Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə5/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Biogeotsenoz – muayyan hududda o‘ziga xos modda va energiya almashi­nuvi asosida bir-biri bilan o‘zaro bog‘­langan abiotik va biotik tar­kibiy qismlar majmui. Biogeotsenoz biosferaning birlamchi bio-xorologik (biologik uyushmalarning makoniy tuzilmali) birligi.
Biogeotsenoz tushunchasi ekotizim tushunchasiga yaqin, ammo ekoti-zim aniq (qat’iy) bioxorologik (makoniy tuzilmali) asosga ega emas. Biologiyadagi biogeotsenologiya deb ataluvchi ilmiy yo‘nalish biogeo-senozlarni, ya’ni organizmlarning bir-biri va ularni o‘rab turgan abiotik muhit bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
SHu sababli “biogeotsenoz” tushunchasi “ekologik tizim” tushuncha-siga ma’nodosh bo‘lib, uning tuzilmasi 1.2-rasmda ko‘rsatilgan.








1.2-rasm. Biogeotsenoz tuzilmasi




Eko­logik tizim – tirik organizmlar, organizmlarning uyushma-lari va yashash muhitini, ular o‘rtasida modda va energiya almashinu-vini ta’minlovchi o‘zaro aloqalar majmuini o‘z ichiga qamrab olgan biologik tizim. Boshqacha aytganda, ekotizim - tirik organizmlar uyushmalari va ularning yashash muhitini o‘z ichiga qamrab olgan o‘zga-ruvchan muvozanatli tizim yoki muayyan joydagi organizmlar va orga-nizmlar uyushmalarining atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bir-galikda faoliyat ko‘rsatishi. SHu nuqtai nazardan kichik (chirigan da-raxt tanasi, lishaynik), o‘rtacha (hovuz, ko‘l, cho‘l), katta (okean, mate-rik) va global (Er biosferasi) ekotizimlar farqlanadi.
Populyasiya, biotsenoz, biogeotsenoz va ekologik tizimlardagi barcha organizmlar avtorof va geterotrof organizmlar deb ataluvchi ikki-ta katta guruh bo‘linadi.
Avtotrof organizmlar Quyosh energiyasi (fototroflar yoki gelio-troflar) yoki ammiak, vodorod sulfid va boshqa moddalarning oksid-lanishi natijasida hosil bo‘ladigan energiya (xemotroflar yoki xemo-litotroflar) hisobiga karbonat angidrid, suv, azot va oltingugurtli anorganik birikmalardan organik moddalar ishlab chiqaruvchi tirik organizmlar. Avtotroflarga yashil o‘simliklar, ko‘k-yashil suvo‘tlar va ayrim bakteriyalar kiradi. Ular ozuqa zanjirlarida (halqalarida) produtsent vazifasini o‘taydi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə