Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari


Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə3/4
tarix30.05.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#114143
1   2   3   4
Biotsenoz, biogeotsenoz va ekotizimlarning tuzilmalari va xususiyatlari

Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi uchun energiya talab etiladi.
Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va Quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.
Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi.
O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalsiy, marganets kabi elementlarning bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar avtotroflar deb ataladi.
  • O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi getertroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi.
  • Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo’lgan darajagacha ‘archalaydi. SHunday qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
  • Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi.
  • Bunda boradigan hammma o’zgarishlar energiyani yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi.

Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar top’lanadi va sarf bo’lib turadi. Demak, har bir ekotizim ma’lum darajada mahsuldorlikka ega.
Ekotizimning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar tomonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf bo’ladi.
  • Ekotizimda to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan tashqari) jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi. Haqiqiy birlamchi mahsuldorlikni hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar uchun o’zlashtirilishi mumkin. Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil qilgan mahsuldorlik ikkilamchi hisoblanadi.

EKOTIZIMDA MAHSULDORLIK

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə