Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


II. Organizmlarning hujayrali shakllari



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə9/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

II. Organizmlarning hujayrali shakllari ikki asosiy guruhga: yadrosiz (prokariot) va yadroli (eukariot) organizmlarga bo‘linadi (1.5-rasm).
1. Prokariotlar bir hujayrali yadrosiz juda mayda organizm-lar guruhi bo‘lib, taxminan 3,9-3,5 mlrd yil oldin paydo bo‘lgan eng qadimgi jonzot­lardir. Bakteriyalar, arxeylar va ayrim suvo‘tlari prokariotlar hisoblanadi.


Prokariotlar ichida bakteriyalar (diametri – 1,0-8,0 mkm) eng ko‘p va keng tarqalgan (1.6-rasm). Ularning 10 mingdan ortiq turi aniq-langan, ammo 1 mln ga yaqin turi borligi taxmin qilinmoqda.


Bakte­riyalarning ayrimlari avtotrof mavjudot (masalan, ko‘kim-tir bakteriya) bo‘lib, oltingugurt asosidagi xemosintez hisobiga or-ganik moddalar hosil qiladi. Bakteriyalarning aksariyati getero-trof organizmlar (sa­p­rotroflar, redutsentlar) bo‘lib, parazit shakl-lari o‘simliklar, hay­vonlar va odamlarda turli kasalliklarni kelti-rib chiqaradi.
Odam ichaklarida bakteriyalarning 200 - 1000 turi yashashi tabiiy
(me’yoriy) holat bo‘lib, ularning umumiy massasi 2,5 kg gacha bo‘lishi mumkin.
Bakteriyalar asosan tuproqlarda keng tarqalgan: 1 gr tuproqda 100 milliondan 2 milliardgacha uchrashi mumkin. Ular tuproqda chiritish va azot to‘plash kabi vazifalarni bajaradi. Bak­teriyalarning aerob va anaerob shaklda hayot kechiradigan turlari mavjud. Bakteriyalar tup-roqlar eroziyasi tufayli suv havzalariga tushadi. Suv havzalari qir-g‘og‘idagi 1 ml suvda 300 ming, markazida esa 200 ming bakteriya bo‘li-shi mumkin. Bakteriyalar at­mos­fera havosida nisbatan kam, tuproq osti qatlami – litosfe­rada birmuncha keng tarqalgan. Er po‘stida 1 km chuqurlikda ham bakteriyalar uchrashi mumkin.
Arxeylar – yadrosi va birorta membranali organellari bo‘lmagan bir hujayrali (diametri – 0,1-15 mkm) mikroorganizmlar guruhi. Aksariyat arxeylar xemoavtotrof organizm hisoblanadi. Arxeylar og‘ir sharoitlarda – issiq buloqlar, tuzli ko‘llar hamda tuproqlar, botqoqliklar va hatto odamning yo‘g‘on ichagida ham yashaydi. Arxeylar Erdagi hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida tan olingan. Ular tabiatda uglerod va azotning aylanishida muhim o‘rin tutadi. Arxey-larning birortasi tekinxo‘r (parazit) emas yoki kasallik qo‘zg‘atmaydi, ammo boshqa turlar bilan mutuallik va kommensallik munosabatida bo‘ladi (1.7-rasm).

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə