Umumiy tarix


Ustrushona vohasi o`troq va ko`chmanchi xalqlar o`rtasidagi



Yüklə 227,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix11.02.2023
ölçüsü227,72 Kb.
#100644
1   2   3   4   5
5b27799774a1a

1.2. Ustrushona vohasi o`troq va ko`chmanchi xalqlar o`rtasidagi 
moddiy madaniy va ijtimoiy aloqalarni bog`lovchi makon. 
O`rta asrlar O`rta Osiyoning ikki xil madaniyati turmush tarziga mansub 
o`troq dehqon va chorvador ko`chmanchi xalqlarning moddiy madaniy 
xususiyatlarini yanada yaqinlashuvi, etnik jihatdan aralashuvning kuchayganligi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
jabxalarda 
o`zaro 
tasir 
doirasini 
kengaygani 
bilan 
xarakterlanadi. Aslida bu jarayonlarning boshlang`ich nuqtasi biz o`rganayotgan 
davrdan ancha ilgari eramizdan avvalgi ming yillikning oxirgi asrida Sirdaryoning 
quyi va o`rta oqimi xavzasida vujudga kelgan o`ziga xos cho`l madaniyati 
muqaddimasi bilan bog`liqdir. Keyingi davrlarda O`rta Osiyoning o`troq 
vohalariga kuchli tasir ko`rsatgan bu madaniyatni P.M. Lenina geografik jihatdan 
uch qisimga ajratadi.
1. quyi Sirdaryoning chap sohilida, uning eski o`zaki Kuvandaryo havzasida 
joylashgan Jeti Osor madaniyat o`chog`i
2. Jeti –Osorning janubi sharqida Sirdaryoning chap qirg`og`ida joylashgan. 
Qoratog`ning shimoliy tizimlari bilan chegaralangan. O`troq Qoratog` madaniyati 
o`chog`i. 
3. Toshkent vohasi Angren chirchiq Keled xavzasidan Qurama tog`I 
tizmalarigacha shimoli sharqdan Pekem, Chotqol yuqori talasgacha bo`lgan katta 
bir hududiy lirpikda tashkil topgan Qovunchi madaniyati o`chog`i.
Uning takidlashicha ushbu 3ta madaniyat o`chog`I qayd etilgan kulopik 
mahsulotlari umumiy jihatlari bo`yicha bir-biridan farq qilmaydi. Buning asosiy 
sababi, Sirdaryo bo`yi va uni havzasidagi cho`l dasht mavzelarini fizik-geografik 
xususiyatlari birligi, buning oqibatida yuzaga kelgan xo`jalik yuritish xayot 
tarzining o`xshahsligidir. 
Muallif, “Qovunchi” va “O`troq Qoratog`” madaniyati rivojini uchdavriy 
bosqichga bo`ladi. Birinchi –yangi eraning boshidan III asrning oxiri yokiIV asr 
boshigacha ikkinchi eramizning IV-V asrlari; uchinchi –eramizning VI asridan 
VIII asri boshigacha bo`lgan davrlar Qovunchi madaniyatining uchinchi bosqichi 


11 
uchun Sug`dning Toshkent vohasiga ko`rsatgan moddiy manaviy aks tasiri 
xarakterlidir.Sug`dning bu tasiri memorchilikni bazi bir tarkibiy qisimlarida 
terrakota qolip bilan tushiriladigan naqshlar va oz darajada qo`pollik 
maxsulotlarida (metall idishlarga taqlid qilib yasalgan kosagul va ekalogiyalardan 
tashqari) o`z ifodasini topadi.
P.M. Pevinaning izoh berishicha Jeti Osor madaniyati o`z shakillanishi va 
rivojlanishida asosan ikki bosqichni eramizning I-III asrlari bilan, ikkinchi 
bosqichi IV-VIIIasrlar bilan davrlanadi. Jeti Osor birinchi bosqichda O`rta 
Sirdaryo bo`yi madaniyatini kuchli tasirini ostida qoladi.ikkinchi bosqichda esa 
aksincha o`rta Sirdaryo bo`yi madaniyati Jeti –Osor madaniyati tyasirinio`zida 
sinab ko`rdi. Bu jarayonni muallif jeti osorliklarni Sirdaryoni yuqori oqimi tomon 
siljigani Toshkent vohasi qo`pollik maxsulotlarida yangi shakilli idishlarni dafn 
inshoatlarida xar xillikni paydo bo`lishi bilan bog`laydi. Uning fikricha bu aholi 
qatlami o`troqlashgan va qovunchi madaniyatiga mansub xalqlar bilan aralashib
qo`shilib ketgan.
Aynan ushbu masala bo`yicha fikr bildirgan M.I. Filanovich O`rta Sirdaryo 
bo`yi moddiy-madaniyatdagi sifat o`zgarishlari Jeti-Osor tarkibiy qismlaridan 
avvalroq paydo bo`lganini takidlab, bu voqelik Sirdaryo regioni tarixi saxnasida 
paydo bo`lgan xioniy kidoriy eftaliy qabilalar bilan bog`liq ehtimoli borligini 
aytadi.
A.Askarov va B. Axmedovlarning fikricha bu davrda O`rta Osiyo 
xalqlarining etnik shakillanishiga ham muhim chizgilar qilindi. Tarixiy 
manbalarga ko`ra shimoli sharqdan Yuechjlarning janubi f`arbga yurishi Inson 
baktriya davlatini ag`darilishida muhim ro`l o`ynagan bo`lsa ko`chmanchilarning 
katta bir qabila ittifoqi O`rta Osiyoning shimoli qismlari negizidan yarim o`troq va 
yarim ko`chmanchi kang davlatini barpo etishda (bu milloddan avvalgi III-II 
asrlar) ishtirok etishgan. Mualiflarning takidlaganlaridek O`rta Osiyo ikki daryo 
oralig`I irqi) dastlab Sirdaryoning o`rta xavzasi rayonlarida yani Toshkent vohasi 
va Janubiy Qozog`istonda aniq bir antropologik tip bo`lib tarkib topgan paytda 


12 
shu mavzelarda “Qovunchi madaniyati” shakillangan. Bu madaniyatning 
ijodkorlari Kang davlati aholisi kangarlar bo`lsa ajab emas. Chunki turkiy zabon 
xalqlarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga yoyilishi ana shu 
madaniyat izlari bilan bog`liqligi kuzatilmoqda. 
Ma`lumki, yangi eraning III-IV asrlarida cho`l xalqlarining “buyuk 
ko`chish davri” boshlanadi. Vabuning natijasida O`rta Osiyoning katta hududiy 
birliklariga yangi aholi turkumlari kirib kelgan va ommaviy tarzda o`troqlashgan. 
Shuningdek, bu danrda Szin sulolaviy yilnomasining xabariga ko`ra Kangiy o`z 
markaziy qarorgohini Sirdayo sohiliudan janubga Sug`dga ko`chirgan “buyuk 
ko`chish” Kangiy qarorgohi joyini janubga o`zgartirilishi vaqti tarix sanasida 
kidariy xioniy eftaliylarni shaydo bo`lgan vaqt bilan hamda O`rta Sirdaryo 
xalqlari madaniyatini qo`shni regionallarga tasirdoirasini kuchayganligi bilan 
dearli bir vaqtda sodir bo`lgan.jarayonlardir. bu esa mazkurelat va qabilalarni 
etnik tarkibi qon qardoshlik urug`doshlik iplari bilan bog`langanligi ehtimoli 
borligini bildiradi.
Darhaqiqat, arxealogik materiallarni taxlili ham milodiy II-III asrlardan 
boshlab “Qovunchi madaniyati “ning tasiri dastlab chegaradosh Ustrushona va 
Farg`ona vodiysiga keyinroq Sug`dning markaziy rayonlariga tarqalganligini 
ko`rsatadi. MilodiyIV-V asrlarda esa “Qovunchi madaniyati”ga tegishli moddiy 
madaniy namunalari Buxoro vohasida Qashqadaryoda xatto Surxandaryo 
yodgorliklarida ko`plab uchraydi. IV-V asrlarda Buxoro vohasining shimoli 
g`arbiy mavzeylarida bu o`lkaning qadimgi an`anaviy madaniy merosidan tubdab 
farq qiluvchi “ Qonunchi madaniyati”ga o`xshash yangi arxealogik madaniyat 
tarkib topdi. Bu arxealogiyada “Qizilkir madaniyati “nomi bilan qayd etildi
8
.
Ushbu tarixiy jarayonlar biz tadqiq etasyotgan Sangzor vodiysida bu 
davrlarda qanday kechdi? Malumki, xo`jaligi va turmush tarzi Sangzor suv 
manbai asosidagi o`troq dehqonchilikka asoslangan Ustrushonaning shimoli-
g`arbiy sarhadlarini tasarrufiga olgan Jizzax vohasining geografik o`rni chorvador 
8
A.Asqarov. O’zbekiston tarixi. T., “O’qituvchi”, 1994, 16-bet. 


13 
xalqlar bilan eng yaqin kontakt mavzeini talqin qiladi. Muhim o`troq xayot bir 
muncha keng qaror topgan keyingi davrlarda ham Xasr mualiflari bu hududlarni 
“chegara manzeyi” deb atashgani bejiz emas. Darhaqiqat, vodiyni shimol, 
shimoli-g`arb va sharq tomondan cho`l dunyosi vaqiflari ko`chmanchi kabilar 
janubdan Molguzar, g`arbdan Nurota tizmalari o`rab turganini xisobga olsak, 
Jizzax vohasi ko`chmanchilar uchun eng qulay, beminnat aloqa makoni bo`lib 
xizmat qilishi mumkin edi. 
Arxealogik tadqiqotlarni ko`rsatishicha chunxalik bu imkoniyatdan to`la 
darajada foydalangan. Shuningdek Jizzax vohasi qadimdan Sug`d uchun muhim 
xarbiy strategik ahamiyatga ega bo`lgan sharqiy darvoza vazifasini o`tagan. 
Vohani usahbu xususiyatlarini to`la anglagan Ya Gulamov haqli ravishda etirof 
etganidek “shosh va Frg`ona “ cho`plaridan So`g`dga talonchilik yurishlarini 
amalga oshirgan ko`chmanchilar faqat 2yo`l orqali Jizzax Ilono`tti darasi bilan 
Zarafshon vohasiga Jizzax Nurota orqali Buxoro va Karmanaga chiqishgan.
Biz o`tkazgan arxealogik qidiruv natijalariga ko`ra Jizzax vohasi orqali 
yana bir yo`l mavjud bo`lgan. Bu yo`l Ravot qishlog`I Kolguzar tog`I kichik 
darasi orqali o`tgan va tog`ning sharqiy yon bag`ir vohasini uning g`arbiy yon 
bag`ir vohasini (Sangzorni o`rta oqimi) bilan bog`lagan. Takidlashimiz joizki, 
mazkur yo`l bilan Ravotsoy vaKo`rpasoy xavzalarida ko`chmanchilarga tegishli 
mozorqo`g`onlar qayd qilindi. 
Biz yuqorida tilga olgan “Qizilkir madaniyati” sohiblari O`rta Sirdaryo 
bo`yida Jizzaax orqali o`tadigan yo`l Jizzax Nurota Buxoro yo`nalishida tarqalgan 
degan fikrdamiz. Shuningdek, Jizzax vohasining shimoli-g`arbiy sarqadlari orqali 
o`tgan, rivojlangan o`rta asrlarda juda serqatnov bo`lib, Buxoroni Nurota orqali 
Toshkent va o`tror bilan bog`lagan tranzit karvon yo`li negizida ham ilk o`rta asr 
yodgorliklari yotadi. Bu yo`lni tadqiq qilgan N.B. Namsiyeva fikricha o`rta 
aesrlarda Nurota tog`ining shimoliy va bag`ri bo`ylab o`tgan yo`l Tuzkon yo`li 
atrofida keskin shimoli sharqqa burilishi va masofani ancha qisqartirgan holda 
sirdaryo sohiliga chiqqan. Muallif tomonidan tuzilganyodgorliklar xaritasi 


14 
Dunyotepa Qoratepa kabi ilk o`rta asr obidalari bizni shunday fikrlashimizga 
turtki 
beradi. 
Demak 
mutaxasislar 
tomonidan 
to`la 
etirof 
etilgan 
ko`chmanchilarning So`g`dga tasiri avvalo Jizzax vohasi orqali amalga oshirilgan. 
Qizilkir moddiy madaniyatini asosiy xususiyatlarini belgilovchi burama shohli 
qo`chqor xaykalchalari quvursimon tana ustiga o`rnatilgan kosa shaklidagi 
isiriqdonlar bizni ixtiyorimizdagi shimoli –g`arbiy Ustrushonaning shu xildagi 
ashyolari bilan aynan muqoyasaviy va davriy taxlilga kirishadi. Bu omil Jizzax 
Qizilkir madaniyatlarini bir manbadab turtki olganini va bir davrda tarqaganini 
yorqin nishionasidir.
Tadqiqotlarimizga ko`ra ko`chmanchi cho`l madaniyatini Jizzax vohasiga 
tasiri umumiy aloqa mezonlari va moddiy madaniy almashuvlarni davriy jihatdan 
ikki bosqichga ajratish mumkin. Birinchi bosqich eramizning IV-VI asrlari bilan 
belgilansada uning negizida ancha qadimgi o`ziga xos maxaliy madaniyat asoslari 
yotadi. Havos va Zomin yodgorliklarida qayd etilgan arxaik va ilk antiq davr 
qatlamlari. Qaliyatepa strategrafiyasi bergan eramizdan avvalgi II-I asr materilllari 
bizni shunday mushohada qilishga undaydi. Lekin, ushbu tadqiqotlar taxliliga 
ko`ra shimoli-g`arbiy Ustrushona aholisi O`rta Osiyo xalqlarining barcha tarixiy 
voqeligi jarayonlarida qatnashgan va unga daxldor bo`lgan. Bunga shimoli –
g`arbiy Ustrushona tarixi moddiy- madaniyati rivoji bosqichlari bilan O`rta 
Osiyoning boshqa madaniy mintaqalari madaniyati bosqichlari o`rtasidagi davriy 
xamoxanglik va munoisiblik xususiyatlari shohidlik beradi. Aleksandr 
Makedonskiy boshchiligidagi yunon bosqichlariga munosib qarshilik ko`rsatgan 
Ustrushonaliklar tarixning keyingi bosqichlaridagi Yunon –Bakteriya Kushon 
davlatlari tarkibidan chetda qoldi. Bu ham Ustrushonani xususan keyingi davrlar 
madanoyati uchun ma`lum manodagi o`ziga xoslikni saqlab qolgan. Eramizning 
III –IV asrlarida bevosita va bilvosita cho`l madaniyati aholisini kutib olgan 
shimoli –g`arbiy Ustrushonaliklar ehtimol o`rta osiyo xalqlarining IV-VI 
asrlardagi turli harakat ko`chishlarida ishtirok etishgan. Bu jarayonlarning 
barchasi Sangzor vodiysida o`troq dehqonlar va ko`chmanchi chorvadorlkarning 


15 
chambarchas bog`liqligi asosida muayyan o`ziga xos madaniyat namunasi 
vujudga keldi: bu o`rinda shimoli-g`arbiy Ustrushona madaniyati ahvoli ushbu 
davrdagi Farg`ona vodiysi moddiy- madaniyatiga juda o`xshab ketadi. 
N.G.Gorbunova takidlaganidek, Farg`onada dehqonlar vca chorvadorlar 
qorishuvidan xosil bo`lgan o`ziga xos madaniyat yuzaga kelgan. Buning oqibatida 
vodiyda ilk o`rta asrlargacha savdoda pul muammosi san`atda qo`pol 
sanamlardan tashqari, devoriy suratlar, haykallar o`ymakorlik namunalari ham 
mavjud bo`lmagan. Bu voha O`rta Osiyoning rivojlangano`troq dehqonchilik 
mintaqalaridan ko`ra Sirdaryo bo`yining dehqon –chorvador xalqlari madaniyatiga 
yaqin turadi.

Yüklə 227,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə