Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə11/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • biota
O‘simliklar – ko‘p hujayrali, yashil plastidali (xlorofilli), or-ganik modda (kraxmal) hosil qiluvchi yo‘sinlar, qirqquloqlar, qirq-bo‘g‘imlar, plaunlar, ochiq urug‘lilar va gulli o‘simliklarni o‘z ichiga olgan orga­nizmlar guruhi. Ular tomonidan hayvonot dunyosi uchun ozu-qa mah­sulotlari yaratiladi. O‘simliklar landshaftlarning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular ichida gulli o‘simliklar (280 ming tur) ustunlik qiladi.
O‘simliklar jinssiz (vegetativ) va jinsiy (oogamiya) ko‘payadi. Qu-ruq­likda yashovchi o‘simliklar oziq moddalarni tup­roqdan oladi, fo-tosintez tufayli organik moddalar hosil qiladi va kislorod ishlab chiquvchi asosiy manba hisoblanadi.
O‘simliklar geterotrof organizmlar, shu jumladan, odamning mu-rakkab oziqlanish zanjiridagi asosiy, hal qiluvchi bo‘g‘in hisoblana-di va ularning bevosita ishtirokida tuproqlar hosil bo‘ladi.
O‘simliklar olamini botanika fani o‘rganadi (1.11-rasm).





Hayvonlar – bir va ko‘p hujayrali, harakatsiz, kam harakat yoki ha-rakatchan, shakli va o‘lchamiga ko‘ra har xil geterotrof va konsument organizmlar guruhi. Ular orasida turlar soni bo‘yicha bo‘g‘imoyoqlilar (1,3 mln tur), mollyuskalar (118 ming tur) va umurtqali hayvonlar (42 ming tur) ustunlik qiladi.
Hayvonot olamini zoologiya fani o‘rganadi (1.12-rasm).



Er sayyorasida muayyan hududni egallagan, tarixan tarkib topgan va rivojlanib kelayotgan barcha o‘simlik turlarining majmui flora deb, mu­ayyan hududda yashayotgan (yoki yashagan) barcha hayvon turlarining evolyusiya jarayonida tarixan shakllangan majmui fauna deb ata­ladi. Flora «hayvonot dunyosi», fauna «o‘simlik dunyosi» yoki «o‘simliklar qoplami» terminlari bilan bir xil ma’noni anglatadi.


Biror katta hududda yashovchi, tarqalishi qandaydir to‘siqlar bilan chegaralangan va tarixan shakllangan tirik organizmlar majmui yoki muayyan hududda tarixan shakllangan flora va fauna majmui biota deyiladi. Er biotasi sayyoramizda yashovchi barcha tirik organizmlar majmuini o‘z ichiga qamrab oladi. Biota odamzod yashashi mumkin bo‘l-gan tabiiy muhitning o‘z-o‘zidan boshqarilishini ta’minlovchi yagona tizim (omil) hisoblanadi.
O‘zbekiston biotasining asosini xilma-xil turlarga mansub tirik organizmlar guruhlari tashkil etadi. Masalan, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlar, xususan, umurtqali hayvonlarning 702 turi, umurtqasiz hayvonlarning 14900 ga yaqin turi farqlanadi. Jumladan, eng sodda hayvonlarning 850 turi, yassi chuvalchanglarning 533 turi, yumaloq chu-valchanglarning 1179 turi, xalqali chuvalchanglarning 61 turi, mol-lyuskalarning 223 turi, reptiliyalarning 60 turi, suvda va quruqlik-da yashovchilarning 3 turi, hashoratlarning 11000 turi, baliqlarning 84 turi, qushlarning 448 turi hamda sutemizuvchilarning 107 turi yashaydi.
O‘zbekistonda yovvoyi o‘simliklarning 4500 ga yaqin turi, xususan, yo‘sinlarning 150 ga yaqin turi, qirqbo‘g‘imlarning 2 turi, qirqquloq-larning 19 turi, ochiq urug‘lilarning 18 turi, yopiq urug‘lilarning 4320 turi mavjud. SHuningdek, suvo‘tlarning 2548 turi, zamburug‘lar-ning 2102 turi, lishayniklarning 500 ga yaqin turi, bakteriyalarning 2000 dan ortiq turi, sianobakteriyalarning 822 turi va viruslarning 300 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, ular respublika hududida o‘z areali, ya’ni tarqalgan hududi yoki akvatoriyasiga ega.
Hozirgi vaqtda Er biotasining jami energetik quvvati Quyoshdan keladigan energiyaning taxminan 1/1000 qismini tashkil qiladi. Bun-day kichik qism quyosh energiyasining qolgan miqdori hisobiga shakl-langan Er sayyorasi iqlimini tartibga soladi. Bu nisbatda biota ulu-shining ortishi iqlim muvozanatining buzilishiga olib kelishi mum-kin. SHu sababli 1/1000 nisbati energetik cheklov, ya’ni odamning xo‘jalik faoliyatini yanada oshirish uchun tabiiy to‘siq bo‘lishi kerak.
Er – biota va atrof-muhitning o‘zaro birligida vujudga kelgan, atmosferasining kimyoviy tarkibi, shu orqali iqlimning hayot uchun qulay bo‘lgan doimiyligini saqlab turadigan o‘zini-o‘zi tartibga so-luvchi (boshqaruvchi) tizim. Biota va atrof-muhitning barqarorligi avtotrof o‘simliklar bilan o‘txo‘r geterotrof organizmlar o‘rtasi-dagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq. CHunki har qanday o‘lchamdagi yirt-qich hayvonlar biotik uyushmalarda shakllangan ekologik muvozanatni o‘zgartirishga qodir emas: yirtqich hayvonlar tabiiy sharoitda o‘z o‘ljasining doimiy (o‘zgarmas) soni bilan o‘zining sonini ko‘paytira olmaydi.
Er biotasining barqarorligini saqlab qolish va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik mahalliy, mintaqaviy va global miqyosdagi eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. O‘rmonlarning yo‘q qilinishi, tabiiy o‘simliklar qoplamining qishloq xo‘jaligi va boshqa erlarga aylanti-rilishi biota nobud bo‘lishiga eng yorqin misoldir. Xususan, o‘rmon-larni yo‘q qilish ko‘lami juda katta: oxirgi 10 ming yil ichida Er yuzidagi o‘rmonlarning deyarli 50 foizi yo‘q bo‘lib ketgan; hozirgi kunda sayyoramizda bir daqiqa ichida 50 ga o‘rmon kesilmoqda. Inso-niyat uchun eng katta xavflardan biri – 40-50 yildan keyin yuz berishi mumkin bo‘lgan Amazonka o‘rmonlarining yo‘q bo‘lishidir.



Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə