Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə2/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

1-bob. Organizm yaxlit tirik tizim SIFATIDA

Биологик ташкилий-тузилмавий даражалар ва экология
Hayot – materiya mavjudligining oliy shakli. Hayot yoki tirik materiya, ya’ni biologik tizimlar quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy darajalar bilan farqlanadi: molekula (gen), hujayra, organ (a’zo-to‘qima), organizm, populyasiya-tur, uyushma (biotsenoz, biogeotsenoz, ekotizim), biosfera. Hayot yoki biologik tizimlarning mazkur tashkiliy-tuzilmaviy darajalari orasida organizm darajasi markaziy o‘rinni egallaydi. Ekologiya organizm darajasidan yuqori bo‘lgan biologik tizimlarni o‘rganadi.
Ekologiyaning negi­zida tabiiy tanlanish omiliga asoslangan orga­nik olam evolyusiyasi haqidagi ta’limot yotadi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin: yashash uchun kurash natijasida tabiiy sharoitga (muhitga) eng yaxshi mos­lashgan organizmlar yashab qoladi, irsiy rivojlanadi va nasl qol­diradi. Hayotning paydo bo‘lishi va evolyusiya ta’limoti haqidagi materialistik tasavvurlar faqat ekologiya fani vositasida izohlanishi mumkin. SHu sababli CH. Darvin evolyusiya ta’limotini yaratganidan keyin E. Gekkelning «ekologiya» termini paydo bo‘ldi.
Organizmlar evolyusiyasi va ularning hayotida muhit, ya’ni tabiiy omillarning tutgan o‘rni hech qanday shubha tug‘dirmaydi. Bu muhit abiotik (jonsiz) muhit deb, uning ayrim qismlari (suv, havo va sh.k.) va omillari (yorug‘lik, harorat va sh.k.) esa abiotik tarkibiy qismlar deb ataladi. Biotik (jonli) tarkibiy qismlar tirik moddalar, ya’ni oddiy kimyoviy tarkibi, vazni va energiyasi bilan miqdoriy ifoda-langan, ayni paytda mavjud barcha tirik organizmlar majmuidan iborat bo‘ladi. Tirik moddalar abiotik tarkibiy qismlar bilan o‘zaro ta’sirlashib, muhit va biotik tarkibiy qismlardan iborat biologik tizimlarning turli tashkiliy tuzilmalarini hosil qiladi.
Demak, bio­logik tizimlarning ko‘lami va tamoyillari bo‘yicha bir-biridan farqlanuvchi turli xil tashkiliy-tuzilmaviy darajalari mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi 1.1-rasmda tasvirlangan. Biologik tizimlarning har bir tashkiliy-tuzilmaviy darajasi o‘ziga xos murakkab ob’ekt bo‘lib, ularni turli biologik fanlar o‘z predme-ti doirasida o‘rganadi. Ekologiya fani esa biologik tizimlarning organizm, populyasiya va ekotizim (biogeotsenoz) darajalarini tadqiq etadi (1.1-rasm).




Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə