Ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,7 Mb.
tarix29.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#143318
Rustamova Iroda


O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

12-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022

PSIXOLOGIYANING INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI




Rustamova Iroda
Qoraqalpoq davlat universiteti
Amaliy psixologiya yo’nalishi 2-kurs talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqolada psixologiyaning inson hayotiga ta’sir qilish darajasi, biologik va sotsial vaziyatlarda insonning irodaviy xususiyatlari va boshqa bir qancha psixologik xususiyatlari yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Psixologiya, psixik faqtlar, psixologik metodlar, tafakkur, pedagogik psixologiya.

Hozirgi vaqtda ko’pchilik insonlar psixologiyani bilishi va shu bilan birga ma’lum darajada psixologik bilimlardan va psixologik o’zgarishlardan xabardor bo’lishalari mumkin. Masalan, ijtimoiy muhitdagi har bir inson psixologik ma’lumotlarni har xil internetdan, gazeta va jurnallardan, psixologik kitoblardan olishi mumkin. Shu o’rinda psixologiya so’ziga tarif berib o’tsak, psixologiya so’zining lug’aviy ma’nosi grekcha “psyuxe”- jon, ruh; “logos”- fan degan ma’noni bildiradi. Psixologiya fan sifatida psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganadi. Psixologiya asosan psixikani keng doirada tadqiq qiladi. Shunga kora psixikani yuzaga keltiruvchi asosiy psixik faoliyatlari ko’rsatilgan. Aynan psixik faoliyatlar quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bilish jarayonlari: sezgi, idrok, xayol, xotira va tafakkur;


Bilish faoliyatlari: diqqat, nutq jarayonlari. Shaxsning hissiy, irodaviy sohasi: hissiyot, iroda;
Shaxsning individual psixologik xususiyatlari:temperament, xarakter, qobiliyat.
[1,7]
Inson hayoti davomida psixik faoliyatlar har doim o’z ifodasini topadi va
ko’rsatadi. Inson psixologiyasi, o’z taraqqiyoti va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yarolilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni ob’ektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi. [2,17]
Va shu bilan bir qatorda odamlar psixologik faktlarga ko’proq qiziqib, ularni ko’rib, o’qib, o’rganib, borgan sari unda o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Agar odamlar psixologiyani o’rganar ekan, undagi psixik hayotni va boshqa kishilar psixikasini bila oladigan bo’lib qoladi. Bu bilim esa boshqa kishilarni va o’zini yaxshiroq tushunishga imkon beradi.
Psixologiyaning bilish, ma’lumot olish imkoniyati shundan iboratdir. Shu bilan birga psixologiya (jumladan, psixologiya metodlari) kishilar amaliy faoliyatining har xil turlarida - ta’lim-tarbiya, ishlab chiqarish, mehnat, tibbiyot, sud-huquqshunoslik, harbiy-mudofaa, san’at va boshqa sohalarda ham katta ahamiyatga egadir. Pedagogik

O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

12-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022
faoliyatga, ya’ni yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashda psixologiyaning ahamiyati ayniqsa katta. [3,8]
Har bir o’qituvchi o’quvchiga ta’lim berayotgan paytda ta’limga qo’shib tarbiya ham beradi, maktabga borgan bola maktabdan faqat ta’lim olibgina qolmay, tarbiya ham oladi va atrofdagilar bilan muloqot qilishni, yurish turish, kiyinish madaniyatini ham o’rganadi. Shuni ma’lumot o’rnida aytish lozimki, pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha turlarga ajtarish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; d) o’qituvchi psixologiyasi; e) oliy ta’lim psixologiyasi kabilarga bo’linishi mumkin. [4,26]
Ta’lim olayotgan shaxsga psixologik-pedagogik ta’sir etish.
Muomala madaniyati pedagog talabalar bilan muloqot o’rnatishida etnik qoidalarga rioya qilishni talab etadi va pedagogik aloqa o’z navbatida pedagogning talabalar bilan bevosita aloqa o’rnatishi quyidagi sifatlarda nomoyon bo’ladi:

  • talabalar fikrini eshita bilish;

  • talabalar bilan bo’ladigan muloqot jarayonidan o’zida kamtarlik hissini nomoyon qilish;

  • muloqot jarayonida muomala madaniyatiga qat’iyan rioya qilish;

  • muloqot jarayoni davomida suhbatdosh shaxsiyatiga tegmaslik;

  • talabalarga samimiy tarzda maslahat berish va shular kabilarni sanab otish mumkin. [2,55]

Yana shu qatorda psixologiyani yanada yoritib o’tish maqsadida shuni ham keltirish mumkin. Hozirgi mustaqillik sharoitida milliy ongning shakllanishiga taaluqli umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy g’oyaning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Odamning tevarak atrofni bilishi kuzatish va tajribadan boshlanadi. Shu tufayli ilmiy psixologiya ham o’z mavzuini o’rganishni tajribadan psixik hayot faktlarini aniqlash, tasvir etish va taxlil qilishdan boshlaydi. [3,10]
Boshqa fanlar singari psixologiyada ham usullar ya’ni metodlar eksperiment (tajriba), kuzatish shakllari qollaniladi. Undan tashqari boshqa metodlar suhbat metodi, biografik metod, solishtirma va tarixiy metodlar va boshqalarini keltirish mumkin.
Kuzatish metodiga keladigan bo’lsak psixik hodisalar hayotda tabiiy sharoitda odamning turli-tuman faoliyatda qanday ko’rinishda voqea-hodisalar bo’lsa o’sha ko’rinishda kuzatish, shu metodga misol tariqasida keltirish hisoblanadi. Kuzatishning turlari esa tashqi kuzatish va o’z-o’zini kuzatish metodlaridan iborat.
Eksperimental metodiga keladigan bo’lsak, bu metod ikki xil usulda tabiiy tajriba va laboratoriya sharoitida tadqiqot olib boriladi. Keyingi metod yordamida esa, ya’ni bu metod so’rash va suhbat metodi tadqiqotchi psixik hayot hodisalarining birontasini, masalan, odamda shodlik hissi, subektiv ravishda qanday borishini irodaga bog’liq harakatlarda qaror qabul qilish jarayoni qanday borishini va shunga o’xshash hodisalarni yechganda tafakkur jarayoni qanday borishini va shunga o’xshash
O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA

12-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022
hodisalarni tekshirishni oldindan vazifa qilib qo’yadi. Tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiruvchi kishiga beradigan savollarni oldindan belgilab oladi. Tekshiruvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o’rganish kerak bo’lsa, u o’z javoblarida xuddi o’sha kechinmalarni oydinlashtirib beradi. [5,23]
Biografiya metodi bo’lsa odam psixikasini tekshirish uchun ayrim kishilarning hayoti va faoliyati haqidagi ma’lumotlar, ayniqsa, ularning o’zlari bergan ma’lumotlar (tarjimai hol, kundalik daftarlar, memuarlar xatlar), shuningdek, boshqa kishilar yozib olgan biografiya ma’lumotlari (biografiyalar, esdaliklar, xatlar, xarakteristikalar va shunga o’xshashlar) katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari biografiyaga doir ma’lumotlar odamning individual kamolotida tarbiya, shuningdek kishining faoliyati va o’zi ustida ishlashi qanday o’rin tutgani va qanday ahamiyat kasb etganini ham bilishga yordam beradi. [3,24]
Shu yerda bitta savol tug’ilishi mumkin: “Psixologiya nimaga kerak?”
Bu savol ham o’z javobini topishi mumkin. Oddiy insonning o’ziga bo’lgan qiziqishidan kelib chiqib, o’z psixologiyasini o’rganishga qiziqadilar. Psixologiyaning biz uchun afzalligi biz har kuni atrofdagi insonlar bilan muloqot qilamiz, odamlar orasida bo’lamiz,shu sababli har xil xarakterli insonlar bilan munosabatda bo’lamiz, shu orqali biz insonlar psixologiyasini o’rganamiz. Psixologiya, ayniqsa, o’sib keladigan yosh o’smir uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki uning jamiyatda o’z o’rnini topishi, yaxshi va yomonni anglashida qiyin davr hisoblanadi. O’spirinning xuliq- atvoridagi o’zgarishlada, o’ziga bo’lgan munosabatlarida va o’ziga to’g’ri baho berishda maktab psixologi yordam berishi mumkin.Tajribali psixolog sizqa qanday qilib qiyinchiliklarni yengib o’tishni, muammolarni to’g’ri hal qilishni va boshqalar bilan muloqatga kirisha olishda maslahatlar berishga yordamlashadi. Bunday vaziyatlarda psixologga turli xil psixologik usullar,metodlar va test metodlari yordam beradi.
Hozirgi kunda ko’pchilik odamlar psixologga murojaat qiladilar.Hozirgi kunda insonlar o’zining ma’naviy va moddiy sharoitidan kelib chiqib shaxsiy psixologga ega bo’lishi ham mumkin.
Xulosa qilib aytganda psixologiya mavzusini yoritib berishimning asosiy maqsadi shundaki, psixologiya asli inson o’zini anglashda,jamiyatda,oilada va hayotga bol’gan munosabanlarini o’rganishga yordam beradi. Inson umr bo’yi turli bosqichlarni bosib o’tadi, psixik jarayonlar va shaxsning individual psixologik xususoyatlarini umumiy qonuniyatlari nomoyan bo’lish mexanizmlarni aynan psixologiya o’rganadi. Ta’lim olayotgan paytdagi holatlarni ya’ni kishiga ta’lim-tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganadi. Odamlarning tug’ilganidan to umrining oxirigacha bo’lgan psixik rivojlanish jarayonini shaxsning shakllanishi yosh davrlar psixologiyasi o’rganadi. Odamlarning bir-biri bilan jamiyatdagi muloqoti ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq- atvorni umumiy psixologiyada o’rganamiz.
Shularning hammasini psixologiya o’rganadi va u inson hayotida katta ahamiyatga ega.
O‘ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA
12-SON ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:





  1. F.I.Xaydarov va N.I.Xalilova “Umumiy psixologiya” darslik;

  2. B.M.Umarov “Psixologiya” qo’llanma;

  3. M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik;

  4. E.G’,G’oziyev “Psixologiya” darslik;

  5. P.I.Ivanov va M.E.Zufarova “Umumiy psixologiya” darslik.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə