Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə4/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Populyasiya – uzoq muddat mobaynida aniq bir hududni egallab, o‘zaro erkin chatishadigan va nasl qoldiradigan bir turga mansub in-dividlar majmui. Har qanday biologik tur o‘zaro qarindosh bo‘lgan bitta yoki bir nechta populyasiyadan tashkil topadi.
Populyasiyada individlarning alohida guruhi – ekotiplar farqla-nadi. Ekotip – o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar yoki mikroorga-nizmlarning u yoki bu turiga mansub bo‘lgan, hududiy keng tarqalgan, mahalliy sharoitga juda yaxshi moslashgan va ekologik shartlangan irsiy belgilarga ega populyasiyalari (individlar majmui).
Ekotip «ekologik irq» terminiga juda yaqin tushuncha. Ekologik irq – bir xil geografik hududda, biroq turli xil ekologik sharoitda yashovchi bir xil turga mansub, lekin o‘ziga xos irsiy va morfologik tafovutlarga ega bo‘lgan populyasiyalar. Morfologik jihatdan har xil populyasiyaning paydo bo‘lishi (kenja tur) mikroevolyusiya natijasi hisoblanadi va u yangi tur hosil bo‘lishiga olib keladi.
Biotsenoz mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hay-vonlarning aniq bir tarkibiga, bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlariga ega bo‘lgan majmui. Boshqacha aytganda, biotsenoz – mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonlarning nisba-tan bir xil (jinsli) hayotiy makonda (quruqlik yoki akvatoriyaning ma’lum bir qismida) yashaydigan, bir-biri va atrof-muhit bilan bog‘liq holda tarixan shakllangan majmui.
Odatda, biotsenoz bitta biotop va biogeotsenozga tegishli bo‘ladi. Muayyan biotsenoz egallagan hududdagi shart-sharoitlar (tog‘ jinsla-ri, tuproq, rel’ef, suv, havo) majmui biotop deyiladi. Boshqacha aytganda, biotop – hududning muayyan biotsenoz (o‘simlik va hayvon-larning turlari) shakllanishi uchun yashash sharoitlariga ko‘ra bir xil (jinsli) qismi yoki bir xil yashash sharoitiga ega bo‘lgan joyi. Biotop-da o‘simliklar, zamburug‘lar, hayvonlar va mikroorganizmlar hayot kechiradi. Biotop organizmlarning tur tarkibini, ularning yashash xu­susiyatini belgilab beradi. Biotopning tarkibiy qismlari o‘ziga xos biologik tizimlar hosil qiladiki, bu tizimlar bir-biriga faol ko‘maklashadi.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə