Tarbiya” fanini o’qitishda individual uslublar



Yüklə 17,2 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü17,2 Kb.
#143520
  1   2
6-mavzu


TARBIYA” FANINI O’QITISHDA INDIVIDUAL USLUBLAR.
“Tarbiya” fanini o’qitishda individual uslublarning muhim o’rni bor. Individual uslublar deganda mazkur fan bo’yicha o’ziga xos usul, uslub va yondashuvlarga ega o’qituvchilarning tajribasi nazarda tutiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini individual uslub bilan qurollantirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • o’qitishning eng oson, maqbul va samarali uslublari bilan tanishtirish;

  • pedagogik va malakaviy amaliyot jarayonida ilg’or o’qituvchilarning tajribasi bilan tanishtirish;

  • talabada mavjud bo’lgan uslubni rivojlantirish;

  • talabani o’zi ustida ishlashga ko’niktirish.

Bunday yondashuv asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini individual uslubini shakllantirish imkoniyati mavjud.
“Tarbiya” fanini o’qitishda individual uslublarni o’zlashtirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • ilg’or va tajribali o’qituvchilarning o’qitish uslublarini o’rganib borish va ularning mashg’ulotlarida ishtirok etish;

  • pedagogik adabiyotlar orqali mashhur o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib borish;

  • malakaviy va pedagogik amaliyotlar davrida umumta’lim maktablari o’qituvchilarining mashg’ulotlarida ishtirok etish;

  • individual uslublar bo’yicha izlanishlar olib borish.

  • Bunday yondashuv bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida o’qitishning individual uslublari bo’yicha ko’nikmani shakllantiradi.

  • o’qitishning individual uslubida mutaxassisning psixologik mahorati ham aks etadi.

Shu ma’noda har bir talaba o’zining ruhiy tajribalari asosida individual uslub bo’yicha izlanishlar olib borishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:

  • izlanish jarayonida ruhiy ko’tarinkilikka amal qilish;

  • o’zi yoqtirgan individual uslubni o’rganishga harakat qilish;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarining psixologik imkoniyatlari bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish;

  • imkonqadar ijtimoiy psixologiya qoidalarini o’rganish.

Bunday yondashuv o’qitishning individual uslublarini o’zlashtirishda qo’l keladi. Shuni ta’kidlash lozimki, har bir mohir pedagog aynan individual izlanish tufayli o’zining o’qitish uslubiga ega bo’ladi. Pedagog olimlarning fikricha, individual uslubga ega bo’lish uchun 3 yil yetarli muddat hisoblanadi. Shu ma’noda “Tarbiya” fanini o’qitishda har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisining individual uslubga ega bo’lishidan jamiyat manfaatdor hisoblanadi.
O’qitishning individual uslubi ta’lim va tarbiya jarayonida bir xillikni oldini oladi hamda o’qitish jarayonida turli xillikni tarkib toptiradi. O’qitishning turli uslublar, yondashuvlar va yo’nalishlarga ega bo’lishi ta’lim va tarbiyaning samaradorligiga olib keladi. Shu sababli “Tarbiya” fanini o’qitishda individual uslublarning o’ziga xos amaliy ahamiyati bor. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari individual uslublarni o’zlashtirishi, bu borada alohida izlanishlar olib borishi va Ustozlar maslahatidan oqilona foydalanishi tavsiya etiladi.
Kuzatishlar va tahlillar shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda o’zining individual uslubiga ega boshlang’ich sinf o’qituvchilari ko’p. Ayni paytda, axborot-kommunikatsion vositalar asosida ularning uslublarini targ’ib qilish, pedagogik turkumdagi o’quv adabiyotlarida bunday o’ziga xos uslublarni tahlilini berish va ana shunday uslubga ega o’qituvchilarning oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Chirchiq shahri va viloyatning tumanlarida “O’qish va matematik savodxonlik sinfi”, “Pedagoglar sinfi”, “Kelajak o’qituvchisi” kabi amaliy tizimlar tashkil etilgan. Buning natijasida o’quvchilar va o’qituvchilarning institut bilan hamkorligi talab darajasida yo’lga qo’yilgan. Natijada Toshkent viloyatining maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan individual uslubiga ega o’qituvchilarning tajribalarini targ’ibot qilish imkoniyatlariga ega bo’linmoqda.
Shunday qilib, “Tarbiya” fanini o’qitishda noan’anaviy shakllarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari o’qitishning noan’anaviy shakllarini o’zlashtirishi taqozo etiladi.



Yüklə 17,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə