo‘ladi. Boshqacha aytganda, xemosintez – bakteriyalarning noorganik birikmalarning oksidlanishi hisobiga karbonat angidridni o‘zlashtirishiga asoslangan oziqlanish turi.
Organizmdagi moddalar almashinuvi katalizator (reaksiyani tez-lashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi modda) vazifasini bajaruvchi alo-
hida oqsilli moddalar – fermentlar ishtirokida amalga oshadi.
Organizmda kechadigan har bir biokimyoviy reaksiya ayrim ferment nazoratida, fermentlar esa ayrim genlar nazoratida bo‘ladi. Genning o‘zgarishi, ya’ni mutatsiyasi fermentlar o‘zgarishi oqibatida biokimyo-viy reaksiyalar o‘zgarishiga olib keladi.
Metabolizm jarayoniga kofermentlar deb ataluv-chi yirik molekulalarning bir qismi bo‘lgan vitamin-lar (darmondorilar) – bar-cha organizmlarda moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan moddalar yordam be-radi. Vitaminlar etish-mas­ligi turli kasallik-larga, ya’ni moddalar alma-shinuvi buzilishiga olib keladi.
Metabolizm jarayoniga organizmda hosil bo‘ladi-gan gormonlar deb ataluvchi o‘ziga xos kimyoviy modda-lar ham zarur bo‘ladi. Ular metabolizmning kimyoviy muvofiqlashuvini amalga oshirib, organizmga, masa-lan, odamning asab tizimiga ko‘maklashadi.
Organizmda ifloslantiruvchi moddalar va nurlanishlar ta’sirida gen-hujayra tizimlari buzilishi yoki fermentlarning ta’siri chekla­nishi mumkin. Bu esa kasallanish, ba’zan o‘li­mga olib keladi.
Organizmlar hayoti turlicha jadallik bilan kechadi. Organizmning tug‘ilishidan to umrining oxirigacha birin-ketin sodir bo‘ladigan va morfologik, fiziologik, biokimyoviy o‘zgarishlar bilan kechadigan individual rivojlanishi ontogenez deb ataladi.
Har bir organizm ontogenetik rivojlanishning bir necha bosqich-larini bosib o‘tadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payadigan organizm­larda pusht (murtaklik), pushtdan (murtakdan) keyingi va voyaga etish bos-qichlari farqlanadi. Hayvonlarda rivojlanish davrlari turli shakl-larda namoyon bo‘ladi, masalan, lichinkasiz (jo‘ja – tovuq) va lichinkali (itbaliq – qurbaqa) rivojlanish.
O‘simliklar ontogenezida o‘sish (murtaklik, kurtaklik), rivojla-nish (etuklik, ko‘payish) va qarish (nobud bo‘lish) bosqichi farqlanadi.
Atrof-muhitning ifloslanishi tufayli ontogenez jarayoni buzi-lishi va turli kasalliklar (mayib-majruhlik) vujudga kelishi yoki organizm halok bo‘lishi mumkin.
Organizmlar ontogenezi ularning evolyusiya davomida tarixiy rivojlanishi – filogenez tufayli ro‘y beradi. Filogenez asosida biogenetik qonun shakllangan: har bir organizmning ontogenezi maz­kur tur filogenezining qisqa va lo‘nda takrorlanishidir.




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə