1. Organik maktabi Sharqqa intilish «Dengiz hukmronligi»



Yüklə 34,17 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü34,17 Kb.
#144796
  1   2

Germaniya va Buyuk Britaniya geosiyosati

Reja:



1. Organik maktabi
2. Sharqqa intilish
3. «Dengiz hukmronligi»
4. Talasso kratiya va tellurokratiya
5. Hartland va Possibilizm nazariyalari


Siyosiy tashkilotlar (davlatlar) borasida bildirilgan fikrlar tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi (Gerodot, Fukidid, Strabon, Polibiy). Yangi davr geografik (kontinental, orol yoki qirg’oq bo’yida davlatlarning joylashishi, ularning hududi, qirg’oqbo’yi chegaralarining uzunligi, davlatda kommunikasiya imkoniyatlari, landshaft va iqlimi) va demografik omillarning xalqlar ijtimoiy — siyosiy hayotiga nechog'li ta'sir ko'rsatishining daliliy misollarini ko'rsatdi (G.Gerder, E.Reklyu, va b). Shunday tadkikotlar samarasi ularok, XIX asr II - yarmi - XX asr boshlariga kelib keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy fanlar qa'ridan geosiyosat alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Aytish joyizki, klassik geosiyosat deganimizda ana shu davrdan boshlab ijod qilgan va geosiyosatning tarixiy rivojlanishi u yoki bu darajada ta'sir etgan tadkikotchilar karashlari nazarda tutilmoqda. Jumladan, nemis olimi F.Ratsel (1844-1904), shved davlatshunosi R.Chellen (1864-1922), amerikalik admiral A.Mexen (1840-1914), ingliz geograf nazariyotchisi X.Makkinder (1861-1947), nemis olimi K.Xausxofer (1869-1946), amerikalik (asli golondiyalik) N.Spikmen (1893-1943) va rus iktisodchi olimi P.N.Saviskiy (1895 - 1968)lar eng mashhur klassik geosiyosatshunoslar hisoblanishadi.
Ular bugungi geosiyosatda ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'ziga xos munozaralarga sabab bo'layotgan kuyidagi konsepsiyalar va nazariy kategoriyalarni o'z vaqtida o'rtaga tashlaganlar:
- quruqlik va dengiz «hukmdor»lari o'rtasida doimiy qarama-qarshilik bulishi g'oyasi;
- «Buyuk quruqlik» nazariyasi (Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalarining birgalikdagi maydoni nazarda tutilmokda);
- insoniyat tarixiga daxldor makonlarga ega bo'lgan markaz - Hartland muammosi;
- jahon siyosatida strategik ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalish;
- yetakchi xorijiy davlatlarning geosiesii ittifoqchiligini nazariy asoslash;
- davlatlarning strategik xom ashyo resurslariga egaligi, uning davlat, mintaqa va global geosiyosiy munosabatlardagi o'rni.
1882 yil esa Shtutggart shaxrida o'zining asosiy g'oyalari — xalqlar va demografik evolyusiyaning geografik omillar bilan bog'liqligi, mahalliy relefning xalqlar madaniy va siyosiy yuksalishiga ta'sir etishi va shu kabi boshqa muloxazalarini o'z ichiga olgan (dastlabki fundamental tadkikotlari majmuasi bulmish) «Antropogeografiya» asarini nashrdan chiqaradi.
Mashxur asarlari: «Davlatlarning makoniy usish qonunlari» (1896); «Siyosiy geografiya» (1896); «Dengiz xalqlar qudratining omili sifatida» (1900).
Fridrix Ratselni garchi "geosiyosat" atamasini asarlarida ishlatmasa ham, birinchilardan bulib geosiyosiy uslubda fikr yuritganligi uchun geosiyosat fanining otasi desa buladi. U uz asarlarida siyosiy geografiyadan baxs etadi va bu boradagi asosiy ilmiy ishi ham siyosiy geografiya (1897) deb nomlanadi. Uning ta'kidlashicha, har qanday xalqning manfaatlari zamin ustida kechadi. Shu bois zaminda joylashgan ma'lum bir hududlar tarix harakatini kursatuvchi bosh vosita sanaladi. Davlatlar muayyan hududlar ko’rinishida zaminda aks etadi. Zamin abadiy bulishi mumkin, hududlar (davlatlarning) o'zgarib turadi. "Davlatlar misoli tirik organizm" bo'lib ularning o'zagi "zamini asosda bir-biri bilan tutashadi.
Davlatlarning zaminda paydo bo'lishi uchta asosiy omil bilan bog'liq. Bular - hududiy relef, hududiy masshtab va muayyan turmush tarzga ega xalqlar. Shu asosda, ya'ni ob'ektiv geografik makon va sub'ektiv umuminsoniy kadriyatlarni uzida aks ettirgan davlat siyosati shakllanadi. "Me'yoriy asosdagi" davlat bo'lish uchun, - deydi F.Ratsel, avvalo davlatda geografik, demografik va etnomadaniy parametrlar o'zaro uygunlashmog'i kerak".
"Davlatni kaysi jihatdan tadkiq etmaylik, baribir sub'ektiv yondashuvimiz yo'nalishi ob'ektimizning asosi - zaminga borib takaladi. Bundan oydinlashadiki, davlatni o'rganishdagi muxim parametr - geografik nuktai nazardan tadkiq etish ekan, Tarixdan ma'lumki, davlatlar uchun uning makoniy muxiti muxim hisoblanadi. Davlatlarni o'rganishda, ularni bir-biri bilan kiyosiy takkoslashda, ular o'rtasidagi munosabatlarni taxlil etishda va shu kabi muammolarda geografiyaga extiyoj seziladi. Biroq unutmaslik kerakki, borlikda (ma'lum bir davrda mavjud bulgan - B.X.) davlatlar yuk bulib ketib, ularning hududlarida yangi bir davlatchilik tizimi paydo bulishi mumkin. Bu tabiiy geografiyaning yukori nuqtasi bo'lgan ekspansion (bosib olish) muhitiniig shakllanganligidan dalolat beradi", - deb yozadi F.Ratsel.
Bunday "organisistik" mulohazalardan oydinlashadiki, davlatlarning bosib olish siyosatini yurgizishlari (vaqti bilan) "davlat - tirik organizm" uchun tabiiy jarayondir.
F.Ratsel mulohazalari bo'yicha "davlat - tirik organizm"ning shakllanishi kichiq siyosiy tuzilmalarni o'ziga singdirishi hisobiga bo'ladi. Uning chegaralari esa "davlat - tirik organizm"ning periferiya (atrofiga tutash yerlar)si funksiyasi vazifasini bajaradi. Davlatlar o'sish tendensiyasining tabiiy borliq ichiga yashiringanligini ta'kidlab, davlatlararo munosabatlarni F.Ratsel fakat karama-karshilik, konflikt yoki harbiy to'qnashuvlar asosida karaydi. Bunday munosabatlar amaliyotida "davlatning kuchsizlanishi yoki tobora zaiflashuvi uning makoniy xis kilishi natijasidir".
F.Ratsel davlatlarning makoniy jihatdan usishining yettita prinsipini ishlab chiqqan:
- har qanday makon usha joyda istikomat kilayotgan millatlar madaniyatining usishi bilan birgalikda kengayib boradi;
- davlatdagi goyaviy birlik, savdo tarmoklari va faol harakatlar hamda nechog'li «tortish kuchi»ga egaligi davlat kudratining o'sishiga ulushini qo'shadi;
- davlatning o'sishi boshqa davlatlarni o'ziga qo'shib olish va buysindirish evaziga bo'lishi mumkin;
- chegara - davlat o'sish darajasining kuchga kodir yoki kodir emasligini ko'rsatuvchi chekka sarhad hisoblanadi. Shunday ekan har bir davlatda markaz bilan chegara o'rtasida muntazzam aloqa bog'lanib turishi lozim. Ular o'rtasida muvozanat davlat maydonining mustaxkamlik darajasini ko'rsatadi;
- davlat usish asosida muhim ahamiyatga ega bo'lgan omillar: fizik - geografik muxitga, kirgoriy chiziklarga, daryolar o'zaniga, tabiiy resurslarga boy rayonlarga katta e'tibor beradi;
nisbatan ibtidoiy turmush tarzga ega bo’lgan davlatlarga usish tashkaridan, sivilizatsiya darajasi yukori davlatlardan keladi;
ijtimoiy jihatdan hududlarning doimiy o’sib borishi davlatlardan davlatlarga o’tadi va bu qonuniyat.
Agar xalqaro munosabatlar tarixiga nazar tashlasak, F.Ratsel «konun»larining amaliyotda aks etganligiga amin bulamiz. Bunga XIX asr oxirlarida jahon siyosiy haritasida xokimiyat va boyliklarni kulga kiritish uchun etakchi davlatlarning harbiy - siyosiy harakatlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
F.Ratselning etnos va borlik o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan bildirgan fikrni "Siyosiy geografiya"ning kuyidagi fragmentida ko'rish mumkin: "Davlat Yer yuzining ma'lum bir nuktasida harakatlanayotgan organizmdir. Uning rivojlanish tavsifini u erda yashayotgan xalqlar va o'sha zaminning qanday tavsiflanishidan qidirmoq kerak. Xalqning qanday turmush tarzda kun kechirishi borlikning (davlatning) geografik joylashuvi va chegaralarining kay xolatdaligiga kuprok borlik... Agar xalq, uz hududida uzini yaxshi xis kilsa, usha borlik (davlat) tavsifi ijobiydir".
Umuman F.Ratselning geosiyosiy karashlarida yetakchi o’rinda turadi. Shuning uchun borlik uning tadkikotlarida yangi, muxim moddiy kategoriyalar bilan bog'lanadi, ya'ni "Hayotiy doyra" hayotiy borlik" va "geobiomuxit". Mana shu atamalarni nazariy — amaliy asoslash asosida F.Ratselning boshqa ikki muxim — "makoniy xissiyot" va "Hayotiy energiya" degan ilmiy tushunchalari yuzaga kelgan. kayd kilingan atamalar ma'no jihatidan bir-biriga yakin va uzviy borlangan bulib, xalqlar va davlatlar tarixining geografik kenglikda siyosiy tusda namoyon bulishidan baxs etadi.
Ushbu kategoriyalar geosiyosatning dastlabki asosiy prinsiplari bo'lib, keyinchalik o'ziga xos tarzda F.Ratselning izdoshlari tomonidan yangi ko'rinishlarda ijodiy yondashuvlar orqali davom ettirilgan. Qolaversa, F.Ratselning davlatga nisbatan uni borlikdagi "tirik organizm" sifatida bergan bahosi xozir ham geosiyosat uslubiyati ob'ektining asosiy mazmuni ekanligini va o'zining dolzarb ahamiyatga ega ekanligini yo'qotgani yuk.
F.Ratsel uchun davlatlar va xalqlar tarixida va ularning borlikdagi munosabatlarini ijtimoiy jihatdan aynan bir hillikda tushunish muammosini konseptual asosda kurish muhim bo'lgan. Shuning uchun ham uning ijodi nafaqat Yevropa, balki boshqa mintakalarga ham yoyilib bo'lg'usi geosiyosiy karashlarning shakllanishlariga poydevor bo'ldi (R.Chellen, E.Sempl va b.). Qolaversa, geosiyosat hech qachon nasizm (millatchilik) mafkurasi bilan bir vaqtda emas, balki bir kadar oldinroq yuzaga kelgan.


2. Rudolf Chellen va Fridrix Naumann konsepsiyalari
R.Chellenning F.Ratsel bilan tanishishi: uning ijodida keskin burilishlarni yasadi. R.Chellen professional geograf bulmasada F.Ratsel ta'sirida geosiyosatda yangicha mulohazalarni o'rtaga tashlay oldi. Shuning uchun u F.Ratselni uzining ustozi deb bilgan. R.Chellen geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir qismi sifatida qaragan. «Buyuk kuchlar: zamonaviy katta siyosatdan ocherklar» (1914), «Davlat hayotning muhim shakli sifatida» (1916), «Siyosiy tartiblar asoslari» (1920) nomli asarlari olim ijodining asosini tashkil etadi.
"Geosiyosat" atamasi ilmiy doirada birinchi bulib shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ishlatilgan. R.Chellen geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir yunalishi sifatida karagan. U geosiyosatga "borlikda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar xaqidagi fan" tarzida ta'rif bergan. R.Chellen davlatning kudratini unda mavjud bulgan beshta jihat bilan boglaydi, bular: hudud, xujalik, xalq, jamiyat va hokimiyat. Shundan kelib chiqib davlat haqidagi fanlar ham beshta bo'lishi kerak. Uningcha, bu atamalar bir vaqtning o'zida siyosatshunoslikning ham muhim bo'limlaridan sanaladi, ya'ni:
- geosiyosat ("davlatni kuch va borlikdagi geografik organizm sifatida o'rganish"); ekosiyosat ("davlatlarni iqtisodiy kuch markazi sifatida o'rganish");
- demosiyosat ' ("davlatlarda istikomat qiluvchi xalqlarii, ularning turmush tarzini tadqiq kilish;
- sotsiosiyosat ("davlatning ijtimoiy jihatlarini o'rganish");
- kratosiyosat ("davlatlarning xokimiyat va boshqaruv shakllarini va ularning davlatdagi,
- huquqiy, ijtimoiy - iqtisodiy omillar bilan munosabati muammolarini o'rganish"). Olim ushbu yunalishlarni ham o'z tadkikotlarida geosiyosatga parallel ravishda davom ettirsada, keng ilmiy doirada bu yunalishlar geosiyosat singari unchalik tan olinmaydi. Shu bilan uning mazkur yunalishlar buyicha qarashlari keyinchalik "borlikda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar xaqidagi fan" - geosiyosatga kushilib ketdi, desak ham buladi.
Shuningdek, R.Chellen geosiyosat fanining kuyidagi , bo'limlardan iboratligini aytadi:
- Toposiyosat - davlatning siyosiy jihatdan qanday muhit bilan joylashganligini o'rganadi. Topopolitikada davlat uchun tashqi dunyodan bo'ladigan kuchlarning ta'sir etish yoki etmaslik masalasi mumkimdir. Bunday omillar davlatga atrofdan ittifoqdoshlar qidirish va davlatlararo kelishuvlarning boshqa variantlarini yuzaga keltirish uchun muqobil siyosatlarni ishlab chiqish masalasini yuzaga chiqaradi. Bu jihatdan R.Chellen davlatning geografik joylashuvini «davlat siyosatining kalitidir», deydi.
- Morfosiyosat - davlatning hududiy shakllarini o'rganuvchi bilimlar majmuasi. Morfopolitika uchun davlat hududlari qanday boyliklarga egaligi muhim emas. Bunda davlat hududan qanday ko'rinishga ega, yoysimon, dumaloq yoki uzunchoq holatda joylashganligi, davlatda markaz bilan joylar o'rtasidagi aloqalarning geografik tizimi va davlatning tashqi dunyoga geografik jihatdan chiqish imkoniyatlari masalasiga e'tibor beriladi. Masalan, Norvegiya, Italiya davlatlarining geografik joylashuvi. R.Chellen fikricha, davlatning katta - kichiqligi uning qudratiga poydevor bo'lishi mumkin.
- Fiziosiyosat - davlat hududlarining markazga qanday pozisiyada ekanligini, ular munosabatlari ko'lamini tadqiq etuvchi bilimlar. R.Chellen fiziopolitikani davlatning, davlatga karashli boshqa hududllrning qay darajada jismonii kuchga egaligi yoki ega emasligi bilan borlaydi. Joylarning (davlat hududlarining) davlat siyosatiga ta'sir etuvchi jismoniy - geografik xususiyatlarini o'rganish va taxlil etish fiziopolitikaning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Shved olimi davlatning qudratini quyidagi formula bilan izohlaydi:
Davlat kuch - qudrati (tabiiy - geografik xususiyatlari, xo'jalik , xalq, davlat boshqaruv shakli)
Tabiiy-geografik xususiyatlar - davlatning qanday geografik makonda joylashganligi, xalqaro savdo tarmoqlariga chiqish imkoniyatlari, davlatning fauna va flora dunyosi, iqlimi va b.sh.
Davlat xo'jaligi deganda R.Chellen davlatning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib o'zini boqa olishiga asos bo'ladigan omillar - tabiiy resurs manbalariga, bozor tuzilmalariga va shu kabi boshqa omillarga egaligini va ularning dunyo xo'jalik tarmoqlari bilan qanday darajada borlanganligini nazarda tutadi. Iqtisodiy munosabatlarda R.Chellen avtarkiyani - davlatning zarur narsalarni chetdan olmasdan mamlakat aholisiga o'zi etkazib berishga asoslangan milliy xo'jalik tizimiga erishishni yoqlaydi.
Xalq bu mamlakatda istiqomat qiluvchi milliy - etnik guruxlar. Birok R.Chellen davlatda yashayotgan xalqni madaniy, etnik va demografik munosabatlardan kelib baholaydi. Olim ularni tadqiq etishda «biosiyosat» atamasini ko'llagan. Uningcha, biopolitika «jamiyat mezoni: aql, yurak va tartibot»ni yuzaga keltiruvchi xalqlar turmush tarzini o'rganadi.
Davlat boshqaruv shakli deganda R.Chellen davlatning boshqaruv tizimini nazarda tutmaydi. U davlat boshqaruv shakli deganda bir tomondan, davlatdagi vijdon erkinligi, xurfikrlilik, yig'ilishlar o'tkazish erkinligi va shu kabilarni, ikkinchi tomondan, davlatga soliq to'lashning majburiyligi, harbiy xizmat majburiyatlari, maktabda o'tish va boshqa shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Chunki ushbu omillarning amaliyotda o'z aksini topishi o'sha davlat boshqaruv shaklining nechogli kuch —qudratga egaligini namoyon etadi. R.Chellen o'zining «Zamonaviy buyuk kuchlar» asarida geosiyosatda birinchi bo'lib buyuk davlat (kuch) tuzish nazariyasini o'rtaga tashlagan. Uningcha, buyuk davlat (kuch)lar geosiyosiy jarayonlarning sub'ekti bo'lish bilan bir vaqtda, mantikiy tomondan ham geosiyosat predmetining asosini tashkil etishi kerak. Tadqiqotchi buyuk davlat (kuch)larni ikkiga bo'ladi, ya'ni xalqaro kuchlar va buyuk kuchlar. U I jahon urushiga qadar xalqaro kuchlar qatoriga Buyuk Britaniya, AQSh, Rossiya va Germaniya davlatlarini kiritgan. Buyuk kuchlar sifatida esa Yaponiya, Fransiya, Italiya va Avstro - Vengriya imperiyasini qurishgan.
Xullas, R.Chellenning ilgari surgan va nazariy hisbotlashga o’ringan geosiyosiy konsepsiyalari , F.Ratsel qarashlarini mundarijaviy jihatdan to'ldirdi. U o'zining asosiy ishi - "Davlat hayotning muxim shakli sifatida" (1916) nomli asarida davlat va jamiyatga nisbatan "orginisistik" qarashlarini bayon qilgan. Agar F.Ratsel Yevropa mintaqasidagi siyosiy kuch markazi muammosiga umumiyroq tasnif etgan bulsa, R.Chellen uning geosiyosiy prinsiplarini rivojlantirib Yevropada "mintaqaviy davlat" - kuch markazi sifatida Germaniyani aniq ko'rsatadi.
Uningcha, Germaniya Yevropa mintakasida boshqa davlatlarga nisbatan markaziy geografik kengliknigina tashkil etmasdan, balki Yevropadagi siyosiy kuch markazligiga da'vogar davlatlardan dinamik (jo'shqin) xususiyatga ega davlatligi bilan ajralib turadi. Bunga misol garikasida u, I jahon urushi davridagi tabiiy geosiyosiy konflikt orqasida yuzaga kelgan Germaniyaning ("markaz davlat") dinamik ekspansiya siyosati va unga qarshi harakat qilayotgan pereferiya (atrofidagi) Yevropa mintaqasiga oid (undan tashqari ham) davlatlarni (Antanta davlatlari) nazarda tutadi.
Agar F.Ratsel Yevropada Germaniyaga qarshi boshqa mintaqaviy siyosiy kuch markazlari bor deb va anik bir davlatlarni ko'rsatmagan bo'lsa, R.Chellen Germaniyaning manfaatlariga G'arbiy Yevropa davlatlaridan qaysi davlatlar manfaati qarama - qarshi bo'lishini aniq ko'rsatib, ularning Fransiya va Angliya bo'lishidan baxs etadi. Uning nazarida, Germaniya "yosh" davlat, nemis xalqi esa - "yosh xalq" Markaziy Yevropa borligida "yosh"lar va "qadimgi xalqlar" (fransuzlar va inglizlar) bir vaqtlar nazorat qilgan hududlar hisobiga yoki u erlarga intilib sayyoraviy kenglik sari harakat qilmog'i lozim. Ko'rinib turibdiki, R.Chellen bunday qarashlari bilan Yevropa mintaqasida geosiyosiy qarama-qarshilikning mafkuraviy jihatlarini birlamchi o'ringa quyadi.
R.Chellen shved bo'lganligi uchun Shvesiya siyosatnni nemislar siyosati bilan yakinligini aytadi. Va bu ikki xalq yashayotgan kengliklar Yevropada markaziy makonni tashkil etadi, deydi. Bu jihatdan uning qarashlari Fridrix Naumanning "Markaziy Yevropa" nazariyasiga mos keladi. F.Nauman asarida G'arb dunyosidagi Angliya (mustamlakalari bilai birgalikda), AQSh va Rossiya (u Rossiyani boshqaruv xokimiyatini nazarda tutib, butun davlatni G'arb mintakasiga kiritgan) singari geosiyosiy kuch markazlariga qarama - qarshi Markaziy Yevropada istiqomat qiluvchi xalqlar yangi siyosiy — iqtisodiy integrasioi munosabatlarni shakllantirmoqligini aytadi. Markazda yuzaga kelajak makonda esa nemislar mintakaviy "o'zak" xalqni tashkil qilishini ta'kidlaydi. Birok, nazariyasining "pangermanistik" loyihasidan farqi shuki, nazariyasining asosini milliy birlik emas, geosiyosiy birlashuv tashkil etadi. Ya'ni mazkur geosiyosiy makonda Germaniya, Avstriya, Dunaybuyi davlatlari (uzoq, kelajakda) va Fransiyaning shimoliy - g'arbiy rayonlarida yashovchi xalqlarning integrasiya munosabatlari nazarda tutilgan.
F.Ratsel Germaniyaning «Yevropa yuragi»da joylashganligini e'tiborga olib, 1901 yil nemis davlatlari o'rtasida buyuk nemis iktisodiy itgifokini tuzish o'rtaga tashlagan edi. Xullas, F.Ratselning markaziy mintaka borasidagi nazariy g'oyalari R.Chellen va F.Naumanlarning fikrlari bilan jamoatchilikda asta - sekinlik bilan qizikish uyg'ota boshladi.
Karl Xausxofer - nemis geosiyosiy maktabining - yorkin namoyandalaridan biridir. U 1924 yildan boshlab 20 yil maboynida xalqaro ahamiyatga molik bulgan "Geopolitika" jurnalini chop etgan.
K.Xausxofer ijodiga nisbatan geosiyosatshunoslar o'rtasida turli qarama - qarshi fikrlar mavjud, jumladan, uning nemis millatchilik mafkurasiga bo'lgan munosabati to'g'risida. Bizningcha, uning nasizmga bo'lgan munosabati murakkab harakterga ega bulib, qarashlarining bir ko'lami nasional - sosialistlar fikrlarini aks ettirsa, ba'zida radikal munosabatlarni namoyon qilgan. K.Xausxofer nasizm mafkurasi namoyandasi bo'lmagan. Balki o'sha davr nemis siyosiy elitasi geostrategik dasturlarining shakllanishida aynan K.Xausxofer qarashlarining ta'siri bo'lgan, desak xaqiqatga yaqin bo'lar. Masalan, nemis xukmron doiralarining XX asr I - yarmida jahonda yangicha tartibotni o'rnatish bo'yicha olib borgan amaliy siyosiy harakatlari bilan K.Xausxoferning qarashlarini taqqoslab ko'raylik. Agar K.Xausxofer X.Makkinder, J.Fergriv, A.Mexen va boshqa olim va siyosatchilar o'rtaga tashlagan geosiyosiy konsepsiyalarni chuqur taxlil qilib, Yevrosiyoda "qirg'oqbo'yi" yoki "tashqi yarim oy" davlatlarining xukmron bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun va avvalo "Hartlandda ichki qarama - qarshiliklarga barham berish maqsadida Berlin - Moskva - Tokio o'rtasida "kontinental blok" tuzilishi zarurligini yoqlagan bo'lsa, xukmron nasistlar mazkur tizimda o'rtaliqdagi makon - Moskvaning mafkuraviy jihatdan Berlin va Tokioni bog'lay olmasligini ro'kach qilib, uning o'rniga o'zlariga mafkuraviy jihatdan yaqinroq bo'lgan Rim bilan hamkorlikda Yangicha tartibotni yaratishni lozim kurishgan.
K.Xausxofer nemis xalqi va ular madaniyatining tarixiy ildizlarini Osiyoga - Yevrosiyoga chorlaydi va nemis madaniyatini butun Yevrosiyo madaniyatining garbona ko’rinishi sifatida talkin etadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, inglizlar II jahon urishi davomida nemislarni "xunnlar" deb ham atashgan. Bunday nomlanish xausxoferchi geosiyosat maktabi vakillari uchun juda ma'qul kelgan.
K.Xausxofer konsepsiyasi Germaniyadan sharqda istiqomat qilayotgan xalqlarni bosib olishga qaratilmagan. Balki keng geografik makonda ikki kuch - Germaniya va Rossiya etakchiligida boshqa xalqlarning ham sivilizasion munosabatda bo'lishini nazarda tutgan - "Yangi Yevrosiyo tartibotidan baxs etgan. K.Xausxofer nazarida "Yangi Yevrosiyo tartiboti" amaliyotda o'z aksini topsa, hech qanday "dengiz kuchlari" tahdidiga o'rin qolmas edi. Afsuski, nemis geosiyosatchisi ilgari surgan nazariy g'oyalar amaliyotda, aksincha, antievrosiyo ko'rinishida namoyon bo'ldi. Chunki nemis hukmron elitasi o'zini "quruqlikka oid" deb emas, balki avvalo "dengizlar hokimi" sifatida, keyin "quruqlik hokimi" va nixoyat kelajakda jahon "hokimi" bo'lishini muqarrar deb bildi. Biroq 1943-1945 yillardagi harbiy - siyosiy jarayonlar ular tuzgan rejalarning xom hayolligini ko'rsatdi. Germaniya millatchi hukmronlarining bunday noodil siyosatlari K.Xausxoferning geosiyosiy konsepsiyalari borasida (butun nemis geosiyosat maktabi vakillari qarashlari nazarda tutilayotgani yo'q) nisbatan ijobiy mulohazalarning ma'lum darajada kengayishiga olib keldi.
Xausxofer maktabi vakillari an'anaviychilikda ulardan oldingi geosiyosatshunoslar tomonidan o'rtaga tashlangan hayotiy borliq tushunchasini yoqlashgan. Ya'ni ular davlatning rivojlanishi uning naqadar hayotiy kengliklarga egaligiga ham bog’liqligini aytib, kuchli davlatchilikning ilk nishonasi iqtisodiy avtarkiyani (avtoritarizm) barpo etish va iqtisodiy jihatdan qo'shnilariga mute bo'lmaslik, deydi. Bu jihatdan K.Xausxofer davlatning hayotiy borlikka intilishi bilan, uning dengizga, undagi savdo yullarini egallashga intilishini ham yoklagan. Chunki u yashagan davrlarda savdodan keladigan har qanday boylik manbalari nafaqat quruqlikda, balki dengiz yullarini ekspansiya qilishda hamdir deb tushunishgan.
Ko'rinib turibdiki, "tarixning asosiy o'zagi" - dengiz va qurulik xalqlari o'rtasidagi konfliktlarning muqarrarligi borasida K.Xausxofer qarashlari X.Makkinder " fikrlari bilan uyg'unlashgan.
Nemis olimi nasizm g'oyalari ustuvor bo'lgan jamiyatda yashasada, millatning geosiyosiy "tanlanishi", uning ma'lum bir irqqa mansubligiga emas, balki millatning qanday hayotiy borliqda joylashganligi bilan bog'liq ekanligini aytgan. K.Xausxofer ilgari surgan g'oyalar tahlili shuni ko'rsatadiki, u geosiyosat va mafkurani yagona holatda ko'rib, muloxazalarini ham shundan kelib chiqib o'rtaga tashlagan. 1941 yilga kelib K.Xausxofer "kontinental ittifoq" borasidagi qarashlaridan uzoqlashgan holda jahonda uchta markaz: AQSh da, panaziatizm Yaponiya atrofida va nixoyat panevropeizm Germaniya atrofida bo'lishini aytdi va buning sababini mazkur uch davlatning borliqda bir - biridan yetarli darajada uzoqda joylashganligi bilan izoxladi.
Umuman olganda,. agar XX asr 20 - 30 yillarida myunxenlik geosiyosatchilar maktabi jahonda etakchi o'rinlarda turgan bo'lishiga qaramasdan, keyingi yillarda yuqoridagi singari g'oyalardan so'ng K.Xausxofer va uning o'quvchilari o'rtasida ham fikriy ulanishlar yuzaga kelgan. Shunga qaramasdan geosiyosiy maktablar ichida Myunxen maktabi alohida o'ringa ega.
Geosiyosatning asosiy g'oyasi – insonning jug'rofiy muhitga bog'liqligi alohida shaxsdan uzoqlashib kishilar guruhiga yaqinlashgan sari namoyon bo'la boradi. Shuning uchun ham muayyan g'oyaviy poydevorning mavjudligiga qaramay, geosiyosat tom ma'nodagi mafkuraga, to'g'rirog'i “ommaviy mafkuraga” aylana olmagan. Uning xulosa va uslublari, tadqiqot predmeti va asosiy qoidalari ijtimoiy va tarixiy xarakterdagi umumbashariy qonuniyatlariga baho berish, strategik rejalashtirishning ulkan muammolari bilan shug'ullanuvuchi ijtimoiy qatlamlar uchungina tegishli bo'lishi mumkin. Geosiyosiy makon juda katta o'lchovlarda namoyon bo'lishi tufayli geosiyosat ham davlatlar, xalqlar va hokazo umumlashgan voqeliklar bilan bog'liq ijtimoiy guruhlarga mo'ljallangan.
Mumtoz tadqiqotlarda geosiyosat jug'rofiy hukmronlik dunyoqarashi, uning shakl va ko'rinishlari hamda bunday hukmronlikni o'rnatish qoidalari, mezonlari va tamoyillari haqidagi fan sifatida ta'riflanadi. Inson ijtimoiy jihatdan yuksalib borgan sari geosiyosat uning uchun ahamiyat, mazmun va manfaat kasb etib boradi. Geosiyosat siyosatdagi hukmron doiralar uchun yaratilgan fan bo'lib, bu fan bilan faqat mamlakatlar va millatlarni boshqarishda faol ishtirok etadigan yoki shunday maqsad yo'lida harakat qilayotgan kishilargina shug'ullanib kelganligiga tarix shohiddir.
Geosiyosat ilmiy nuqtai-nazardan qandaydir dogmatik qoidalarga asoslanmasdan, o'zi uchun muhim va ikkinchi darajali bo'lgan fanlar yoki fan yo'nalishlarinigina belgilab oladi. Boshqa ijtimoiy va tabiiy fanlar geosiyosiy uslubning asosiy tamoyillariga zid kelmagan taqdirdagina tadqiqot doirasiga jalb etiladi. Hozirgi paytda u Yer yuzida etakchilik qilayotgan eng qudratli davlatlarning harakat dasturi sifatida ittifoqlar tuzish, urush boshlash, islohotlar o'tkazish, jamiyatni tarkibiy jihatdan qayta qurish, keng qamrovli iqtisodiy hamda siyosiy dasturlarni joriy qilish kabi muhim qarorlarni qabul qilish borasidagi zaruriy xulosalarni o'z ichiga olgan o'ziga xos amaliy qo'llanmaga aylanib qolgan.
Geosiyosatning asosiy qoidasi Yer yuzasining jug'rofiy tuzilishi hamda sivilizasiyalarning tarixiy turlarga bo'linishida ifodalangan fundamental dualizmning qat'iyligini ifoda etishdan iboratdir. Mazkur dualizm «tellurokratiya» («quruqlik kuchi») va «talassokratiya» («dengiz kuchi»)ning bir-biriga qarama-qarshi qo'yilishida namoyon bo'ladi. Bunday qarama-qarshilikning mohiyati antik davr tarixidagi mashhur savdo sivilizasiyasi – Karfagen (Afina) hamda harbiy-avtoritar sivilizasiya – Spartaning (Rim) o'zaro munosabatlari misolida yaqqol ko'zga tashlanadi. Boshqacha aytganda, bu liberal g'oyaga asoslangan demokratiya va ideokratiya o'rtasidagi qarama-qarshilikdir. Mazkur ziddiyat dastlabki paytlardan boshlab uni tashkil qilgan qutblarning qarama-qarshiligi xususiyatiga ega bo'lib davr taqozasiga ko'ra o'zgarib turadi.
Shunday qilib, butun ijtimoiy tarix ikki unsur, ya'ni «suv» («suyuq», «oquvchi») va «quruqlik» («qattiq», «doimiy») unsurlari atrofida ro'y bergan jarayonlardan iborat. Tellurokratiya, makonning muqimligi va undagi asosiy xususiyatlarning barqarorligi bilan xarakterlanadi. Sivilizasion darajada tellurokratiya insonlarning yirik uyushmalari, xalqlar, davlatlar, imperiyalar bo'ysunadigan o'troqlik, konservatizm, qat'iy huquqiy me'yorlarda namoyon bo'ladi. Quruqlikning qattiqligi xalqlarning madaniy hayotiga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi, jumladan, ijtimoiy an'analarning barqarorligi va axloqiy qoidalarning mustahkamligi ana shu omil ta'sirida shakllanadi. Quruqlikdagi, ya'ni Yevroosiyoning ichkarisidagi xalqlarga induvidualizm ruhi yot bo'lib, ularga azaldan ijtimoiylik ruhiyati va ierarxiyaviy tizim xos bo'lgan.
Talassokratiya esa bunga teskari bo'lgan qoidalarga asoslangan sivilizasiya bo'lib, u dinamik, harakatchan va texnik rivojlanishlar tarafdoridir. Uning ustuvor yo'nalishlari ko'chmanchilik (asosan dengizda suzish nazarda tutilmoqda), savdo, individual ishbilarmonlik ruhidan iborat. Shaxs jamoaning harakatchan vakili bo'lgani tufayli oliy qadriyat hisoblanadi. Bunda ma'naviy va huquqiy me'yorlar bir-biri bilan aralashib, nisbiy va harakatchan bo'lib qoladi. Sivilizasiyaning bu turi tez rivojlanadi, tashqi madaniy xususiyatlarni oson o'zlashtiradi, lekin shunga qaramasdan o'zligini saqlab qoladi. Insoniyat tarixining asosiy qismi har ikkala yo'nalishning ma'lum cheklangan hududlari doirasida, ammo «tellurokratiya»ning umumjahon miqyosidagi ustuvorligi sharoitida rivojlangan. Quruqlik unsuri butun sivilizasiyaga o'z ta'sirini o'tkazadi, «suv» (dengiz, okean) unsuri esa ayrim paytlarda va muayyan hududlardagina namoyon bo'ladi. Quruqlik va suv dualizmi ma'lum vaqtgacha jug'rofiy jihatdan dengiz qirg'oqlari, daryo havzalarida va boshqa hududlar doirasida qolishi mumkin. Qarama-qarshilik sayyoraning turli joylarida, turli shakllarda rivojlanadi.
Ta'kidlash joizki, geosiyosiy qonuniyatlar siyosiy tarix, diplomatiya tarixi hamda strategik rejalashtirish va tahlil etishda ayniqsa qo'l keladi. Ushbu fan sosiologiya, siyosatshunoslik, etnologiya, harbiy strategiya, diplomatiya, din tarixi kabi ko'pgina fanlar bilan kesishuv nuqtalariga ega. Ayrim mutaxassislar ushbu fanning ko'pgina hollarda iqtisodiyot bilan ham uzviy bog'liqligini nazarda tutib, «geoiqtisodiyot» deb nomlangan fanni kiritish taklifini ilgari surgan.
A.Mexen "Dengiz kuchlarining tarixga ta'siri (1660 - 1783)" nomli asarida sivilizatsiya tarixida dengiz omilining katta ekanligiga urg'u beradi. U yoki bu xalqlarning o'z xayotida dengizdan foydalanish darajasi o'sha xalqlarning nechog'li farovonligi va boshqalarga ta'sir etish kuchiga sodir yoki qodir emasligini ko'rsatib beradi. Bunday davlatlar qatoriga u qat'iy ravishda Angliyani - uning XX asr boshlarigacha dunyoda asosiy dengizlar hokimi bo'lganligini misol qilib kursatgan. U o'zining nazariy bashoratlarini amaliyotga qo'llash uchun AQShni Angliyaga qarama - qarshi qo'yadi va AQShning dengiz kuch markaziga aylanishi uchun avvalo Tinch okeanida Fillipin orollarini o'ziga bo'ysindirishini ta'kidlagan. Negaki, A.Mexen Fillipin orollarini AQShning dengiz kuch markaziga aylanishidagi va u egallashi lozim bo'lgan strategik mintaqa deb biladi.

Yüklə 34,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə