Umumiy tarix



Yüklə 227,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.02.2023
ölçüsü227,72 Kb.
#100644
  1   2   3   4   5
5b27799774a1a



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI 
 
“UMUMIY TARIX” KAFEDRASI 
Tarix fakulteti III kurs tolibi 
Xodjamiyorov O’tkirning 
 
KURS ISHI 
 
 
Mavzu:
 Ilk o’rta asrlarda Ustrushona 

Qabul qildi:
t.f.n.dots.A.Xolmurodov 
Topshirdi: 
 
Xodjamiyorov O’ 
 
 
 
 
 
Jizzax – 2012 



 
 
 
 
Mavzu: Ilk o’rta asrlarda Ustrushona 
 
Reja: 
 
Kirish 
I-BOB: USTRUSHONADA RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA 
SIYOSIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOT 
 
1.1.Ustrushonaning rivojlangan O`rta asrlardagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi
1.2.Ustrushona vohasi o`troq va ko`chmanchi xalqlar o`rtasidagi moddiy-madaniy
va ijtimoiy aloqalarni bog`lovchi makon 
1.3.Ustrushonaning tarixshunosligiga doir ma`lumotlar 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati 



Kirish 
Keyingi yillarda o`tkazilgan qidiruv, qazuv tadqiqotlari natijasida O`rta 
Osiyo arxealogiyasi fani olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan kashfiyotlar, jahon 
xalqlari tarixida takrorlanmas saxifalar ochuvchi yangi, qimmatli ma`lumotlar, 
qadimgi davr madaniyati, amaliy san`ati, me`morchiligi, xunarmandchiligiga 
mansub nodir topilmalar osoru atiqalar bilan yanada boyildi. Bu esa O`rta Osiyo 
hududida inson istiqomati va ishlab chiqarish faoliyati bir necha ming yillardan 
buyon qaror topganligi, bu muqaddas qadamjoy dunyo sivilizatsiyasining asosiy 
va eng qadimgi madaniyat markazlaridan biri bo`lganligini yana bir bor e`tirof 
etadi. 
Lekin bu muvaffaqiyatlar katta geografik mintaqani qamrab oluvchi O`rta 
Osiyo xususan, O`zbekiston arxealogiyasi fanida barcha muammolar izchillik 
bilan xal etilgan degan ma`noni bildirishga asos bo`lolmaydi. 
Arxealogiya fanidagi shunday kamchilik muammolardan biri O`rta Osiyo 
tarixiy-madaniy o`lkalari, vohalari tarixini arxealogik nuqtai-nazardan o`rganish 
rejasidagi qarama-qarshilik va tengsizlikdir. Bunday salbiy voqelik faqat katta-
katta madaniy vohalar o`rtasida, balki bir voha tasarufida joylashgan turli 
mavzelar o`rtasida ham sodir bo`ldi va ayrim hollarda hanuzga qadar davom 
etmoqda. 
Agar hozirgi kunda O`rta Osiyoning arxealogik xaritasiga nazar tashlagudek 
bo`lsa haqiqatdan ham qadimgi madaniy o`lkalar tarixini muntazam o`rganilishi 
darajasi qayerda qay tariqa borayotganligini yetakchi o`rinni egallovchi vohalarni 
“qoloq” viloyatlarni va albatta xaritadagi “ochilmagan ko`rik”larni ko`rish 
mumkin.
Yaqin yillarga qadar, shunday arxealogik tadqiqotlar o`tkazish va o`rganish 
mezonlaridan chetda qolgan regional qatoriga qadimgi Ustrushona davlatning 
shimoliy, shimoliy g`arbiy qismi aniqrog`i hozirgi O`zbekiston Respublikasining 
Sirdaryo Jizzax viloyatlari xududidagi tarixiy madaniy vohalar ham kirar edi. 
Takidlashimiz joizki hozirgi Sirdaryo va Jizzax hududiy jihatdan jumhuriyatagi 



eng kichik viloyatlardandir. Qolaversa bu viloyatlarning kattagina qismini 
qadimgi “qush uchsa qanoti, odam yursa oyog`I kuyadi” ndeb naql qilingan 
Mirzacho`l egallaydi. Shu sababli bo`lsa kerak bu o`lkaning qadim tarixi, 
arxeologiyasi katta bir davr mobaynida mutaxasislar diqqat e`tiboridan chetda 
qolgan. 
Aslida esa o`tmishda Ustrushona davlati tarkibiga kirgan bu hududlar 
Turonj zaminining qadim va o`rta asr tarixida muhum o`rin egallagan faol ishtirok 
etgan bir bo`lagi, ajralmas qismidir. Mirzacho`l, xususan Jizzax vohasini turli 
yo`nalishdagi karvon yo`llari kesib o`tgan va bu yo`llar o`rta asrlarda “ 
Movarounnahrning ulkan savdo badargohi” deb nomlangan Samarqand- Shosh, 
Sharqiy turkiston, Xo`jjand, Farg`ona Yettisuv va Xitoy bilan bog`lab turgan. 
Savdo karvonlari faoliyatida Sirdaryo bo`yi va Mirzacho`l dashtlarida istiqomat 
qiluvchi ko`chmanchi chorvador qabilalar ham muhim o`rin tutgan. Ko`chmanchi 
xalqlardan biri bo`lgan qudratli “guz” yoki “uguz”lar haqida arab ezma 
manbalarida ko`plab ma`lumotlar uchraydi. 
Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining tog` va tog` oldi mavzelari qadimdan 
aholi zich joylashgan madaniy o`lkalar qatoriga kirgan. Ko`plab chashma, buloq, 
soy va daryolar havzasida hosil bo`lgan katta kichik bu vohalarda palmakorlikdan 
tashqari suniy sug`orish tizimlariga asoslangan dehqonchilik va o`troq hayot 
ancha qadimdan boshlangan. Bu xildagi aholi zich joylashgan madaniy vohalarga 
o`rta asr Ustrushonasi tarkibiga kirgan Sabat rustakini, Zominsuvatrofidagi Zomin 
sarsanda o`lkasini Sangzor daryosi xavzasidagi Xarkana, Feknon viloyatlarini 
misol qilib ko`rsatish mumkin.
Qadimgi Ustrushonaning bu o`lkalarida keyingi O`n yil ichida o`tkazilgan 
arxealogiya qazuv- tadqiqotlari meyori doirasi ancha kengaydi. Jumladan, 
Xarkana rustokining ilk o`rta asr yodgorliklari Qing`irtepa, Almantepa, 
Jalmantepa Lapaktepa nushkent Xavos Sag`anaktepa I-II, Eski Xavos, Oqtepa, 
Qultepa O`rta Osiyoning IX-XII asrlardagi tog`-kon metalurgiyasi makonlaridan 
biri, Turkiston tizmalarining sharq 
iy qismida joylashgan Mik qal`asi ochib 



o`rganildi.Tadqiqotlar o`tkazilgan yodgorliklar geografik jihatdan –tekislik dasht, 
tog` oldi va tog` mavzelarda joylashgan. Bu esa Ustrushonaning mazkur 
hududlarida muqim istiqomat qiluvchi qadimgi aholining ilk tarqalish davri 
jarayonlarini o`sish dinamikasini xayot va xo`jalik faoliyatini muntazam, 
komplekstadqiq etishning boshlanishiga ayniqsa ashyoviy dalillarni yozma 
manbalar malumotlari bilan solishtirib moddiy madaniyat topilmalarini qo`shni 
So`g`d, Choch, Farg`ona regionlari topilmalari bilan taqqoslab o`rganishga 
imkoniyat yaratdi. Lekin bu izlanishlar ko`lamini Ustrushonaning janubiy, sharqiy 
qismida, aniqrog`I hozirgi Tojikiston Qirg`iziston Respublikalari qarashli 
hududlarda o`tkazilgan tadqiqotlar va ko`pga kiritilgan ilmiy natijalar ko`lami 
bilan solishtirganda ancha salbiy tafovut borligini ko`rish mumkin. 
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, mazkur nomzodlik ishi shimoli g`arbiy 
Ustrushonaning Sangzor daryosi quyi oqimnida joylashgan Jizzax vohasi 
arxealogiya yodgorliklarida o`tkazilgan qazuv-tadqiqotlarning dastlabki natijalari 
ilmiy xulosalari deb ifodalamoq lozim. Mazkur ish qadimgi Ustrushona davlatiga 
tegishli moddiy- madaniytarixni o`rganilmagan qismidagi bo`shliqni yangi, ilk bor 
elov qilinayotgan ashyoviy ma`lumotlar nbilan to`ldiradi. 
Qayd etilgan va o`rganilgan yodgorliklarning aksariyati O`rta Osiyo 
xalqlarining ma`lum bosqichi IV-V asrlarda shakillanib VI-VIII asrlarda 
rivojlangan ilk feodal munosabatlar davrida mansubdir. Shimoli-g`arbiy 
Ustrushonaxududlarini va xususan Jizzax vohasini muhim, o`troq xayot tarzida 
o`tgan ko`chmanchi xalqlar tomonidan ommaviy o`zlashtirilishi xuddi shu 
davrlarga to`g`ri keladi. Shu sababli mazkur regionning ilk o`rta asr davriga oib 
yodgorliklarni o`rganish arxealogiya fani uchun o`troqlashgan xalqlarning ilk 
tarixi moddiy madaniyati haqida o`ta muhim va qiziqarli ma`lumotlarni beradi. 

Yüklə 227,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə