Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə1/4
tarix30.05.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#114143
  1   2   3   4
Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari

Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari


BAJARDI:PP-2.2 talabasi Kamolova Charos

BIOTSENOZLARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  • Biogeotsenoz (“bios” – hayot, “geo” – Yer, “tsenoz” – umumiy yoki jamoa) tushunchasini rus botanik olimi, akad. V.N.Sukachev taklif etgan.
  • Moddalar aylanishiga ega bo’lgan har qanday tirik organizmlar yig’indisi va abiotik muhit ekotizim deyiladi.
  • A.Tensli ushbu ta’rifda anorganik va organik omillarning o’zaro teng komponentlar ekanligini va hech qachon tirik organizmlarni yashab turgan tashqi muhitdan ajratib bo’lmasligini ta’kidlaydi.
  • V.N.Sukachev biogeotsenozga Yer yuzasining ma’lum qismidagi bir xil tabiiy elementlar (komponentlar)ning yig’indisi deb qaraydi.
  • Hozirgi vaqtda biogeotsenoz deganda evolyutsion jarayonda shakllanadigan fazoviy chegaraga ega bo’lgan funktsional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit o’zaro bir-birlari bilan munosabatdagi ma’lum energetik holati hamda moddalar almashinuvi, axborot tezligi bilan tavsiflanuvchi tabiiy tizim tushuniladi.
  • Biogeotsenozning asosiy komponentlari atmosfera, tog’ jinslari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Biogeotsenozlar har xil o’lchamda, ya’ni kichik va katta maydonda bo’lishi mumkin.

Ekotizim va uning tarkibi

  • Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig’indisiga ekologik tizim deyiladi.
  • O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi.
  • Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi.
  • Biotsenoz-biogeotsenozning bir qismidir. Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan kiritilgan.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə