Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Организм тизимлари ва Ер биотаси



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə8/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Организм тизимлари ва Ер биотаси

Ma’lumki, organik olam (tirik tabiat) azaldan hayvonlar faol harakat qilishga qodir bo‘lgan geterotrof organizmlar (jonivorlar) guruhi va o‘simliklar faol harakat qila olmaydigan avtotrof organizmlar (yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirqbo‘g‘inlar, plaunlar, ochiq urug‘lilar va gulli o‘simliklar) guruhiga bo‘linadi.


Amerikalik biologlar tomonidan Erda bir trillion atrofida xilma-xil turlarga mansub tirik organizmlar yashashi aniqlangan. Er sayyorasida tirik organizmlarning 8,7 mln turi mavjud bo‘lib, shun-dan 6,6 mln turi quruqlikda, 2,1 mln turi okeanlarda yashaydi. Hozir-gi kunga qadar tirik organizmlarning 1,3 mln turi tavsiflangan va ro‘yxatga olingan. Xususan, 2012 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra:

  • hayvonlarning 7,77 mln turi mavjud bo‘lib, shundan 953434 turi ro‘yxatga olingan va tavsiflangan;

  • o‘simliklarning 298000 turi mavjud bo‘lib, shundan 215644 turi ro‘yxatga olingan va tavsiflangan;

  • zamburug‘larning 611000 turi mavjud bo‘lib, shundan 43275 turi ro‘yxatga olingan va tavsiflangan;

  • bir hujayrali hayvonlarning 36400 turi mavjud bo‘lib, shundan 8118 turi ro‘yxatga olingan va tavsiflangan.

Organizmlar tasnifi bo‘yicha Er biotasining umumiy tavsifi or-ganizmlarning yirik majmulari, ya’ni quyidagi guruhlari orqali ochib beriladi:
I. Organizmlarning hujayrasiz shakllari, ya’ni viruslar od-diy mikroskopda ko‘rinmaydigan eng kichik (o‘lchami 10-300 nm) hujay-rasiz organizmlar (DNK yoki RNK shaklidagi genetik material) bo‘lib, ular tirik organizmlar (bakteriya, o‘simlik, hayvon va odam) hujayra-sining genetik (irsiy) apparatida parazitlik qiladi.
Viruslar genomida faqat bir turdagi nuklein kislotasi bo‘ladi. Olimlar chechak, quturish, o‘sma, ateroskleroz, diabet, poliomielit (ruhiy-asab) va boshqa yuqumli kasalliklarning kelib chiqishini vi-ruslar bilan bog‘lashadi. SHuningdek, bakteriyalar hujayralarini tanlab parchalovchi (yo‘q qiluvchi) viruslarga bakteriofaglar yoki faglar deyiladi (1.4-rasm).






Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə